Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Anatomiya kafedrasi

Bosh sahifa

Anatomiya kafedrasi

Anatomiya kafedrasi

    Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi 1998 yil 15-iyuldagi  1-sonli buyrug`i bilan “Tibbiy biologik fanlar” kafedrasi negizida “Anatomiya va gistologiya”, “ Biokimyo va biofozika” hamda farmakologiya kafedrasiga u tashkil etilgandan boshlab, to 2001 yilgacha dotsent S.M.Madaminov rahbarlik qilgan. 2001 yildan 2012 yilgacha dotsent A.A.Nishonova mudirlil qilgan. “Anatomiya va gistologiya” kafedrasiga esa tibbiyot fanlari doktori Nishonov YU.N. rahbarlik qilgan. O`zbekiston Resbuplikasi Vazirllar Mahkamasining 1992-yildagi №483-sonli qarori bilan Farg`ona Davlat universiteti qoshida “Tibbiyot Markazi” tashkil etildi. Tibbiyot Markazida 2ta fakultet - “Tibbiyot profilaktika ishi” hamda “Tibbiyot muhandislik ishi” fakultetlari faoliyat boshlagan. Tibbiyot Markazida dastlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “umum tibbiy fanlar”kafedralari mavjud bo`lib, keyinchalik “umum tibbiyot fanlari”kafedrasi asosida mutaxassislik kafedralari (gigiyena kafedrasi) hamda “Tibbiyot biologic fanlar” va “Kimyo” kafedrasi tashkil etilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirligi Mahkamasining 239-sonli qarori hamda Sog`liqni Saqlash Vazirligi 1998-yil 18-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvifiq Farg`ona Davlat universitetining “Tibbiyot Markazi” Toshkent Davlat 2-Tibbiyot insituti Farg`ona filialiga aylantirildi. “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasida dastlab 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar assistant “Anatomiya va gistologiya” kafedrasida esa 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi, 2 nafar assistant faoliyat ko`rsatgan. 2004-2005 o`quv yilidan boshlab “Anatomiya va gistologiya” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedralari birlashtirib “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasiga aylantirildi va unga 2012 yilga qadar tibbiyot fanlari nomzodi, donsent A.A.Nishonova rahbarlik qilib kelgan. 2012 yildan 2013 yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi R.M.SHermatov, 2013-2015 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi G`.N.Sultonov tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga rahbarli qilishdi.hozirda kafedra mudiri vazifasida tibbiyot fanlari nomzodi R.M.SHermatov faoliyat olib bormoqda. O`tgan yillar mobaynida kafedrada ko`plab professor-o`qituvchilari yetishib chiqishdi. O`tkan davr mobaynida kafedra professor-o`qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasida bir qator doktorlik hamda nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinib, kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan kafedra professori YU.N.Nishonov 1998 yilda “Yo`g`on ichakni toliq olib tashlash operatsiyasidan so`ng ingichka icahkning morfofunksiyanal moslashuvi va undagi o`zgarishlar” mavzusida, kafedra professori M.A.Abdurahmonov 2001 yilda “Surunkali toksik gepatitda immum endokrin aloqalarining strukturaviy asoslari” mavzusida doktorli dissertatsiyasini, kafedra dotsenti A.A.Nishonova 1995 yilda «Oshqozon osti bezi fermentlari sekretsiyasi duodenal korreksiyasida nerv mexanizmlarining ahamiyati» mavzusida, kafedra dotsenti G`.N.Sultonov 2007 yilda «Vozrastnые osobennosti mikrotsirkulyatornogo rusla jeludka pri alloksanovom diabete» mavzusida, kafedra dotsent R.M.SHermatov 2011 yilda “Yo`g`on ichak to`liq olib tashlanganidan so`ng me`da shilliq pardasida kechadigan moslashuv jarayonlarining morfofunksional asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ilmiy- tadqiqot ishlari natijalari bo`yicha 40dan ortiq o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 520dan ortiq xalqaro va respublika miqiyosida ilmiy maqola va tezislar chop ettirilgan. Kafedra professor-o`qituvchilari tibbiyotning dolzarb muammolari “Atrof muhit omillarining tirik organizmlar morfo-funksional va biologik hususiyatlariga ta`sirini o`rganish” mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. Shu bilan birgalikda iqtidorli talabalar bilan ishlash va filial jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 2020 yildan boshlab kafedraga “Normal va topografik anatomiya” deb ataldi va kafedra mudiri etib t.f.n Madaminov S.M tayinlandi.

Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 
1.Anatomiya
2.Ilmiy tadqiqot ishlari
3.Ilmiy pedagogik isahlar
4.Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
5.Morfologik tekshirish usullari
Kafedrada magistratura yo`nalishi bo`yicha talabalar taxsil oladi. 

 

Madaminov Sodik Madaminovich Tibbyot fanlari nomzodi, dotsent, FJSTI faxriy professori. Anatomiya kafelrasi mudiri. 1973 yilda Qirgiziston Davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetini muvoffaqqiyatli bitiradi 1988 yildan boshlab Qirgiziston Davlat tibbiyot instituti operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasiga katta o’qituvchilik lavozimiga taynlandi. 2006 yildan esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialiga dekan lavozimida ishlagan. 2019 yildan “Anatomiya” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimiga taynlandi. Va xozirgi kunga qadar shu lavozimda ishlab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqiligini 30 yilligi munosabati bilan kukrak nishoni medali bilan taqdirlangan.2022 iylda uzoq iyllik va faol mexnati uchun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti fahriy professori unvoni bilan taqdirlandi.


Tilyaxodjaeva Gulbaxor Batirovna - 1999 yildan kafedra assistenti 1968 yilda Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanida tavallud topgan. 1986 yil Andijon Davlat tibbiyot institutini Davolash ishi fakulьtetiga o’qishga kiradi va uni 1992 yilda muvaffaqiyatli bitiradi. Pedagogik faoliyatini 1999 yil Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg’ona filliali Anatomiya va gistologiya kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan va 2005 yilgacha mazkur kafedrada faoliyat olib borgan. 2005-2013 yillar Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi assistenti, 2013-2016 yillar Jarrohlik kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. 2016 yildan tibbiy pedagogika fakulьteti Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’z sohasiga 20 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

Palvanova Matlyubaxon Satvaldievna -2017 – yildan TTAFF «Tibbiy fundamental fanlar» kafedrasi assistenti, 2021-yildan  FJSTI «Normal anatomiya» kafedrasi assistenti. «Xalk ta’limi a’lochisi» kukrak nishoni soxibasi.1958-yilda Andijon viloyati Asaka shaxrida tavallud topgan. Asaka shaxridagi 6-urta umumta’lim maktabini 1975-yilda «Oltin medalь» ga tamomlagan. 1981- yilda  Toshkent Davlat Meditsina  Instituti Davolash fakulьtetini tamomlagan. 1981- yildan 1995- yilgacha Toshkent shaxridagi Davolash-profilaktika muassalarida vrach-terapevt xamda vrach-allergolog lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1995- yildan 2001- yilgacha  Fargona shaxar №1-sonli urush faxriylari poliklinikasida vrach-terapevt lavozimida faoliyat kursatgan.  2002- yildan 2006 –yilgacha Fargona 2-tibbiyot kolledjida Anatomiya fanidan dars berib kelgan.  2006- yildan 2013- yilgacha Margilon tibbiyot kolledjida Anatomiya fani ukituvchisi va kafedra mudiri lavozimida ishlagan.  2013- 2015-yillarda Respublika ijtimoiy moslashuv markazi fargona filiali (RTSSAD)da vrach-reabilitolog lavozimida ishlagan.Umumiy ish staji-38 yil. Vrachlik staji-19 yil. Pedagogik staji-19 yil. Ushbu ukuv muassasasidagi ish staji-6 yil.  2019-yilda  Moskva Sechenov Meditsina Universitetida malaka oshirib kelgan. 2021-yilda Belorussiya Davlat Meditsina Universitetida   malaka oshirib kelgan.  2021- yilda  institutda  "Imago Anatomica da Vinci"  anatomik rasmlar xalkaro konkursini tashkil etib utkazgan. 2022-yil may oyida KubGMU, KGMU va Kozogiston Meditsina Universiteti  bilan xamkorlikda «Fundamentalьnыe distsiplinы – klyuch k poznaniyu klinicheskix nauk» Xalkaro ilmiy vebinar tashkillab o`tkazdi. Ilmiy faoliyati: Anatomiya fanidan 2 ta ukuv metodik kullanma, 1 ta ukuv kullanma, Scopus ga 3ta ilmiy makola, Rossiya va boshka chet davlatlari ilmiy jurnallariga makolalar muallifi, Xalkaro va Respublika konferentsiyalarida ilmiy makolalari bilan qatnashib kelmoqda.

Isakova Nasiba Raxmatjonovna - 2021 yil 6 sentyabrdan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Anatomiya” kafedrasi assistenti, 2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali (kunduzgi),2018 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti (magistratura) vrach umumiy gigienist epidemiolog. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal va topografik anatomiya kafedrasi assistenti, 2021yildan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Anatomiya” kafedrasi assistenti.

Anatomiya kafedrasi tarixi