Xotin-qizlar qo'mitasi raisasi
Mamatqulova Mahbubaxon
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:00
Telefon:
+998 93 648 66 68
Elektron pochta:
info@fjsti.uz
Xotin-qizlar qo‘mitasi
XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI
Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni va mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan keng koʼlamli chora-tadbirlardan asosiy koʼzlangan maqsad ularga boʼlgan eʼtiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Shu maʼnoda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini takomillashtirish borasida oʼtgan yillar mobaynida qator qonun va qarorlar qabul qilinib, ayolga boʼlgan eʼtibor davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda 55 % koʼproq ayollarimiz iqtisod, boshqarish, ishlab chiqarishning turil slhalarida faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat koʼrsatayotgan professor oʼqituvchilarning 28%i xotin qizlar bulib, ular orasida fan doktorlari, fan romzodlari mavjud. Institutning bir qator ayollari kafedra va boʼlimlarida rahbarlik faoliyatini yuritmoqda. Jumladan: 1 nafar prorektor, 6 nafari kafedra va kurs mudirlari, institutning rektorat bo‘limlarida 5 nafar bo‘lim boshliklaridir.
KENGASHNING ASOSIY MAQSADI
Xotin - qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlariidagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jaʼmoat ishlarini olib borish; xotin - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy kadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni xar tomonlama barkamol inson kilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, utkazish; xotin - qizlarning hukuklarini muxofaza kilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, xuquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish; iktidorli qizlar tugaragini yulga qo’yish, iktidorli kobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdar davlat mukofotlariga tavsiya kilishda ishtirok etish; oilada soglom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yirok boʼlish, xotin - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muxofaza kilish, xotin qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish; xotin - qizlarimiz oʼrtasida xalkimiz maʼnaviyatiga, turmush tarziga yot bulgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyovandlik, ichkilikbozlik, oʼz joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish; xotin - qizlar oʼrtasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik gʼoyalarining tarqalishini oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlik holatlaridan himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron qizlarimizni doimiy nazoratga olib ko’mak berish, yordam ko’rsatish va qo’llab quvvatlash.
KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT
Xotin qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʼllab quvvatlash, ularning ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʼoyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yoʼlida oʼz kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.