Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xalqaro fakultet

Bosh sahifa

Xalqaro fakultet

Xalqaro fakultet


Xalqaro ta’lim fakultetining vazifasi O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar uchun tibbiy, ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda samarali ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tizim bilimlari, ko‘nikmalari va malakalariga ega yuqori saviyali xalqaro mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
 

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining 2020 yil 1-fevral 40k-sonli buyrug’i asosida Xalqaro fakultet  tashkil etildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab Fakultetda Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muaassasalari bilan qoʼshma dastur asosida tashkil etilgan  Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya, Farmatsiya yoʼnalishlari boʼyicha talabalar oʼqib kelmoqda.

Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dastur asosida 62 nafar talaba rus tilida tahsil olmoqda.

Ingliz tilida - Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Afgʻoniston, Nigeriya va boshqa mamlakatlardan 631 nafar talaba tahsil olmoqda.

Xalqaro fakultet quyidagi ishlarni amalga oshiradi va nazorat qiladi:

-oliy taʼlimni takomillashtirish boʼyicha dasturlarda ishtirok etadi;

-professor-oʼqituvchilar, talabalar va hodimlarning akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etadi;

-Oʼzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar elchixonalari bilan aloqani taʼminlaydi;

-Oʼzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan aloqani taʼminlash;

-xorijiy talabalar qabulini tashkil qilish va amalga oshirish;

-xorijiy talabalarning tarbiyasi va muhitga koʼnikishi bilan ishlash;

-hamkor xorijiy OTMlari bilan axbarot almashish va hamkorlikda ishlash;

-xorijiy fuqarolar uchun viza talabnomalarni tayyorlash.

person

Fakultet dekani

Shakirov Sardor Abdusaminovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 93 649 97 47

Elektron pochta:
 

fmioz@mail.ru

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o’zlashtirish ko’rsatkichlarini,  intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya tayinlash xay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to’g’risida buyruq loyixasini tayyorlash;
  • Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish xamda talabalarni  davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
  •  Professor-o’qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida ingliz tilini o’rganishni tashkil etish, ingliz tilida so’zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy  mashg’ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida  o’tilishini nazorat qilish;
  • Fakultet miqiyosida xujjatlarni elektron almashinuvini, institut saytiga talabalar xaqidagi ma’lumotlarni to’liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish;  
  • Gurux murabbiylari bilan uzviy aloqa o’rnatish, faoliyatini nazorat qilish; 
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o’tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o’rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Uz vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bulgan farmoyish, yuriknoma yoki kursatmalar chikarish;
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
  • Fakultetda o’qitiladigan fanlarni mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish;
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o’qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o’quv qo’llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg’ulotlar tashkil etish;
  • Fakultet Ilmiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish;
  • Dekan muovinlarini tayinlash bo’yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar  berish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko’rsatmalariga asosan fakultet bo’yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

Shakirov Sardor Abdusaminovich 1986 yilda Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 2004 yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirgan, 2017-2019 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Sud tibbiy ekspertiza mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasida taxsil olgan. 2017-2017 yy.  - Fargona shahar 5-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori va filial mudiri. 2019-2020 y.- Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi assistenti. 2019-2020 y. - Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura bo‘limi uslubchisi. 2020-2021 y. - Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekan muovini. 2021 y. -2024y. - Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2023 yil 6 oktabrda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) muvafaqiyatlik ximoya qildi. 2024 yil 29 yanvardan va shu kungacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Xalqaro fakultet dekan lavozimida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda u 50 dan ortiq maqola va tezislar, 3-ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar 1ta monografiya muallifi.

person

Xalqaro fakultet dekan o‘rinbosari

Abduazizov Elyor Koyiljonovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 94 490 70 07

Elektron pochta:
 

info@fjsti.uz

 O‘zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma'naviyat va ma'rifat jarayoniga tegishli oliy ta'lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta'minlash va monitoringini olib borish;

            Fakultetda tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish;

            Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish;

            Talabalarning kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish;

            Fakultet va kafedralarning ma'naviy-ma'rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda      ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakulьtet Kengashida tasdiqlash;

            Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

            Fakultet Kengashi rejasiga ma'naviy-ma'rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

            Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy, estetik, axloqiy dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta'siridan himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan ma'naviy ishlarni tashkil qilish;

            Oliy ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta'minlash;

            Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

            Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;

Talabalarning ma'naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;

            Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmasini shakllantirish;

            Rektor, Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektor, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;

            Ma'naviy-ma'rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;

            Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;

            Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;

            Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish;

            Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetda  “Ota-onalar kuni” tadbirini uyushtirish;

            O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish;

            Har semestr yakunida fakultetning ma'naviy-ma'rifiy ishlari yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;

            Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma'naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;

            Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;

            Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondoshish;

            O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish.

Аbduazizov Elyorjon Qoyiljonovich 1978 yilda Fargʼona shahrida tug`ilgan. 1995-2002 yillarda ADTI davolash fakultetini tamomlab ,2003-2006yillarda ushbu institutda magistraturada tahsil olgan.2005-2019 yillar davomida RSHTYIM Andijon filialida abdominal jarroh vazifasida ish-lagan. Bundan tashqari 2007-2016 yillar davomida ADTI «Jarrrohlik kasalliklari » kafedrasida hamda ADTI «Vrachlar malakasini oshirish» kafedralarida assistent lavozimida ishlagan.2019-21 yillarda tanlov asosida Quvayt davlatida Jarroh vazifasida ishlagan. 2022 yil FJSTI Umumiy jarrohlik kafedrasi assistenti lavozimiga qabul qilingan. 2022 yildan Xalqaro fakulteti dekani o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq halqaro va mahalliy jurnallarda maqola va tezislar, Scopus bazasida 3 ta maqola va tezislari mavjud.

person

Xalqaro fakultet dekan o‘rinbosari

Shalankov Konstantin Konstantinovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 90 408 23 46

Elektron pochta:
 

aytsok@mail.ru

1994 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda o‘rta maktabni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2009-2012-yillarda Farg‘ona shahridagi San’at kollejida tahsil olgan. 2012-2021-yillarda 1-sonli bolalar san’at va musiqa maktabi hamda Farg‘ona san’at kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlab, Respublika, viloyat, shahar tanlovlarida turli o‘rinlarni egallagan ko‘plab shogirdlarni tamomlagan. 2018-2021-yillarda Farg‘ona davlat universitetining maxsus-sirtqi Sanʼatshunoslik fakultetida tahsil olgan. 2021-2023 yillarda Namangan davlat universitetining magistratura bosqichida tahsil olgan. 10 yildan ortiq uzluksiz pedagogik tajribaga ega. 2023-yilda u Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Yoshlar uchun interaktiv trening usullari” xalqaro treningida qatnashdi. Zamonaviy pedagogikaga oid xalqaro va mahalliy jurnallarda maqolalar muallifi. 2023-yil oktabr oyidan Farg‘ona tibbiyot instituti xalqaro fakultetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.