Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi

Bosh sahifa

O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi

O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi

“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi


Kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi:

  1. O‘zbek tili
  2. Rus tili
  3. Tibbiyotda xorijiy til
  4. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi


Iminaxunova Iroda Xuseynovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri. 1986-yil 19-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Qizilqiya shahrida tug‘ilgan. 2002-2006-yillar Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi bo‘lgan. 2013-2015 yillar Farg‘ona davlat universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistranti bo‘lgan. 2015-2020-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimi bilan bir qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali matbuot kotibi lavozimida ishlagan. 2020-yil sentabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tillar” kafedrasi  mudiri lavozimida ishlagan.2020-yil sentabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri hamda institut ilmiy kengash kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Iminaxunova Irodaxon Xuseynovna faoliyati davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining faxriy yorlig‘i bilan hamda Viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Iminaxunova Irodaxon Xuseynovna 2020-yil fevral oyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi innovatsion loyihalari” III Respublika tanlovining Respublika bosqichida “Eng samarali innovatsion loyiha nominatsiyasi” g‘olibligini qo‘lga kiritdi. “Sog‘liqni saqlah a’lochisi” ko‘krak nishoni  sohibasi. 2021-yil 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim jarayonlarini rivojlantirishning nazariy asoslari (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan ingliz tili asosida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2024-yil 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini olgan. Shuningdek, 80 dan ortiq Scopus, xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida maqola va tezislar muallifi.



Axmedova O‘ktamxon Erkinovna – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti. 1966-yil 22-sentabrda Farg‘ona  viloyatining Farg‘ona  tumanida tug‘ilgan. 1983–1988-yillar davomida M.Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona Davlat pedagogika  instituti talabasi bo‘lgan. 1998-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida rus tili fanidan dars berib  kelmoqda. Shu bilan birga kafedrada o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullik vazifasini  bajarib kelmoqda. Ish faoliyati davomida 2 ta darslik, 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma yaratgan va nashr ettirgan. Hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi.



G‘aniyev Ma’rufjon Muhammadjonovich – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1965-yil 26-martda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida  tug‘ilgan. 1986-1991-yillarda Farg‘ona davlat universiteti (sobiq Farg‘ona davlat pedagogika instituti) rus tili va adabiyoti fakulteti rus tili va adabiyoti yo‘nalishini tamomlagan. 2019-yil sentabrdan – 2021-yil aprelgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasida rus tili o‘qituvchisi lavozimda ishlagan.Bugungi kunda Farg‘ona davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasi dotsenti Mahfuzullo Rahmonov ilmiy rahbarligida 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Влияние слова на здоровье человека в процессе общения”  (“So‘zning inson salomatligiga muloqot jarayonida ta’siri”) mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Anvarov Alijon Uktamovich – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti. 1968-yil 28-iyunda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida tug‘ilgan. 1985-1993-yillarda Dushanbe davlat pedagogika universiteti chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishini ingliz va fransuz tili o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yil yanvar oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.



Fazilova Nodira Akramovna – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1987-yil 25-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2005-2009-yillarda Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti ingliz tili yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.  2012-2014-yillar Namangan davlat universiteti Magistratura bo‘limi Adabiyotshunoslik (ingliz tili) yo‘nalishini tamomlagan.Hozirda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi mustaqil tadqiqotchi sifatida “Tibbiyot institutlari talabalarining madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirishda interfaol o‘yinlar (tibbiyotda xorijiy til fani misolida)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Qaxorova Tursinoy Ulug‘bek qizi - “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1991-yil 21-dekabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2012-2016-yillarda Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti ingliz tili yo‘nalishini bakalavr bosqichini tamomlab, 2018-2020-yillarda universitetning Magistratura bo‘limi lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishini tamomlagan. 2020-yil sentabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida tibbiyotda xorijiy til fani oʻqituvchisi lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda. 2021-yilda “Boʻlajak olim” loyihalar tanlovida “Medical interactive 3D textbook” nomli loyihasi va 2023-yilda “Virtual reality in medical education” nomli loyihalari sovrindori. Ushbu loyihalar orqali tibbiyot oliygohi talbalarining ingliz tilini oʻrganishdagi samaradorligi oshiriladi. Hozirda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi bo‘yicha “Tibbiy ta’lim jarayonida 3D interaktiv didaktik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tili o‘qitish misolida)” mavzusida PhD.04/02.07.2024 Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengashda muvofaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunga qadar 15 dan ortiq maqolalar muallifi. 2020-2025-yillarda 2 ta darslik, 4 ta xalqaro va 11 ta milliy jurnallarda ilmiy maqolalar muallifi.



Abdurahimova Manzura Shokirjon qizi – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1992-yilda  14-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2012–2016-yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish:o‘zbek tili yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan 2020-2022-yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) yo‘nalishini tamomlagan.2024-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida o‘zbek tili fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.Shu bilan birga, ilmiy faoliyati bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda mustaqil tadqiqotchi sifatida “Hozirgi o‘zbek nasrida psixofiziologik tasvir muammolari va badiiy mahorat” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Dissertatsiya mavzusi bо‘yicha 18 ta ilmiy ish chоp etilgan. Jumladan, О‘zbekistоn Respublikasi Оliy attestatsiya kоmissiyasi tоmоnidan dоktоrlik dissertatsiyalarining asоsiy ilmiy natijalarini chоp etish uchun tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda   10 ta maqоla, 2 ta monografiya (o‘zbek va ingliz tillarida), ulardan 3 tasi xоrijiy jurnallarda nashr etilgan.


Xamdamova Shaxnoza Yusupalievna – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1987-yil 14-iyunda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2004–2008-yillarda Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fakulteti, “Ingliz tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2013–2015-yillarda Farg‘ona davlat universitetida “Lingvistika (ingliz tili)” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2021-yil sentabrdan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi institutida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlaydi. 2024-yilda PhD.04/02.07.2024 Tib.122.02 sonli maxsus bir martalik ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Dissertatsiya mavzusi: “Integratsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentsiyasini rivojlantirish texnologiyasi (tibbiy ta’limda ingliz va lotin tillarini qiyoslash misolida)”. 20 dan ortiq ilmiy maqola, 10 ta tezis va o‘quv qo‘llanmalarning muallifi.
 

Yigitaliyeva Nozimaxon Farhodjon qizi – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1996-yil 20-iyunda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 2015–2019-yillarda Farg‘ona davlat universitetida “Xorijiy til va adabiyot” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2019–2021-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Lingvistika (ingliz tili)” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2021–2023-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2024-yil yanvar oyidan boshlab 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida tayanch doktorant (1-bosqich) sifatida qabul qilingan. Xorijiy va respublika jurnallarida nashr qilingan 10 dan ortiq maqola, shuningdek xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar tezislari muallifi. 1 ta o‘quv kitobi va 2 ta o‘quv qo‘llanmaning muallifi.

Mamatxonova Mohichexraxon Ubaydullo qizi – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1997-yil 3-oktabrda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 2016–2020-yillarda Farg‘ona davlat universiteti, “Filologiya va tillarni o‘qitish metodikasi: o‘zbek tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2020–2022-yillarda Farg‘ona davlat universitetida “Adabiyotshunoslik (o‘zbek tili)” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2022-yil sentabrdan o‘zbek tili o‘qituvchisi sifatida ishlaydi. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezis muallifi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining xorijiy talabalari uchun “O‘zbek tili moduli” o‘quv qo‘llanmasining muallifi. Hozirda izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot olib bormoqda: “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining xorijiy talabalari uchun o‘zbek tili ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”.

Meliqo‘ziyeva Gulchexra Abdullojon qizi – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1995-yil 28-martda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2014–2018-yillarda Farg‘ona davlat universiteti, xorijiy tillar fakulteti, “Filologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2021–2023-yillarda Farg‘ona davlat universitetida “Lingvistika (ingliz tili)” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2021–2023-yillarda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida o‘qituvchi sifatida ishlagan. 2025-yil yanvardan 13.00.02 ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantga qabul qilingan. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezis, 1 ta o‘quv kitobi va 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Hozirda ilmiy tadqiqot olib bormoqda: “CLIL texnologiyasi orqali tibbiyot talabalari uchun til ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (tibbiyotda xorijiy tilni o‘qitish misolida)”.

Komilova Mohitabon Ramish qizi – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1991-yil 29-martda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2008–2012-yillarda Farg‘ona davlat universiteti, “Filologiya va tillarni o‘qitish metodikasi (xitoy tili)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2012–2014-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Lingvistika” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2024-yilda “O‘zbek tilidagi xitoycha so‘zlashuvlar leksiko-semantik va pragmatik tadqiqi” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezis muallifi. 2024-yildan o‘zbek tili o‘qituvchisi sifatida ishlamoqda.

Ixtiyorova Madinabonu Abdusalom qizi – “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1999-yil 9-avgustda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2019–2023-yillarda Farg‘ona davlat universiteti, “Filologiya va tillarni o‘qitish metodikasi: o‘zbek tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan. 2023–2025-yillarda Farg‘ona davlat universitetida “Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tamomlagan. 2025-yil sentabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi institutida o‘zbek tili o‘qituvchisi sifatida ishlamoqda. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezis, xorijiy va respublika jurnallarida nashr etilgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Xalqaro fakultetning “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida 18 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar DSc fan doktori, professor (I.Iminaxunova), 2 nafar dotsent O‘. Ahmedova, A. Anvarov, 2 nafar PhD falsafa doktorlari (T.Qaxorova, Sh. Yusupaliyeva), tayanch doktorant (N.Yigitaliyeva, G.Meliqo‘ziyeva), va 6 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (N.Fazilova, M.Mamatxonova, M.G‘aniyev, M.Abdurahimova,) ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Hozirda kafedrada ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №470-son Farmoniga binoan oʻzlarining PhD, DSc dissertasiyasi mavzulari ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy saloxiyati 40%,  yosh kadrlarni ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi natijasida kelajakda kafedra ilmiy saloxiyatini oshirish rejalashtirilgan.   

Doktorlik dissertasiyalar himoyasi. Iminaxunova Iroda Xuseynovna 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integrasiyalashni metodik takomillashtirish (tibbiyotda xoriiy til fani misolida)” mavzusida DSc Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasini muvoffaqiyatli o‘tkazdi.


13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Qaxorova Tursinoy Ulug‘bek qizining “Tibbiy ta’lim jarayonida 3D interaktiv didaktik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tili o‘qitish misolida)” mavzusida PhD Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.


13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Xamdamova Shaxnoza Yusupaliyevna “Tibbiy ta’lim tizimida fanlararo integratsion yondoshuv asosida talabalarning kasbiy layoqatlarini  rivojlantirish (ingliz va lotin tillarini qiyoslash misolida)” mavzusida PhD Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.  


Olingan patentlar, lisenziyalar va ixtirolar. DGU 46518 “Русский язык” O‘. Ahmedova, DGU 45574 “Hozirgi o‘zbek nasrida psoxofiziologik tasvir muammolari” M.Sh. Abdurahimovalar DGU 47004 “Uzbek and foreign languages module”, DGU 52452 “Psixofiziologik tasvir va badiiy mazmun” 12.06.2025, A.U.Anvarov tomonidan tayyorlandi va guvohnoma, Tibbiyot institutlari xalq tabobati yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun Rus tili darsligi tayyorlandi va guvohnoma hamda M.M.G‘aniyev nomiga DGU 45518  2024-yil 19-noyabrda olindi. Davolash ishi (xorijiy) yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “O‘zbek tili moduli” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlandi hamda DGU 47693 08.02.2025-yilda olindi.


Ilmiy maqola, monografiya, oʻquv-qoʻllanma va darsliklar chop etirildi

1.Iminaxunova Iroda Xuseynovna “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari” ISBN 978-9910-8637-0-7, 2025y Monografiya.

2. Abdurahimova Manzura Shokirjon qizi “Psychophysiological representation in modern uzbek stories” ISBN: 978-9943-8327-5-6. Monografiya. Abdurahimova Manzura Shokirjon qizi “Psixofiziologik tasvir va badiiy mazmun” ISBN 978-9910-559-17-4 Monografiya.

3.Anvarov Alijon Uktamovich “Tibbiy ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayonida kelajakdagi tibbiyot mutaxassislarining chet tilidagi kompetentsiyalarini shakllantirish” ISBN: 978-9910-8964-2-2. Monografiya.

4.Tibbiy ta`lim talabalariga usmle dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida) ISBN: 978-9972-8991-7-6. Monografiya.

5.Xamdamova Shahnoza Yusubjanovna “Integratsion yondashuv asosidatalabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirish texnologiyasi (Tibbiy ta’limda ingliz va lotin tilini qiyoslash misolida) ISBN:978-9910-558-15-13. Monografiya

6.Komilova Mohitabon Ramish qizi. “O‘zbek tilidagi o‘zlashmalarning leksik-semantik va pragmatic tadqiqi” ISBN:978-9910-558-16-0. Monografiya

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo‘yicha olib borilmoqda.


Iminaxunova Iroda Xuseynovna 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integrasiyalashni metodik takomillashtirish (tibbiyotda xoriiy til fani misolida)” mavzusida DSc Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasidan.


13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Qaxorova Tursinoy Ulug‘bek qizining “Tibbiy ta’lim jarayonida 3D interaktiv didaktik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tili o‘qitish misolida)” mavzusida PhD Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasidan.


Kafedra ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari

O‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan hayot falsafasi va urf-odatlarida yoshlarga e’tibor, ularning sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishiga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasi markaziy o‘rin egallaydi. Shu tamoyil asosida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘z faoliyatida talabalarning ma’naviy kamolotini ta’minlash, ularni ijtimoiy faol, bilimli va milliy qadriyatlarga sadoqatli shaxslar etib tarbiyalashni bosh maqsad qilib olgan.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Tadbirlar rejasida ma’naviy tarbiya, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar asosiy o‘rinni egallaydi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi yangiliklarni tahlil qilish, Prezident Sh.M. Mirziyoyev nutqlari va davlat dasturlarining mazmunini talabalarga tushuntirish;

Yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash;

Talabalarning axloqiy madaniyatini yuksaltirish, odob, muomala, kiyinish va so‘zlashuv madaniyatini shakllantirish;

Chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi profilaktik suhbatlar tashkil etish;

“Til va madaniyat”, “Yosh kitobxon”, “Sog‘lom hayot sari” kabi mavzularda uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari o‘tkazish;

Talabalar o‘rtasida ijtimoiy loyihalar, to‘garaklar, viktorinalar, ijodiy kechalar orqali bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.




​​Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat:

Kafedra faoliyatida talabalarni sog‘lom hayotga yo‘naltirish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar alohida o‘rin tutadi.
O‘qituvchilar tomonidan:
“Sog‘lom tana — sog‘lom aql” shiori ostida sport tadbirlari va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
OITSga qarshi kurash kuni doirasida ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi;
“Yomon odatlarga yo‘q deylik!” mavzusida profilaktik targ‘ibot videolari va stendlar tayyorlanadi;
Biriktirilgan maktablarda o‘quvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish, psixologik barqarorlik, dam olish madaniyatiga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Xalqaro hamkorlik

 “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, xalqaro taʼlim jarayonlarida oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Shu davrgacha dunyoning bir nechta nufuzli Oliy ta’lim muassalari bilan o’zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va davom etib kelmoqda. Jumladan: Kafedra mudiri prof. Iminaxunova I.X. tomonidan  Belorusiyaning Maksim Tank nomidagi pedagogika universitetida, Xitoyning Chuntsin tibbiyot maktabida, Germaniyaning Hochschuler fur Humanwissencchaften universitetida, Turkiyaning EGE universitetida,  Qozog’istonning M.АУЕЗОВ universitetida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik aloqalari orqali akademik mobillik tashkil qilinib, Qozog’istonda kafedraning bir nechta professor-o‘qituvchilari tomonidan akademik mobillik dasturi doirasida 36 soatlik dars mashgʻuloti, davra suxbatlari, seminar va vebinarlar tashkil etildi.




 Xalqaro hamkorlik


“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida tashkillangan ilmiy to‘garaklar