Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“Toshkent yoshlarni sevadi!”

 Oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda filiallar direktorlariga Ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlariga Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-noyabr kunidan – 15-dekabr kuniga qadar “Toshkent yoshlarni sevadi!” shoiri ostida yoshlar oyligi o‘tkazilmoqda. Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 3-dekabr kuni “Hilton Tashkent city” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Mazkur anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdagi ahamiyati, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridagi muhim strategik islohotlarning, xususiy mulk, iqtisodiy rivojlanish va bozor munosabatlari ustuvorligi kafolatlarining mustahkam negizi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻqitishning pedagogik va psixologik xususiyatlari kabi o‘ta muhim g‘oyalar qamrab olingan. Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga maqola va tezislar joriy yilning 23-noyabr kuniga qadar    (https://t.me/yoshlarkonferensiyasi ) qabul qilinadi. Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Siz rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasidagi soha mutaxassislari, talabalar, magistrantlar, yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchilar, professoroʻqituvchilar e’tiboriga yetkazishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz. Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘g‘risidagi axborot xati ilova qilinadi.