Fuqarolar murojaatlari statistikasi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2024 yil yanvar-iyun oylarida murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taxliliy yozma
AXBOROT
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarish asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Prezident Xalq qabulxonasi, veb-sayt, elektron pochta, yozma va og‘zaki, ishonch telefoni orqali institutga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning ijrosi so‘zsiz bajarilishini ta'minlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlari yetarli darajada tashkil etilmoqda. Institutning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda qonunchilikda belgilangan boshqa yo‘llar bilan yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi natijalarini tizimli yoritishni ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Yil davomida tibbiyot ta’lim tizimida murojaatlar bilan ishlashning xolati to‘g‘risida talabalar (anonim so‘rovnomalar) va ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‘rganib borish va ularning natijalari haqida ma’lumotlar institut jamoasini ilmiy kengashi va rektorat yig‘ilishlarida muntazam muhokama qilib boriladi.
Institutda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengroq ta'minlash ishlari shaxsan rektor A.Sidikov tomonidan nazorat etiladi. Institut rektori A.Sidikovning murojaatchilarni qabulini tashkil etish jadvaliga asosan qabullar tashkil qilingan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ma‘sullarning qabullari tasdiqlangan jadval asosida olib borilmoqda. O‘zbekistan Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilinadi va institutning xaftalik rektorat yig'ilishlarida murojaatlar ijrosini tanqidiy muhokama etib boriladi. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining rasmiy veb sayti (www.fjsti.uz), elektron manzil fmioz@mail.ru, ishonch telefoni (73-243-06-62) orqali kelib tushgan murojaatlar tizimli ravishda ma'sullar tomonidan mualliflarga murojaatda keltirilgan har bir muammo yuzasidan to‘liq va asoslantirilgan hamda rahbarlar tomonidan imzolangan javob xatlari berilishini ta'minlash qonunda ko'rsatilgan muddatlarda amalga oshirilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har chorakda umumlashtirilib, tahlil qilinib, hisobot shakllari asosida o'rnatilgan tartibda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga institut Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Xusanboyev (916796110) tomonidan o‘z muddatlarida taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2024 yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ish yutirish tizimli ravishda tashkil etildi. Yanvar-iyun oylarida fuqarolardan jami 85 ta murojatlar tushgan shundan, institutning o‘zida 47 nafar fuqaro murojaat qilib, 9 nafari rektor, 38 nafari prorektorlar tomonidan qabul qilingan virtual qabul xonadan 38 ta, 9 ta yozma, 29 ta og‘zaki kelgan murojaatlarni tashkil etadi. Bunday murojaatlarni kamaytirish choralarini ko‘rish maqsadida xaftalik rektorat yig'ilishlarida va institut murabbiylar kengashi yig‘ilishlarida, professor o‘qituvchilar va talabalarga davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan hukumat qarorlari va ko‘rsatmalari bilan muntazam tanishtirish ishlari olib borish ishlari belgilandi.
Institutda mutasaddi rahbarlar tomonidan fuqarolarni qabul qilish hamda ijro intizomiga rioya etish holatini muntazam ravishda o‘rganish, ularni natijalarini muhokama etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan doimiy nazorat olib borish o‘rnatildi.