Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Bosh sahifa

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Endokrinologiya va Gematologiya” kafedrasi 2022-yil 30-avgustdagi №1-sonli buyruq asosida tashkil etilgan. Mazkur kafedra tashkil etilganidan buyon “Endokrinologiya” va “Gematologiya” klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.

Kafedrada bakalavriat, magistratura va  klinik ordinatura bosqichlarida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  • Endokrinologiya
  • Gematologiya
  • Ftiziatriya
  • Tibbiy Radiologiya

Bundan tashqari, Xalqaro fakultetning Davolash ishi va Xalq tabobati yo‘nalishlari talabalari uchun ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.


Kafedra tarixi

Karimova Muqimaxon Muhamadsodiqovna 

tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, oliy toifali vrach-endokrinolog. 1971-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, 1994-yilda Andijon tibbiyot institutini tamomlagan. 1994–1995-yillarda Marg‘ilon shahar shifoxonasida internatura o‘tagan. 1995–2003-yillarda Marg‘ilon shahridagi tibbiyot muassasalarida mahalla shifokori va endokrinolog sifatida faoliyat yuritgan. 2003-yildan buyon Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanserida vrach-endokrinolog bo‘lib ishlaydi. 2019-yildan ToshPMI Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi kafedrasida mustaqil izlanuvchi. 2019-yildan hozirgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Ganiyev Sardor Saminjonovich 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida katta o‘qituvchi. 1989-yil 1-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiy radiolog mutaxassisligi bo‘yicha malaka olgan. 2016–2018-yillarda Farg‘ona shahar 1-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2018–2020-yillarda ADTI Tibbiy radiologiya bo‘limida klinik ordinator sifatida faoliyat yuritgan. 2020-yilda FJSTI Gospital terapiya kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan, 2021-yilda “Obi-Hayot Shifo” xususiy klinikasida qisqa muddat UTT shifokori bo‘lib ishlagan. 2023-yildan hozirgacha kafedrada katta o‘qituvchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.


 

Ibragimova Nigora Rasulovna

 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1973-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, 1997–1998-yillarda Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasida internatura o‘tagan. 1998–2010-yillarda Qo‘qon va Farg‘onadagi tibbiyot muassasalarida mahalla shifokori hamda endokrinolog sifatida ishlagan. 2010–2022-yillarda Farg‘ona viloyati bosh pediatr-endokrinologi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yildan hozirga qadar Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Bolalar endokrinologiyasi” bo‘limi mudiri. 2016-yilda “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


Mavlanov Ozodbek Haydarovich 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1971-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini (kunduzgi) tamomlagan. 1996–1997-yillarda Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida intern shifokor, 1997–2000-yillarda bolalar poliklinikasida pediatr-endokrinolog sifatida ishlagan. 2000–2005-yillarda Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanserida endokrinolog shifokor, 2005–2017-yillarda esa shu muassasada bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashkilotchi shifokor, 2017–2021-yillarda Jizzax viloyati endokrinologiya dispanserida bosh shifokor bo‘lib ishlagan. 2021–2022-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialida direktor o‘rinbosari hamda direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Oltinboyeva Zarnigor Avazbek qizi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1997-yil 1-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016–2022-yillarda Irkutsk davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini tamomlagan. 2022–2024-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. 2019–2022-yillarda Irkutsk shahar 1-klinik shifoxonasining travmatologiya bo‘limida hamshira bo‘lib ishlagan. 2022–2024-yillarda institutda klinik ordinator sifatida faoliyat yuritgan. 2023–2024-yillarda Farg‘ona shahar 5-oilaviy poliklinikasida vrach-endokrinolog bo‘lib ishlagan.


Akbarova Ra’no Kamilovna
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent, mutaxassisligi — gematolog. 1963-yil 7-fevralda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1986-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1987–1988-yillarda Farg‘ona shahar 3-son viloyat shifoxonasida intern shifokor bo‘lib ish boshlagan. Keyingi yillarda Farg‘ona shahridagi tibbiyot muassasalarida terapevt va gematolog sifatida faoliyat yuritgan. 1999–2016-yillarda to‘qimachilik tibbiyot birlashmasi 1-poliklinikasida gematolog shifokor, 2016–2021-yillarda Farg‘ona shahar 2-sonli shifoxonada xo‘jalik hisobidagi gastroenterologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2021-yildan hozirgacha kafedrada assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Komiljonova Umida Mamaruzi qizi 
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida stajyor-o‘qituvchi. 2000-yil 12-aprelda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotini Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida olgan, hozirda endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda. 2018–2024-yillarda institutda bakalavr ta’limini yakunlagan. 2023–2024-yillarda Farg‘ona shahar 5-sonli oilaviy poliklinikada oilaviy shifokor yo‘nalishida amaliyot o‘tagan. 2025-yil 16-sentabrdan kafedrada stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Axunbayev Otabek Adilovich 
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida katta o‘qituvchi. 1985-yil 10-sentabrda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2014-yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida xirurgiya bo‘yicha malaka oshirgan, 2018-yilda Tashkent viloyat tibbiyot oliy institutida endokrinologiya yo‘nalishida kursdan o‘tgan. 2010–2018-yillarda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida feldsher-vrach va xirurg, shuningdek endoxirurgiya yo‘nalishida kursant sifatida faoliyat yuritgan. 2019–2020-yillarda Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanserida xirurg-endokrinolog bo‘lib ishlagan. 2020-yildan institutda assistent, 2023-yildan esa kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kafedraning o‘quv va o‘quv-metodik ishlari

Kafedrada 4-kurs Davolash ishi, 3-kurs Stomatologiya, 4-kurs Tibbiy profilaktika ishi, 3-kurs Tibbiy biologik ish, 4–5-kurs Pediatriya, 4-kurs Biotibbiyot muhandisligi, 3-kurs Xalq tabobati hamda 2-kurs Fundamental tibbiyot yo‘nalishi talabalari ta’lim oladi. O‘quv jarayoni Endokrinologiya, ftiziatriya, tibbiy radiologiya va gematologiya fanlari bo‘yicha modul dasturlari asosida tashkil etilgan.

Kafedrada, shuningdek, 26 nafar magistratura rezidenti, 35 nafar klinik ordinator hamda 7 nafar internatura yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchi tinglovchilar tahsil olmoqda.

O‘qitish jarayoni quyidagi tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi:
  • kvalifikatsion xarakteristika;
  • davlat ta’lim standarti;
  • o‘quv dasturi;
  • ishchi o‘quv dasturi.
Ta’lim texnologiyalarida quyidagilar inobatga olinadi:
O‘zbekiston Respublikasi SSVning №80-sonli buyrug‘i asosidagi o‘zgartirishlar;
  • tasdiqlangan tashxis (diagnostika) standartlari;
  • xalqaro tavsiyalar.
Kafedra xodimlari tomonidan talabalar uchun ish daftari hamda bosqichma-bosqich o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan bo‘lib, unda reja asosida amaliy ko‘nikmalarni izchil o‘zlashtirish jarayoni aks ettirilgan.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari
(Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya)
Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar sog‘liqni saqlash sohasida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy, ma’naviy va axloqiy dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan holda tizimli ravishda tashkil etiladi. Mazkur faoliyat fanlar mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, shifokor etikasi, bemor bilan muloqot madaniyati, sog‘lom turmush tarzi va infeksion xavfsizlik kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Asosiy yo‘nalishlar.
  • Shifokor etikasi va deontologiyasi: bemor bilan muloqot, maxfiylik, mas’uliyat va insonparvarlik tamoyillarini singdirish.
  • Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish: endokrin, gematologik va ftiziatrik kasalliklar profilaktikasi misolida.
  • Zararli odatlarga qarshi targ‘ibot: chekish, alkogol va giyohvandlikning sog‘liqqa salbiy ta’siri bo‘yicha tushuntirishlar.
  • Infeksion xavfsizlik va sanitariya-gigiyena: ayniqsa ftiziatriya yo‘nalishi uchun muhim bo‘lgan gigiyena va himoya choralarini mustahkamlash.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning vazifalari
  • Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev asarlari hamda sog‘liqni saqlash sohasiga oid farmon va qarorlarni o‘rganish;
  • tibbiyot xodimiga xos halollik, vatanparvarlik, mas’uliyat va insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish;
  • yo‘nalishlarga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar va davra muloqotlarini tashkil etish;
  • talabalarda kasbiy kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Dolzarb mavzular doirasidagi tadbirlar
  • “Qandli diabet va semizlikning oldini olish” (endokrinologiya);
  • “Kamqonlik va qon kasalliklari profilaktikasi” (gematologiya);
  • “Sil kasalligi va uning ijtimoiy ahamiyati” (ftiziatriya);
  • “COVID-19 va respirator infeksiyalardan himoyalanish choralari”.
Sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyat
Talabalarga ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Zarurat bo‘lganda talabalar mutaxassis shifokorlar maslahatlari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, OITS va silga qarshi kurash kunlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari, skrining va profilaktik suhbatlar muntazam o‘tkaziladi.
Talabalar bilan ijtimoiy-ma’naviy ishlar
Kuratorlik guruhlari bilan tarixiy obidalar va qadamjolarga sayohatlar, ijtimoiy muassasalarga tashriflar hamda bayram tadbirlari tashkil etilib, talabalarda jamoaviylik va ijtimoiy mas’uliyat hissi kuchaytiriladi.
Qo‘shimcha yo‘nalishlar
  • klinik fikrlash va kasbiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ma’naviy treninglar;
  • bemor bilan muloqot madaniyati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar (klinik holatlar misolida);
  • ijtimoiy omillarning kasalliklar rivojlanishidagi o‘rni yuzasidan davra suhbatlari;
  • referat, taqdimot va devoriy gazetalar tanlovlari orqali talabalarning ilmiy-ma’rifiy faolligini oshirish;
  • sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va stressning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari.
Monitoring va samaradorlikni baholash
  • o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha tahliliy hisobotlar tayyorlash;
  • talabalar ishtiroki va faolligini baholash (davomat, fikr-mulohazalar);
  • yo‘nalishlar kesimida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini muhokama qilish;
  • kelgusi o‘quv yili uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Xalqaro hamkorlik

Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Kafedra katta o’qituvchisi Axunbayev O.A. tomonidan M.O.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining “ Mexanika va neft-gaz” fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.


Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari
(Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya)

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarning kasbiy, axloqiy va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, tasdiqlangan yillik reja asosida muntazam tashkil etiladi. Faoliyat tibbiyot xodimiga xos bo‘lgan shifokor etikasi, deontologiya, mas’uliyat, bemor bilan muloqot madaniyati hamda sanitariya-gigiyena va infeksion xavfsizlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Asosiy yo‘nalishlar: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarning (chekish, alkogol va boshqalar) salomatlikka salbiy ta’sirini tushuntirish, endokrin, gematologik hamda ftiziatrik kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdir. Shuningdek, OITS va silga qarshi kurash kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar, skrining va profilaktik suhbatlar hamda klinik mavzularda davra suhbatlari o‘tkaziladi. Talabalar bilan kuratorlik ishlari doirasida tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga tashriflar, ijtimoiy muassasalarga borish va bayram tadbirlari tashkil etilib, jamoaviylik va ijtimoiy mas’uliyat hissi kuchaytiriladi. O‘tkazilgan ishlar bo‘yicha monitoring yuritilib, tahliliy hisobotlar va keyingi yil uchun takliflar shakllantiriladi.