Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Karyera kuni

Bosh sahifa

Karyera kuni

Karyera kuni

Institutimizda talaba yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida viloyat xokimligi, viloyat mexnat bandlik boshqarmasi, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmalari boshchiligida joriy yilning 30 mart kuni “Kare`ra kuni” bo'lib o'tdi.

Mazkur yarmarkada viloya xokimligining mas'ul xodimi M.Mo'sajonov,  viloyat bandlik boshqarmasi mas'ul xodimi L.Mirzakarimova, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimlar bo'limi boshlig'i Sh.Tolipovlar ishtirok etdi. Mexnat yarmarkasida 30 ziyod korxona, tashkilotlar va tibbiyot muassasalari  250 ta bo'sh vakant ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, Rishton tuman tibbiyot birlashmasi 25 ta, Farg'ona tuman tibbiyot birlashmasi 52 ta, Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi 37 ta, Toshloq tumanida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar 120 ta bo'sh vakant o'rinlari bilan mexnat yarmarkasida qatnashdilar. Ushbu mexnat yarmarkasida bevosita ish beruvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlar o'tkazildi. Muloqot davomida mehnat qonunchiligida ish beruvchi va xodimlarning huquqlari, ishga kirish jarayonida talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan fikrlar almashildi. Shundan so‘ng, Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimlar bo'limi boshlig'i Sh.Tolipov viloyat sog'liqni saqlash tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida bitiruvchilarga batafsil ma’lumot berdi. O‘z navbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.  Shuningdek, ish beruvchilar bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot berib, har bir  yuklatiladigan vazifa, mehnat shartnomasidagi kelishuvlar, oylik maoshlar bilan talabalarni to'liq tanishtirib o'tishdi.

“Talaba ishga joylashadi” shiori ostida o`tkazilgan mexnat yarmarkasidan lavxalar .

Oliygohimizda "Talaba ishga joylashdi" shiori ostida mehnat yarmarkasi o'tkazildi Tadbirda viloyatimizda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot vakillari, viloyat sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va xususiy muassasalar, shifoxonalar, klinikalar, oilaviy shifokorlik poliknikalari mas'ullari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ma'lumot uchun, joriy yilda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 396 nafar bitiruvchi talabalari tibbiyot mutaxassisliklarini egallab tibbiyot muassasalariga ish faoliyatlarini yuritish uchun  yo‘naltiriladi. Ularning 52 nafarini davlat granti asosida, 344 nafarini esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar tashkil etadi.