Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Bosh sahifa

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

person

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Jumaboyev Nodirjon Erkinovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 91 147 54 44

Elektron pochta:
 

fmioz@mail.ru

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


TARIXI
2008 yil 23-apreldagi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 117 sonli qarori bilan Farg’ona viloyati Buvayda tumanida Buvayda tibbiyot kolleji nomi bilan bilim yurti tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-197-sonli qaroriga asosan Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Manzili: Farg’ona viloyat Buvayda tumani. Loyiha bo’yicha quvvati 600 o’ringa mo’ljallangan. Hozirgi kunda Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 615 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. 5-yo’nalish faoliyat yuritmoqda Hamshiralik ishi, Feldsherli ishi, Farmatsiya, Funksional diagnostika ishi, Tibbiy ijtimoiy ish yo’nalishlari. 

O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI

O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
  • Kvalifikatsion xarakteristika;
  • Davlat ta`lim standarti;
  • Namunaviy o’quv dasturi;
  • Ishchi o’quv dasturi;
  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, bir necha Wi-fi zoanalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud.
  Texnikum kutubxonasi:
  Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi  628 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida “O’zbek tiliga davlat tili maqomi” berilganligiga 33 yil to’lganligi munosabati bilan “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda texnikum direktori N. Jumaboyev alohida to’xtalib; Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratganning insonlarga bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftihori, bebaxo boyligi uning o’z ona tilidir.