Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Kam ta'minlangan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar

Bosh sahifa

Kam ta'minlangan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar

Kam ta'minlangan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida kam ta'minlangan va nogironligi bo'lgan talabalar soni 60 nafardan ortiq bo'lib, bulardan 2022-2023 o'quv yilida 39 nafar talabalarga bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.  “Temir”, “Ayollar” daftarida turuvchi va nogironligi bor 3 nafar talabalarga  turar joyidan bepul yotoqxona bilan ta'minlangan va kerakli sharoitlar yaratib berilgan. Qolgan 36 nafar talabalarga talabalar  turar joyining yillik to'lovidan 50 foiz chegirma qilgan xolda to'lovlarga yordam berilmoqda.Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida kam ta'minlangan va nogironligi bo'lgan talabalar soni 60 nafardan ortiq bo'lib, bulardan 2022-2023 o'quv yilida 39 nafar talabalarga bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.  “Temir”, “Ayollar” daftarida turuvchi va nogironligi bor 3 nafar talabalarga  turar joyidan bepul yotoqxona bilan ta'minlangan va kerakli sharoitlar yaratib berilgan. Qolgan 36 nafar talabalarga talabalar  turar joyining yillik to'lovidan 50 foiz chegirma qilgan xolda to'lovlarga yordam berilmoqda.

Kam ta'minlangan va qiynalgan talabalarni o'qishni muvaffaqiyatli tamomlashlari uchun:

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5216- sonli qarori 10-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarning ta'lim olishini qo'llab quvvatlash maqsadida institutda ta'lim olayotgan davrida ushbu talabalarimizga  bir marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar xarid qilish xarajatlari uchun Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan bazaviy xisoblash miqdorining 5 baravar subsidiyalar ajratilib kelinmoqda.  

Kam ta'minlangan oilalardagi talabalarga institutni tamomlashlari uchun moddiy va ma'naviy yordam berish:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5216- sonli qarori 10-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarning ta'lim olishini qo'llab quvvatlash maqsadida institutda ta'lim olayotgan 8 nafar ota ona qaramog'idan maxrum bo'lgan talabalar Talabalarni rag‘batlantirish jamgarmasi mablag‘lari xisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda  stipendiya to‘lanib kelmoqda. Ushbu Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida talabalarning shaxsiy gigiyena buyumlari uchun, oziq ovqat maxsulotlarini sotib olish uchun, kiyim bosh, poyabzal va boshqa buyumlar uchun, Transportda yurish uchun kartochkalar sotib olish uchun  qarorda keltirilganidek xar bir  ota ona qaramog'idan maxrum bo'lgan talabalarga qonun doirasidan chiqmagan xolda ma'lum bir miqdorda summalar ajratilganlib kelinmoqda.

Kam ta'minlangan talabalarga o'qishni muvaffaqiyatli yakunlashda yordam beradigan dasturlar yoki tashabbuslar: 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5216- sonli qarori 10-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarning ta'lim olishini qo'llab quvvatlash maqsadida institutda ta'lim olayotgan 8 nafar ota ona qaramog'idan maxrum bo'lgan talabalar Talabalarni rag‘batlantirish jamgarmasi mablag‘lari xisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda  stipendiya tulanib kelmoqda.

Barcha uchun asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash uchun treninglar yoki dasturlar: 

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat ma'rifat bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga muvofiq, bo'lim va xotin qizlar masalalari bo'yicha retkor maslaxatchisi bilan xamkorlikda talaba yoshlarga sog'lom turmush tarzini to'g'ri talkin qilish bo'yicha tadbirlar va seminarlar tashkil etilgan  shuningdek, institutga biriktirilgan Farg'ona tumani maxallalarda xam axoli o'rtasida sog'lom turmush tarzini yaxshilash bo'yicha targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Institut professor o'qituvchilari tomonidan maxlla axolichsi uchun  bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilmoqda. 

Mahalliy, mintaqaviy, milliy yoki global miqyosda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha dasturlar va siyosatlarni amalga oshirish uchun siyosiy hujjat ishlab chiqishda organ sifatida ishtiroki: 

Institutda mahalliy, mintaqaviy, milliy yoki global miqyosda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha dasturlar va siyosatlarni amalga oshirish uchun talabalar uchun xozirgi kunda O'zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar va isloxotlarni tushuntirish xozirgi kunda kamta'minlangan, iqtisodiy nochor yoki oilada mehnatga layoqatsiz nogironlar va surunkali kasallikka chalingan a’zolarning mavjudligi bo'lgan oilalarga oilaning yakka-yolg‘iz keksalar, beva va o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj kam ta’minlanganlardan iboratligi besh va undan ko‘p farzandi bor oilalarga ko'rsatilayotgan imkoniyatlar xaqida tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.

Institut yuridik shaxs sifatida mahalliy jamiyatda salomatlik va farovonlikni yaxshilash yoki targ'ib qilish, jumladan gigiena, ovqatlanish, oilani rejalashtirish, sport, jismoniy mashqlar, qarish va boshqa salomatlik va farovonlik bo'yicha targ'ibot dasturlari va loyihalarini  taqdim etadi:

Institut kafedra professor o'qituvchilari  Farg'ona tumani maxalalari bilan xamkorlikda sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar o'tkazib kelmoqda. Institutda talabalardan tashkil etilgan  volontyorlik guruxlari mavjud bo'lib ushbu volontyorlar tomonidan maxalla yoshlari bilan do'stona tadbirlar, musobaqalar o'tkazib kelinmoqda va salomatlik va farovonlik bo'yicha targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Institut tashkilot sifatida sport inshootlarini mahalliy hamjamiyat bilan, masalan, mahalliy maktablar yoki keng jamoatchilik bilan baham ko'radi:  

Farg'ona shaxar Ozodlik ko'chasi da joylashgan institutga qarashli sport zali va sport maydonchalaridan “Tinchlik”,”Bo'ston” MFY ga qarashli maktab o'quvchilari sportning volleyboll, taekvando  turlari bilan shug'ullanishmoqda. Institutda faoliyat olib borayotgan psixolog YU.Xamedova tomonidan talabalar uchun psixologik suxbatlar, so'rovnomalar, anonim so'rovnomalar vaqti vaqti bilan o'tkazilmoqda. Shuningdek, talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan xar kuni individual suxbatlar o'tkazib kelinmoqda. Institutning 2022 yil 30-avgust kuni bo'lib o'tgan kengashida institut “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib qoidalari” tasdiqlandi va tyutorlar tomonidan talabalarga tushuntirish ishlari olib bormoqda. Ushbu “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib qoidalari” da keltirilgan qoida va moddalarga xar bir professor o'qituvchi, xodimlar va talabalar, chet mamlakatdan kelib ta'lim olayotgan talabalar amal qilishlari shart. Institutda “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib qoidalari” da keltirilgan qoida va moddalarga tayangan xolda va qonundan chetga chiqmagan xolda xar bir professor o'qituvchi , xodim va talabalar ximoya qilinadi.