Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Bosh sahifa

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

person

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Imomov Farxod

Qabul vaqti:
 

Dushanba - Shanba kunlari soat 8-30 dan 16-00 gacha

Telefon:
 

+99890232-16-53

Elektron pochta:
 

info@fjsti.uz

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining mustaqil tuzilmasi bo‘lib, bevosita institut rektoriga bo‘ysinadi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan “Marketing xizmati bo‘limi” tashkillashtirilgan. “Marketing xizmati bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-maydagi 2859-3-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini “ Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi” departamentiga o‘zgartirildi. Marketing va talabalar amaliyoti bo'limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.


          Bo’limning asosiy vazifalari: Viloyat va qo’shni viloyatlarda tibbiy kadrlarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish va shu asosda bitiruvchilar bazasini yaratish; Joriy o’quv yili bitiruvchilari bilan qaysi tashkilot yoki korxonalarda ishlashlarini xoxlashlari bo’yicha anketa  so’rovlari o’tkazish; FJSTI bitiruvchi va ish beruvchi korxona, tashkilot yoki muassasa o’rtasida yosh mutaxassisni ishga joylashtirish bo’yicha uch tomonlama – “Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish to’g’risida shartnoma”lar tuzish;  Yo’llanma asosida ishga joylashgan bitiruvchilar ma’lumotlarini umumlashtirish va xisobot tayyorlash; Ishga joylashmagan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish; Farg’ona  jamoat  salomatligi  tibbiyot  instituti Respublikada qolaversa viloyatda tibbiyot sohasida faoliyat ko’rsatayotgan tashkilot va muassasalar bilan bog’liqlikda tizimli ishlarni yo’lga qo’ygan. SHuningdek, har yili viloyatlardan tibbiyot sohasida ishlovchi oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojlar olinib, mazkur soxada ishlovchi kadrlarni yetkazib berish borasida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Institut professor-o’qituvchilari bilan tibbiyot muassasalari o’rtasida hamkorlikdagi ishlar tizimli yo’lga qo’yilgan bo’lib, tibbiyot muassasalarini rivojlantirishda, muassasaning  ilmiy-tadqiqot ishlarida ilmiy jihatdan yaqindan ko’mak berib kelmoqdalar.


BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI

Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi. Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy soxalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini ) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi. Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va monitoring tuzadi. FJSTI bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi.  Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalari bilan shartnomalar tuzadi.