Institut xaqida

FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 28 may kunidagi 189 va 311-sonli qo‘shma buyruqlari asosida Farg‘ona Davlat universiteti qoshida «Tibbiyot Markazi» sifatida tashkil qilingan bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-qarori bilan Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot institutining Farg‘ona filialiga aylantirildi va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 780-sonli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi Prezident Qarorining 4911-sonli “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va o‘quv, ilmiy va ma’rifiy sohalarda doimiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Institut o‘z faoliyati davomida 2500 dan ortiq malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.
Institutning vazifasi - O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan fan va texnika yutuqlari asosida jahon ta’lim standartiga integratsiyalashgan tibbiy ta’limni rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozori, jamiyat, iqtisodiyot va davlat talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor va o’qituvchilari haqida ma’lumot:
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 274 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib boradi shundan:
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi:
- Biotibbiyot muhandisligi
- Tibbiy profilaktika
- Davolash ishi
- Xalq tabobati
- Farmatsiya
- Stomatologiya
- Pediatriya
Magistratura ta’lim yo’nalishi bo’yicha:
Klinik ordinatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha:
1. Ichki kasalliklar propedevtikasi klinik kafedrasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida joylashgan. (Yuksalish ko‘chasi 104 uy) Google Maps
2. Travmatologiya va ortopediya klinik kafedrasi, Farg‘ona vioyati, Farg‘ona shahar, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi. (Yangi asr ko‘chasi 100 uy) Google Maps
3. Gospital terapiya (Laboratoriya) klinik kafedrasi, Farg‘ona vioyati, Farg‘ona shahar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali. (Yuksalish ko‘chasi 104 uy) Google Maps
4. Umumiy jarrohlik klinik kafedrasi, Farg‘ona viloyati, Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti koʼp tarmoqli klinikasi (R.Kosimov ko‘chasi 28) Google Maps
5. Akusherlik va ginekologiya klinik kafedrasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, viloyat Perinatal Markazi (Oybek ko‘chasi 5 uy)Google Maps
6. Fakultet va gospital jarrohlik klinik kafedrasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Yangi Turon 2a uy Google Maps
7. Yu.Nishanov nomidagi Normal anatomiya kafedrasi,Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Yangi Turon 2a uy Google Maps
8. Terapiya yo‘nalishidagi fanlar (UASH) kafedrasi, Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti koʼp tarmoqli klinikasi (R.Kosimov ko‘chasi 28) Google Maps
9. Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya klinik kafedrasi Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri Google Maps
10. Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar hamshiralik ishi klinik kafedrasi Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Yuqumli kasalliklar shifoxonasi. Google maps
11. Pediatriya 1 va 2 klinik kafedralari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, viloyat bolalar shifoxonasi. Google maps
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida milliy dastur, qo’shma xorijiy dastur va amerika (yusemel) dasturlari asosida ta’lim berib boriladi. Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti fakultetlarida 1190ta o’quv auditoriyalarida zamonaviy kompyuterlar va multimediya xonalari mavjud bo’lgan 24 ta kafedra bazasida faoliyat olib boradi. Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti qoshida Tibbiyot texnikumlari faoliyat ko’rsatmoqda. Аsosiy koʼrsatkichlar: 2644 ta talaba 11 ta bakalavriat yoʼnalishida va qo’shma ta’lim dasturida, 23 ta magistratura mutaxassisligida va klinik ordinatura mutaxassisligida 184 nafar resident oʼqiydi. Soʼnggi 2 yilda 2 nafar fan doktori (DSc) va 9 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) tayyorlangan; 10 ta kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlik oʼrnatilgan; shartnoma asosida viloyatlar Soglikni saqlash boshqarmalariga taʼlim xizmati ko`rsatilgan. Institutdagi oʼquv jarayoni: Institutni mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas boʼlib, mamlakatimizni taʼlim va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va oʼzgarishlarning barcha talablarga oʼz vaqtida toʼlaqonli javob berib kelmoqdalar. Institutda o'quv jarayoni “Ta`lim to`g`risida” gi qonun, ta'lim yo'nalishlariga muvofiq “Davlat ta`lim standartlari” va " Malaka talablari” asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda oʼquv jarayonini yuqori sifatini taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari va oʼquv klinik laboratoriyalari eng zamonaviy axborot bazaviy texnologiyalari, multimediya proektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy oʼqitish bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni institutda o‘qitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va modulli oʼquv tizimidan http://moodle.fjsti.uz hamda https://hemis.fjsti.uz foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Chet ellik talabalar (Koreya Respublikasidan) uchun ingliz tilida elektron oʼqitish tizimida alohida majmualar yaratilgan. Yaratilgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda. Institutda o‘quv jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.

Русский
English