FJSTI Grant siyosati
Grant – jismoniy shaxsga yoki muassasaga tadqiqotlar o’tkazish va bajarilishi hakida hisobot taqdim qilish uchun beriladigan beg’araz subsidiya. Ilmiy-tadqiqot grantlar olimlarga dolzarb ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, asbob-uskunalar va ilmiy adabiyotlarni harid qilib olish va o’z ilmiy ishlarini nashr etish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy va texnik loyihalarni moliyalashtirishning yangi tizimini ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda. Ilmiy-tadqiqot loyihalari va startaplarni qanday moliyalashtirish haqida batafsil maʼlumotni quyidagi havolada topish mumkin https://gov.uz/oz/innovation
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
1.Tanlovning asosiy maqsadi bilan tanishish
2.Аrizani tuldirish va vazirlik veb-saytida elektron ro’yhatdan o’tkazish
3. Loyihalarni tanlovga qogʼoz shaklida yuborish
O'zbekistonda va xorijda ta'lim grantlariga foydali havolalar:
1. eyuf.uz – “El-yurt umidi” jamg‘armasining bakalavriat, magistratura, doktorantura yo‘nalishlari uchun grantlar
2. itpu.uz – IT Park universitetida o'qish uchun grantlar
3. yoshlarportali.uz – Yoshlar portalidagi grantlar va imkoniyatlar roʻyxati
4. edu.uz – Iqtidorli yoshlar uchun Prezident grantlari
5. www.maltalingua.com/scholarship – Maltada ingliz tilini o'rganish va IELTS kursi uchun grantlar
6. uni-stuttgart.de/en/study/application/dates – Germaniyaning Shtutgart universitetidagi bakalavriat va magistratura uchun stipendiyalar