Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi

Bosh sahifa

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi

Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi


Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
1. Kommunal va mehnat Gigiyena;

2. Gigiyena. Tibbiy ekologiya;

3. Kommunal gigiyena;

4. Radiatsion va harbiy gigiyena;

5. Mehnat Gigiyenasi;

6. Tibbiy  profilaktika ishi yo`nalishi;

7. Davolash ishi yo`nalishi;

8. Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi.

9. Stomatologiya (Xalqaro qo‘shma fakultet).

10. Pediatriya (qo`shma dastur);

11.Davolash ishi (qo`shma dastur) yo`nalishlari 

Kafedra asosiy ish o‘rnidan kelib chiqib ilmiy salohiyati 29%. Kafedradagi professor - o‘qituvchilar orasida shu kunga qadar 1 ta Pedagogika fanlar nomzodi ilmiy unvon, 2 ta Pedagogika fanlari bo’yicha ilmiy daraja olishga erishildi,  hamda xozirda kafedrada 4 ta tayanch doktorant, 10 ta mustaqil izlanuvchi, 2 ta Gigiyena yo’nalishi bo’yicha magistrant o‘z mavzulari doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.


 

Ashurova Manzuraxon Djaloldinovna – tibbiyot fanlari nomzodi.

Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi mudiri. 1969-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1992-yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan. U o‘zining pedagogik faoliyatini 1992-yilda Farg‘ona Davlat Universiteti qoshida yangi tashkil etilgan Tibbiyot markazining anatomiya – gistologiya kafedrasida boshlagan. 1998–2001 yili «Gigiena» ixtisosligi bo‘yicha maqsadli aspiranturada taxsil oldi. 2001-2012 yillarda «Kommunal va mehnat gigiyenasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2012 yildan buyon kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. M.Ashurova taniqli olimlar professor N.M.Demidenko va B.M.Mamatqulovlar rahbarligida 2005 yilda 14.00.07.-Gigiena, 14.00.33.- Ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ixtisosliklari bo‘yicha “Влияние производственных и социально-гигиенических факторов на заболеваемость работающих предприятий азотных минералных удобрений” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 35 dan ortiq maqolalar, 50 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.


Azimova Mayram Kurbanovna 
Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi katta o‘qituvchisi. 1971-yil 1- mayda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1994-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya ishi mutahassisligi tamomlagan. 1994-1995-yillari Farg‘ona shahar TSQ bolalar bo‘limida bir yil internatura o‘tdi. 1995-2000-yilllarda Farg‘ona shahar 4-bolalar shifoxonasi maxalla hakimi bo‘lib ishladi.  Ilmiy-pedagogik faoliyatini 2000 yilda 2 – Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Umumiy, kommunal va mehnat gigiena” kafedrasida assistenti lavozimida boshladi. 2005-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda “Ayollarning reproduktiv salomatligiga Farg‘ona shahri ekologik xolatining ta’siri” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. U o‘zining faoliyati davomida 23 dan ortiq maqolalar, 37 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.                                                    

Turdiyev Shavkat Mamirovich 

Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti. 1974-yil 18-oktyabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1998-yil Farg‘ona Davlat Universiteti Tibbiyot markazining tibbiy profilaktika fakultetini tamomlagan. Ilmiy-pedagogik faoliyatini 2000-yilda 2 – Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Umumiy, kommunal va mehnat gigiena” kafedrasida assistenti lavozimida boshladi. 2005-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 32 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Falsafa fanlari nomzodi PhD.


Abduvaliyeva Feruza To‘lqindjanovna 
Kommunal va mehnat gigiyena kаfedrаsi assistenti. 1983-yil 15-fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tavallud topgan. 2004-yilda Toshkent 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filiali “Tibbiy profilaktika ishi” mutahassisligini, 2006-yil  Toshkent tibbiyot akademiyasida gigiyena yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan. 2006-yildan  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Kommunal va mehnat gigiyenasi” assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. F.L. Azizova raxbarligi ostida “Axolini  suv bilan ta’minlashni  optimallashtirishning ekologik va gigienik jixatlari (Farg‘ona  shaxri  misolida)” ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 35 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.     

Soliyev Baxtiyor
1965-yil 21-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa (Oxunboboyev) tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot kollejlarida assistent, katta o‘qituvchi, rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2021-yil sentyabridan buyon “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda “Farg‘ona shahri maktab o‘quvchilari salomatligini shakllantirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 10 dan ortiq maqola, 20 dan ortiq tezis hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Atadjanova Dilfuza Sharobidinovna

1975 yil 29 aprel kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1992 yili IIToshDavTI Farg‘ona filialiga o‘qishga kirib, 1998 yili institutni imtiyozli tamomlagan. 1998-2005 yillarda IIToshDavTI Farg‘ona filiali 2-gigiyena kafedrasida assistent, 2005-2012 yillarda Farg‘ona 1-tibbiyot kollejida o‘qituvchi, 2013-2019 yillarda TTA Farg‘ona filiali “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi katta laboranti va  o‘rindoshlik asosida assistant, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2021yil 06-sentyabrdan to hozirgi kunga qadar “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda “Davolash ishi yo‘nalishi talabalariga gigiyena fanini o‘qitishda axborot va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni samarali usullari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.


Tuxtamatov Ravshan Xolmatovich 

1964-yilda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tavallud topgan. 1993-yilda II Toshkent davlat tibbiyot instituti Radiatsiya va harbiy gigiyena kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1993-yildan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi safiga kontrakt asosida harbiy xizmatga qabul qilinib, turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2016-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” davlat mukofoti, “O‘zbekiston mustaqilligi” ko‘krak nishoni hamda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 


Saidova Sohibaxon Abrorjon qizi

1992-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga o‘qishga qabul qilinib, 2018-yilda “Epidemiolog vrach-gigiyenist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2018-yilda Quvasoy shahar DSENMda kommunal gigiyena vrachi sifatida faoliyat yuritgan. 2018–2020-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida magistratura bosqichini yakunlab, “Kommunal gigiyena” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2020-yilda Farg‘ona viloyati SEOM Sanitariya-gigiyena laboratoriyasining Toksikologiya bo‘limida vrach-laborant bo‘lib ishlagan. 2020-yil 3-sentyabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida o‘qituvchi-stajyor, 2021–2022-o‘quv yilidan assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Hozirda “Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning ekologik-gigiyenik holati va suv orqali kelib chiqayotgan kasalliklarni bartaraf etish (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqola, 20 dan oshiq tezis hamda 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi.


Uralova Nargiza Omanovna  

“Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, oliy toifali vrach-epidemiolog. 1977-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan, 2000–2003-yillarda “Epidemiologiya” ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan. 2003–2007-yillarda TTA Farg‘ona filialida assistent, 2008–2012-yillarda Qo‘qon tibbiyot kollejida o‘qituvchi, 2012–2024-yillarda Farg‘ona viloyat OITSga qarshi kurashish markazida epidemiolog bo‘lib ishlagan. 2024-yil 9-sentabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritadi (2026-yildan — katta o‘qituvchi). Germaniya (Charité), Koreya (KOFIH), Belorussiya (BelMAPO) va Turkiya (Ege universiteti)da malaka oshirgan. 20 ta maqola, 10 ta tezis, 1 ta axborot xati va 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi.


Rahmatshoyev Muslimbek Nozimjon o‘g‘li

1997-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Avval qishlog‘ida tavallud topgan. 2016–2021-yillar davomida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Tibbiy profilaktika” yo‘nalishida tahsil olgan. 2021-yilda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Gigiyena” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichiga qabul qilingan va shu yili institutning “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2022–2024-yillar davomida Quvayt davlatida mehnat faoliyatini olib borgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasida assistent-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Kafedraning o‘quv va o‘quv-metodik ishlari

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan modul dasturlari asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan: 1-kurs, Farmatsiya yo‘nalishi: “Ekologiya va gigiyena” 2–5-kurs, Tibbiy profilaktika yo‘nalishi: “Gigiyena. Tibbiy ekologiya”, “Kommunal gigiyena”, “Mehnat gigiyenasi”, “Radiatsion gigiyena” 2-kurs, Davolash, Pediatriya va Stomatologiya yo‘nalishlari: “Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya” Oliy malakali hamshira yo‘nalishi: “Gigiyena va ekologiya. Valeologiya” Tibbiy-biologik ish yo‘nalishi: “Gigiyena. Tibbiy ekologiya” 3-kurs, Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi: “Ekologiya” 2–3-kurs, xalqaro guruh talabalari: “Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya” O‘qitish jarayoni quyidagi tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlar asosida olib boriladi:

  • Davlat ta’lim standarti;

  • O‘quv dasturi;

  • Sillabus.

Kafedrada 15 nafar magistratura rezidentlari hamda 18 nafar klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchilar tahsil oladi. Ta’lim yo‘nalishlari kesimida kafedra tomonidan tashkil etilgan integral amaliy mashg‘ulotlar doirasida oliygoh talabalari amaliy ko‘nikma va nazariy bilimlarini muntazam ravishda mustahkamlab bormoqda.

O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar videoproyektor va zamonaviy elektron doska yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.


Yosh gigiyenist