Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Biotibbiyot muhandisligi, biofizikia va axborot texnologiyalar kafedrasi

Bosh sahifa

Biotibbiyot muhandisligi, biofizikia va axborot texnologiyalar kafedrasi

Biotibbiyot muhandisligi, biofizikia va axborot texnologiyalar kafedrasi


Kafedra tarixi
2019–2020 o‘quv yilining sentyabr oyida “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi talabalar qabul qilindi. Ushbu yo‘nalish ochilishida fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhammadjon Qoraboyev va biofizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Botirov Murodjon Turg‘unboyevichlarning hissalari katta bo‘lgan.
2019–2021 yillarda kafedra “Biofizika va axborot texnologiyalari” nomi bilan faoliyat yuritdi. 2021–2022 o‘quv yilida kafedra “Biofizika va tibbiyot texnikasi” nomi bilan qayta tashkil qilindi va mudirlikka katta o‘qituvchi Mamajonov Ma’rufjon Muxtorovich tayinlandi.
2022–2023 o‘quv yilida kafedra yana “Biofizika va axborot texnologiyalari” tarkibida faoliyat yuritdi. Shu davrda kafedra mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhammadjon Qoraboyev rahbarligida birinchi bitiruvchilarini yetkazib berdi.
2023–2024 o‘quv yilida institutning “Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti” qoshida “Biotibbiyot muhandisligi” nomi bilan qayta tashkil etildi va kafedrani texnika fanlari doktori, professor Aleksandr Yevgenevich Vorobyov boshqardi.
2024–2025 o‘quv yilida kafedra “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” nomi bilan faoliyat yuritib, mudir sifatida fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhammadjon Qoraboyev rahbarlik qildi. Shu o‘quv yilidan boshlab kafedrani p.f.b.f.d. (PhD) dotsent Muydinov Firuzbek Farhodjonovich boshqarib kelmoqda.
Bugungi faoliyat: Hozirgi kunda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi talabalari soni 75 nafarga yetgan. Kafedraning asosiy amaliyot bazalari quyidagilardan iborat: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona filiali.Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona filiali. Farg‘ona viloyati tibbiyot texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi LISTEM FERGANA tibbiyot apparatlari ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik. Kafedrada umumiy shtatda 21 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, shundan 15 nafari asosiy shtatda: 1 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 13 nafar assistentlar mavjud.
Ilmiy va metodik faoliyat: Kafedra tashkil etilganidan buyon 2 ta ilmiy loyiha amalga oshirilgan. Xodimlar tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 20 dan ortiq mualliflik guvohnomalari tayyorlangan.

MUYDINOV FIRUZJON FARXODJONOVICH
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
 “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri
 
Muydinov Firuzjon Farxodjonovich 1989-yil 27-sentabrda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2013-yil — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, “Kompyuter injiniringi” fakulteti, bakalavr. 2015-yil — magistratura ixtisosligi. Mehnat faoliyati: bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2022–2025-yillarda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati: F.F. Muydinovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyb 5 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 10 yilni tashkil etadi. 2024-yilda “Tibbiy ta’lim talabalarida IT texnologiyalari asosida mediakompetentlikni rivojlantirish metodikasi” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Nashrlari va ishlar: U 20 dan ortiq maqolalar, 25 dan ortiq tezislar, 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta darslik chop ettirgan.

XOLIDDINOV XOSILJON
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Xoliddinov Xosiljon 1949-yil 30-mayda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Ta’lim:1974-yil — Farg‘ona davlat pedagogika instituti, Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: fizika fani o‘qituvchisi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1998-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti Farg‘ona filiali iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha direktor muovini.2005–2011 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2011–2018 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Biokimyo, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2018–2019 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali tibbiy “Fundamental fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2019–2020 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Biofizika, biokimyo va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.2020-yil — Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati: X.Xoliddinovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 50 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 56 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar va tezislar chop etgan.

AKBAROVA MUNOJATXON YUSUPJANOVNA
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti
 
Akbarova Munojatxon Yusupjanovna 1966-yil 18-sentabrda Osh viloyati, Qizil-Qiya shahrida tug‘ilgan. 1988-yil — Frunze Politexnika instituti. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: avtomatizatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandisi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-yildan boshlab faoliyat olib boradi va hozirgi kungacha assistent lavozimida ishlamoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati: M.Y. Akbarovaning ilmiy-pedagogik faoliyati 24 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 39 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 35 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.
AXMADALIYEVA GULNORA XAMRAQULOVA
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Axmadaliyeva Gulnora Xamraqulova 1974-yil 12-oktyabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1997-yil — Farg‘ona politexnika instituti. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Biomeditsina apparatlari va sistemalari elektron texnika muhandisi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab Toshkent tibbiyot akademiyasi “Farg‘ona filiali buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo‘limi boshlig‘i.2020–2022-yillarda “Biotibbiyot muhandisligi” kafedrasi assistenti. 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: G. Axmadaliyevaning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 22 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 26 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 25 dan ortiq tezislar, darslik, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.

ESHONOV RAVSHANBEK MUXAMMADMUSAYEVICH
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Eshonov Ravshanbek Muxammadmusayevich 1973-yil 12-avgustda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 1999-yil — 2-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti Farg‘ona filiali, Tibbiy muhandislik ishi mutaxassisi. Maʼlumoti bo‘yicha ixtisosligi: Tibbiyot apparatlari va tizimlari bo‘yicha tibbiy muhandis. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.Ilmiy-pedagogik faoliyati: N.V.Nosirovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 22 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 25 yilni tashkil etadi. Hozirda (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil izlanuvchi sifatida institutga hujjat topshirgan. U o‘z faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar va 20 dan ortiq tezislar chop etgan.​ 

NOSIROV NODIRBEK VALIJONOVICH
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Nosirov Nodirbek Valijonovich 1979-yil 2-avgustda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan.2005-yil — Farg‘ona davlat universiteti, Fizika-texnika fakulteti, bakalavr. 2008-yil — magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi. Mehnat faoliyati:Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2021-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedrada laboratoriya mudiri va kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: N.V. Nosirovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 13 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 20 yilni tashkil etadi. 2025-yilda “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘z faoliyati davomida 25 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.
MELIBAYEVA FAROG‘ATXON MADAMINOVNA
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Melibayeva Farog‘atxon Madaminovna 1977-yil 30-yanvarda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1999-yil — Muqimiy nomli Qo‘qon davlat pedagogika instituti, matematika-informatika fakulteti. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: matematika-informatika va Elektron xisoblash texnikasi o‘qituvchisi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2021-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedrada laboratoriya mudiri va kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: F.M. Melibayevaning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 19 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 20 yilni tashkil etadi. 2024-yildan “Tibbiy yo‘nalishdagi talabalarni axborot texnologiyalaridan foydalanib mustaqil ishlarini yanada takomillashtirish usullari” mavzusida oliygoh qoshida mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat olib bormoqda. U o‘z faoliyati  davomida 21 dan ortiq maqolalar, 16 dan ortiq tezislar va “Texnik tizilmalarda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasini chop etgan.

QOSIMOVA GULNOZA SOYIBJONOVNA
Kafedra assistenti
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Qosimova Gulnoza Soyibjonovna 1982-yil 25-oktabrda Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 2006-yil — Farg‘ona davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti, bakalavr. 2008-yil — magistratura, “Fizika o‘qitish metodikasi” ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: tibbiy va biologik fizika fani bo‘yicha o‘qituvchi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedrada laboratoriya mudiri va kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan.Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: G.S. Qosimovaning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 10 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 20 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 35 dan ortiq tezislar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar chop etgan. 

ATAHANOV SANJARBEK ANVAROVICH
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Atahanov Sanjarbek Anvarovich 1986-yil 13-fevralda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2011-yil — Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti, bakalavr. 2015-yil — magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash). Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2022-yildan boshlab faoliyat yuritadi. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: S.A. Atahanovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 4 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 15 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 25 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.

QURBONOV PAHLAVON SIROJIDDIN O‘G‘LI
 “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi, axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi
 
Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o‘g‘li 1997-yil 21-iyulda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan.2016–2020 — Farg‘ona Davlat Universiteti, Fizika-Matematika fakulteti, “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi. 2020–2022 — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Raqamli texnologiyalar fakulteti, “Ta’limda axborot texnologiyalari” magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Ta’limda axborot texnologiyalari o‘qituvchi – tadqiqotchi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2022-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedrada o‘qituvchi – stajor lavozimida ishlagan. 2024-yildan kafedra assistenti lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistent o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: P.S.Qurbonovning ilmiy-pedagogik faoliyati 3 yilni tashkil etadi. Hammualliflik asosida 1 ta darslik yozgan. 10 dan ortiq OAK ro‘yxatidagi ilmiy maqolalar muallifi. Bir nechta xorijiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etgan. Xalqaro va milliy til bilish sertifikatlariga ega. Umumiy pedagogik tajribasi 6 yilni tashkil etadi. 2026–2027 o‘quv yilida mustaqil tadqiqotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tib, tanlangan ilmiy mavzu bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilishga kirishadi. 

GASANOVA NIGORA MUXTAROVNA
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Gasanova Nigora Muxtarovna 1991-yil 13-oktabrda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2015-yil — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya va tuproq fakulteti, bakalavr. 2015-yil — magistratura. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: biologiya va biofizika o‘qituvchisi.Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamaoat salomatligi tibbiyot institutida 2022-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedra assistenti. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.Ilmiy-pedagogik faoliyati:N.M. Gasanova 5 yillik ilmiy-pedagogik tajribaga va 7 yillik umumiy pedagogik tajribaga ega. Kasbiy faoliyati davomida 25 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq ilmiy tezislar chop etgan.
USMONOV SAIDJON ABDUSUBXON O‘GLI
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Usmonov Saidjon Abdusubxon o‘g‘li 1994-yil 2-sentabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.2017-yil — Farg‘ona davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti, bakalavr. 2020-yil — magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunosligi bo‘yicha o‘qituvchi.Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Dastlab kafedrada stajor tadqiqotchi va kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi. Ilmiy-pedagogik faoliyati: S.A. Usmonovning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 4 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 8 yilni tashkil etadi. 2024-yildan buyon “Tibbiyot muhandislarini tayyorlashda fizika fani mazmunini integrasion yondoshuv asosida takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. U o‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etgan.

ODILOV JAMSHIDBEK AKMALJON O‘GLI
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
 Odilov Jamshidbek Akmaljon o‘g‘li 1999-yil 24-sentabrda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 2022-yil — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg‘ona filiali, Axborot texnologiyalari fakulteti, bakalavr. 2024-yil — magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) bo‘yicha o‘qituvchi. Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2023-yildan boshlab faoliyat yuritadi: Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.Ilmiy-pedagogik faoliyati: J.A.Odilovning ilmiy-pedagogik faoliyati 2 yil, umumiy pedagogik tajribasi esa 4 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar, 20 dan ortiq tezislar chop etgan. 
RAXIMOVA LOLAXON ABURAXIMOVNA
“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
 
Raximova Lolaxon Aburaximovna 1991-yil 1-avgustda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2015-yil — Farg‘ona davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti, fizika yo‘nalishi, bakalavr. 2023-yil — magistratura ixtisosligi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Fizika bo‘yicha o‘qituvchi.Mehnat faoliyati: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2025-yildan boshlab faoliyat yuritadi. Hozirda “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati: L.A. Raximovaning ilmiy-pedagogik faoliyati qariyib 7 yil, umumiy pedagogik tajribasi 10 yilni tashkil etadi. U o‘z faoliyati davomida 7 dan ortiq Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 10 dan ortiq Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etgan.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Kafedrada 26 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada:2 nafar PhD falsafa doktori: Muydinov F.F., Nosirov N.V. 6 nafar mustaqil izlanuvchi: Axmadaliyeva G.X., Qosimova G.S., Usmonov S.A., Melibayeva F.M., Atahanov S.A., Gasanova N.M. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo‘yicha olib borilmoqda. Kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy izlanishlarni olib borib, o‘z bilim va salohiyatlarini oshirib bormoqdalar.

So‘nggi yillardagi natijalar
So‘nggi 3 yil ichida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan: 3 ta darslik,5 ta o‘quv qo‘llanma,5 ta monografiya,20 ta elektron dastur. Bundan tashqari, 30 taga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar nashr etilgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tibbiyot o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelinmoqda. Kafedra xodimlari ko‘plab respublika va xorijiy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar. Talabalarning ilmiy faoliyatiga ham katta ahamiyat beriladi. Xodimlar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar yozib, nufuzli konferensiya va anjumanlarda qatnashadilar. Kafedraning iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida qatnashib, sharafli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Shuningdek, talabalar respublika va xalqaro fan olimpiadalarida nufuzli o‘rinlar olib, diplomlar bilan taqdirlanmoqdalar.
 

KAFEDRA OCHIQ DARSLARI


Kafedra Ochiq darslari

20.10.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti G.S.Qosimovaning  TP va JS fakulteti  “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi 125-guruhida 2-juftlikdа “Biofizika” fanidan “Sirt taranglik koeffitsiyenti va aniqlash usullari. Ho‘llash va ho‘llamaslik hodisalari” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg‘ona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti, asosiy bino 25-xona.


23.10.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti N.M.Gasanovaning Pediatriya fakulteti  “Stomatologiya” yo‘nalishi 6625-guruhida 2-juftlikdа “Tibbiy biologik fizika/Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan “Измерение артериального давления по методу Н.Короткова. Сердечно-сосудистая система сердца. Мощность и работа сердца” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti, Asosiy bino 24-xona


23.10.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” katta o‘qituvchisi PhD N.V.Nosirovning TP va JS fakulteti  “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi 2-bosqich 1124, 1224-guruh talabalariga 2-juftlikdа “Mexanika va elektronika” fanidan “Mexanikada saqlanish qonunlari. Jismlarning o‘zaro ta’siri. Impulsning saqlanish qonuni” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz.Manzil: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 29-xona.


3.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” katta o‘qituvchisi G.X.Axmadaliyevaning   1-kurs Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalisi talabalariga “Yo‘nalishga kirish” fanidan “Biotibbiyot tizimlari optikasi. Fiziologik va tibbiy optika” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 30-xona.


11.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti R.M.Eshonovning   Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalisi 4-kurs 17.22-guruh talabalariga “Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda fizik-kimyoviy tekshirish usullari” fanidan “HI 903-Karl Fisher volyumetrik titrator yordamida titrometrik tahlil o’tkazish. Qurilmaning tuzilishi, ishlash prinsipi bilan tanishish” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 30-xona.


15.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti S. A. Usmonovning  TP va JS fakulteti  “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi 1125-guruhida  1-juftlikdа “Fizika” fanidan “Termodinamik  jarayonlar  va  ularning  qonuniyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg‘ona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti, Asosiy bino 28-xona.


17.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti L.A.Raximovaning  TP va JS fakulteti  “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1325-guruhida 3-juftlikdа “Tibbiy biologik fizika/Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan Rentgen nurlari va uning tibbiyotda qo‘llanilishi mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 211-xona.


22.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti Odilov Jamshidbek Akmaljon o‘g‘lining “Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi” fakultetining Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 1-bosqich 1525-guruhida 2-juftlikdа “Tibbiy biologik fizika/Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan “Tibbiyotda multimedia ilovalari va ular bilan ishlash” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 213-xona.


27.11.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti F.M.Melibayevaning Pediatriya fakulteti  “Stomatoloigya” yo‘nalishi 6025-guruhida 2-juftlikdа “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan “Tibbiyotda ofisni avtomatlashtirish” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg‘ona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti, Asosiy bino 211-xona.


05.12.2025 yil “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” assistenti P.S.Qurbonovning  TP va JS fakulteti  “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1325-guruhida 2-juftlikdа “Tibbiy biologik fizika/Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan “Operatsion tizimlar ularni sozlash va o‘rnatish. Windows 10 pro misolida” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga taklif etamiz. Manzil: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Asosiy bino 215-xona.