Karyera markazining maqsad va vazifalari
- Talabalarga mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko’nikmalari, ishga kirish uchun rezyumini tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o’tish usullarini o’rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
- Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg’or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo’naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;
- Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o’rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
- Oliya ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to’g’risida hamda ushbu yo’nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.