O‘qitishning texnik vositalar bo‘limi
Valitov Elyor Xokimovich
Qabul vaqti:
Dushanba - Shanba kunlari soat 8:30 - 17:00
Telefon:
+99871777-11-77
Elektron pochta:
fmioz@mail.ru
O‘qitishning texnik vositalar bo‘limi
TEXNIK O‘QITISH BO‘LIMI FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Bo‘limning ish rejalarini tuzish hamda ularning ijrosini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash va ularning mazmunini xodimlarga yetkazib borish.
Institutning o‘qitish texnik vositalari va boshqa moddiy boyliklarga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qilish hamda xarid qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.
Institut kafedralari va bo‘limlaridan texnik vositalar hamda tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha kelib tushgan talabnomalarni o‘rganish va rektorga takliflar kiritish.
Auktsion savdolarida texnik vositalar va tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha g‘olib deb topilgan ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish, tovar namunalarini talab qilib olish hamda ularning davlat standartlari talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqishni ta’minlash.
Institut omboridagi texnik vositalar va tovar-moddiy boyliklar qoldig‘i to‘g‘risida doimiy ma’lumotga ega bo‘lish.
Texnik o’qitish bo’limining asosiy vazifalari
O’quv jarayonida texnik vositalardan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
O’quv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan foydalanish.
O’TV ni tashkil qilish va muntazam ravishda yangilash.
Talabalar, doktorantlar va boshqa toifadagi kadrlarni tayyorlash uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Zamonaviy uskunalar va tizimlarni joriy yetish bo’yicha zarur choralarni ko’rish.
O’qitishning ilg’or uslublarini joriy yetish, o’quv jarayonini tashkil yetishda texnik vositalardan foydalanishni ta’minlash.
Texnik tayyorgarlikni ta’minlash bilan institutning rejalashtirilmagan ishlarida qatnashish.
Institutni ilmiy kafedralarini o‘rganish va ularniny texnik va texnologiyalari haqida hisobot tayyorlash va rektorga hamda tog‘ridan to‘gri bo‘ysunuvchi prorektorga hisobotlar taqdim etish.

Русский
English