Ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigienasi kafedrasi

Kafedra quyidagi fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi:
Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalari uchun
- Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi
- Ovqatlanish gigiyenasi
- Mutaxassislikka kirish
- Nutrisiologiya
Davolash ishi yo‘nalishi talabalari uchun
1.Sog‘lom ovqatlanish va nutritsiologiya asoslari;





O‘qitish tizimi quyidagi tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha olib boriladi:
1. Umummilliy hujjatlar:
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
- Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847).
- Kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (VMQ-824).
Kafedrda Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, o‘quv jarayonida foydalaniladigan texnik ta’minotlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar va xalqaro standartlar darajasida o‘qitish maqsadida moddiy-texnik baza shakllantirilgan. O‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash uchun quyidagi texnik vositalardan samarali foydalaniladi:
- Raqamli laboratoriya majmualari:
- Multimedia va vizuallashtirish vositalari:
- O‘lchov va diagnostika asboblari:
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash — o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu boisdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot Instituti “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Asosiy ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga odob-axloq qoidalari, jamiyatda kiyinish madaniyati, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida muntazam ma’rifiy suhbatlar olib boriladi.

Русский
English