Lotin tili, pedagogika va psixologiya
Kafedra tarixi
Kafedra 1993-yilda Fargʻona davlat universiteti Tibbiyot markazi qoshida “Tillar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2006-yildan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli (“Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”) qarori asosida 2014–2015 oʻquv yilidan “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi qayta tashkil etildi.
Kafedraga turli yillarda quyidagi rahbarlar mudirlik qilgan:
-
1993–1994 — Mo‘minov Siddiqjon Moʻminovich
-
1994–2004 — Shamsutdinova Oftobxon Maqsudalievna
-
2004–2006 — Yuldasheva Karima Aliyevna
-
2014-yil sentabrdan — “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasiga M.R. Kadirova rahbarlik qilgan.
2018–2019 oʻquv yilida kafedra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” tarkibiga kiritildi. 2019–2020 yillarda esa “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi yana qayta tashkil etildi. 2020–2021 oʻquv yilida kafedra bo‘linib, uning negizida ikki yo‘nalishdagi kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yildi: “Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi” — mudir: M.R. Kadirova, rahbarlik qildi. Hozirda “Lotin tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi”ga professor M.R.Kadirova, Kafedra jamoasi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib, yoshlarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli va raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
“Lotin tili pedagogika va psixologiya” kafedrasi 2020 – 2021 o’quv yilida TTA Farg’ona filialining 2020-yil 18-avgustdagi 282 – sonli buyrug’i bilan tashkil topdi.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
1. Kasbiy pedagogika
2. Kasbiy psixologiya
3. Pedagogika va psixologiya
4. Kasbiy ta’lim metodikasi
6. Kasbiy pedagogika. Kasbiy psixologiya
Pediatriya, stomatalogiya, davolash ishi (Xalqaro qo‘shma fakultet):
1. Основы профессиональной коммуникации
2. Педагогика и психология
3. Психология и педагогика
2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 7 nafar, shundan 7 nafar professor-o‘qituvchilar (1 nafar fan nomzodlari) asosiy ish o‘rinlarida, 1nafar ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 12%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 12% ni tashkil etadi. 2020-2021 o‘quv yilida kafedraning 2 nafar (Kadirova M,(DSc), Ergasheva Sh (PhD) ) xodimlari mustaqil tadqiqotchikka qabul qilindi. Kafedraga 2020-yildan PhD, dotsent Kadirova.M.R rahbarlik qilib kelmoqda.

Kadirova Munira Rasulovna
Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, professor
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri
Institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri
Institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
1984-yil 23-noyabrda Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati — o‘zbek. 2006-yil — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (kunduzgi) 2009-yil — Fargʻona davlat universiteti (magistratura) Mehnat faoliyati 2009-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat boshlagan. 2015-yildan “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri hamda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy daraja va unvonlari Munira Rasulovna “Модернизация развития творческой активности студентов при изучение иностранного языка в неязыковом вузе” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borib, 2018-yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2019-yil — dotsent ilmiy unvoni, 2021-yil — “Tibbiy ta’lim o‘quv va tarbiyaviy jarayonini tashkil etishda texnologik yondashuv (tibbiyot pedagogikasini o‘qitish misolida)” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni, Ilmiy rahbarlik va tashkiliy faoliyati, Prorektor sifatida institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlab, 30 dan ortiq pedagogika yo‘nalishida PhD va DSc shogirdlarining ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishlariga ko‘maklashgan. Shuningdek, yosh pedagoglarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Mo‘minov Siddiqjon Moʻminovich
Filologiya fanlari doktori, professor
1998-yil (sentabr–dekabr) — Fargʻona davlat universiteti qoshidagi Tibbiyot markazi “Tillar” kafedrasi mudiri Mo‘minov Siddiqjon Moʻminovich 1968-yil 15-iyulda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 1974–1978 — Mirzo Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiIlmiy daraja va dissertatsiyalar 1990-yil — professor A. Matgʻoziyev rahbarligida “Okkazional nutqiy nominatsiyada motivatsiyaning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yil — “Oʻzbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yil sentabr–dekabr — FarDU qoshidagi Tibbiyot markazi “Tillar” kafedrasi mudiri 2007–2012 — FarDU “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi professori, 2007–2013 — Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida “Nutq madaniyati va ish yuritish asoslari” fanidan o‘rindoshlik asosida dars bergan. 2012–2014 — FarDU tilshunoslik kafedrasi professori, 2014–2015 — FarDU Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, 2015–2019 — FarDU Tahririyat-nashriyot bo‘limi muharriri, 2019–2020 — “Tilshunoslik” kafedrasi professori, 2020–2021 — FarDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, 2021-yil 8-sentabrdan — FarDU tilshunoslik kafedrasi professori, Ilmiy va jamoat faoliyati, 2008-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 2014-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi filologiya fanlari bo‘yicha ekspert kengashi a’zosi, Mukofot va e’tiroflar 2011-yil — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi ko‘krak nishoni 2021-yil — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi ko‘krak nishoni, Bir necha marotaba O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda viloyat hokimi tomonidan Faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan, 2012 va 2014-yillar — “Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika va viloyat ko‘rik-tanlovlarida g‘olib, S.Mo‘minov ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan bir qatorda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda fakultet faxriylar kengashi faoliyatida qatnashib kelmoqda.

Shamsutdinova Oftobxon Maqsudaliyevna
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1992–1998 — “Tillar” kafedrasi mudiri,1998–2000 — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Shamsutdinova Oftobxon Maqsudaliyevna 1953-yilda Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tavallud topgan. 1970–1974 — Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Xorijiy tillar fakulteti (ingliz tili mutaxassisligi),1989–1991 — Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasi,Mehnat faoliyatiInstitutni tamomlagach, mehnat faoliyatini Fargʻona davlat pedagogika instituti xorijiy tillar kafedrasida boshlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgach, 1991–1998 yillar davomida Fargʻona davlat universiteti “Tibbiyot Markazi” qoshidagi “Tillar” kafedrasida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 1998–2000 yillarda Toshkent davlat 2-Tibbiyot instituti Fargʻona filialida: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Tillar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. E’tiroflar va jamoatchilik faoliyati 2005-yil — “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2008-yildan — Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati sifatida yoshlar o‘rtasida ma’naviy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etib, ularning ma’naviy kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Yuldasheva Karima Aliyevna
Katta o‘qituvchi
2004–2006 — “Tillar” kafedrasi mudiri
2004–2006 — “Tillar” kafedrasi mudiri
1949-yilda Fargʻona shahrida tavallud topgan. Fargʻona davlat pedagogika institutining nemis tili fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyati, 1998-yildan Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Fargʻona filialining “Tillar” kafedrasida nemis tili fani o‘qituvchisi sifatida ish boshlagan. Faoliyati davomida kafedraning o‘quv ishlari bo‘yicha mas’uli sifatida ham samarali faoliyat yuritib, fidoyi pedagog va jonkuyar murabbiy sifatida jamoa orasida e’tibor qozongan. Rahbarlik va tarbiyaviy ishlar, 2000–2006 yillar davomida “Tillar” kafedrasiga mudirlik qilgan (jumladan, 2004–2006 yillarda kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan). U rahbarlik bilan bir qatorda filialdagi yosh pedagoglarga ustozlik qilgan. Talabalarga ta’lim jarayonini tarbiyaviy ishlar bilan uyg‘un olib borib, milliy g‘urur, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab davra suhbatlari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etgan.

Tuychieva Odina Sobirovna
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti
1966-yil 21-iyulda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1983–1988 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyati, 1995-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida lotin tili fanidan dars berib kelmoqda. Ilmiy-uslubiy va nashriy faoliyati,Faoliyati davomida:2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma yaratib nashr ettirgan. Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop ettirgan, shuningdek xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola hamda tezislar bilan ishtirok etgan.

Saliyeva Nigora Sadikovna
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi
Pedagogika va psixologiya fani bo‘yicha katta o‘qituvchi
Pedagogika va psixologiya fani bo‘yicha katta o‘qituvchi
1968-yilda Farg‘ona shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1990-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya yo‘nalishini tamomlagan.Mehnat faoliyati, 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasida faoliyat boshlagan. Hozirda o‘qituvchi sifatida pedagogik faoliyatni olib borish bilan bir qatorda ilmiy ishlar yo‘nalishida ham samarali ish olib bormoqda. Ilmiy-uslubiy va nashriy faoliyati,Faoliyati davomida:60 dan ortiq maqola,30 dan ortiq tezis, pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 2025-yilda “Kasbiy ta’lim metodikasi” fanidan darsligi nashr etilgan.

Nishonova Dilnavoz Jonibekovna
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
1975-yil 12-aprelda Andijon viloyati Ho‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 1992–1997 yillarda Farg‘ona davlat universitetining Chet el filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyati,2022-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida lotin tili fanidan dars berib kelmoqda.Ilmiy-uslubiy va nashriy faoliyati, Faoliyati davomida 2 ta darslik nashr ettirgan. Hozirgi kunga qadar 70 dan ortiq xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida maqolalari chop etilgan, shuningdek xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi.

Mo‘minova Oftobxon Karimovna
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
1976-yil 16-fevralda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. 1994–1999 yillarda Farg‘ona davlat universitetining Chet el filologiyasi fakultetida tahsil olgan.Mehnat faoliyati 2022-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida lotin tili fanidan dars berib kelmoqda. Ilmiy-uslubiy va nashriy faoliyatiFaoliyati davomida 1 ta darslik nashr ettirgan. Hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida maqolalari chop etilgan, shuningdek xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi.

Urinova Nodira Shavkatovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Urinova Nodira Shavkatovna 1986-yil 2-dekabrda Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Qizil-Qiya shahrida tug‘ilgan. 2004–2008 — Farg‘ona davlat universiteti, Filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi (bakalavr) 2010–2012 — Farg‘ona davlat universiteti, Pedagogika yo‘nalishi (magistratura),Mehnat faoliyati, 2024-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida psixologiya fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy daraja va nashrlar 2024-yilda “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida STEAM texnologiyasi asosida ingliz tilini o‘qitishning uslubiy asoslari” mavzusidagi ilmiy ishini Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunga qadar 20 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Ergasheva Shahlo Po‘latovna
Pedagogika fani o‘qituvchisi
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
1990-yilda Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘ida ziyolilar oilasida tavallud topgan.Ta’limi2014-yil — Farg‘ona davlat universiteti, “Tilshunoslik” yo‘nalishi (magistratura). Mehnat faoliyati 2014-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib boradi. Hozirda “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi sifatida ishlamoqda.Ilmiy daraja va nashrlar, 2021-yilda “Tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida: 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq maqola, 40 dan ortiq tezis, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Jo‘rayeva Mastura Tojihakim qizi
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Jo‘rayeva Mastura Tojihakim qizi 1992-yil 4-oktabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Ta’limi, 2011–2016 — Farg‘ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti (Nemis tili yo‘nalishi, bakalavr), 2017–2019 — Farg‘ona davlat universiteti (Lingvistika — nemis tili, magistratura), Mehnat faoliyati, 2022-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida lotin tili fanidan dars berib kelmoqda. Ilmiy faoliyati, 2024-yil yanvar oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi (1-bosqich) sifatida qabul qilingan. Hozirda 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha quyidagi mavzuda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanish olib bormoqda: “Tibbiy ta’lim tizimida lotin va yunon tillarining terminologik tizimlar asosida chet tilidagi reseptiv terminologik texnologiyalarni rivojlantirish metodikasi (farmatsevtika yo‘nalishi misolida)”. Ilmiy-uslubiy va nashriy faoliyati, Hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalar muallifi, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislari bilan ishtirok etgan. Ish faoliyati davomida 1 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan.

Shalankov Konstantin Konstantinovich
1994-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda o‘rta maktabni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2009–2012 yillarda Farg‘ona shahridagi San’at kollejida tahsil olgan. Mehnat faoliyati va tajriba,2012–2021 yillarda 1-sonli bolalar san’at va musiqa maktabi hamda Farg‘ona san’at kollejida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida respublika, viloyat va shahar miqyosidagi tanlovlarda turli o‘rinlarni egallagan ko‘plab shogirdlarni tayyorlagan. 10 yildan ortiq uzluksiz pedagogik tajribaga ega. Ta’limi, 2018–2021 - Farg‘ona davlat universiteti, maxsus-sirtqi ta’lim (San’atshunoslik fakulteti), 2021–2023 - Namangan davlat universiteti (magistratura), Malaka oshirish va ilmiy faoliyat, 2023-yilda Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Yoshlar uchun interaktiv trening usullari” xalqaro treningida ishtirok etgan. Zamonaviy pedagogikaga oid xalqaro va mahalliy jurnallarda maqolalar muallifi.Hozirgi faoliyati,2023-yil oktabr oyidan Farg‘ona tibbiyot instituti xalqaro fakultetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Karimova Madinabonu Ilxomjon qizi
“Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
1994-yil 1-iyulda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Ta’limi, 2012–2016 — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Roman-german filologiyasi fakulteti (nemis tili yo‘nalishi, bakalavr), 2019–2021 — Farg‘ona davlat universiteti (Lingvistika: nemis tili, magistratura), Mehnat faoliyati, 2019-yil noyabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida lotin tili va tibbiy terminologiya fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyat va nashrlar,Hozirgi kunga qadar 20 dan ortiq xorijiy va respublika ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan, shuningdek xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi. Ilmiy izlanishlari, Hozirda 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorant sifatida quyidagi mavzuda ilmiy izlanish olib bormoqda: “Tibbiyot ta’limida hamshiralarni o‘qitishda autentik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyasi (nemis tili misolida)”.
Pediatriya yo‘nalishi 5325-guruhida Nishonova Dilnavoz Jonibekovna tomonidan Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan Genus neutrum mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.



Русский
English



