Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Davolash ishi

Bosh sahifa

Davolash ishi

Davolash ishi


“Umumiy tibbiyot” ning vazifasi “Umumiy tibbiyot” mutaxassisligi boʻyicha oliy tibbiy maʼlumotga ega raqobatbardosh mutaxassislarni, uzluksiz kasbiy taʼlim tamoyillari asosida faol hayotiy pozitsiyaga ega yuqori malakali olimlarni tayyorlash, sogʻliqni saqlash muammolarini hal qilishdan iborat. respublika va jahon miqyosida aholi turmush darajasini oshirish, milliy tibbiyot bilim yurti yutuqlarini asrab-avaylash va oshirish.
 
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan strukturaga asosan O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 28 fevraldagi 13 sonli bayoni asosida talabalarning qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirilganligi, 2020-2021 o’quv yilidagi qabul kvotalari ortganligi xisobiga talabalar sonining keskin ortganligi natijasida o’quv soatlarining ko’payganligi munosabatibilan hamda sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan isloxotlar samaradorligini oshirish maqsadida filialda 2020-yil 18-avgustdagi 282-sonli buyruq asosida “Davolash ishi” fakulteti tashkil etilgan.
Davolash ishi fakultetida  Davolash ishi yo’nalishi bo’yicha bakalavriat mutaxasislari tayyorlanadi.
50010100-Davolash ishi (2019-yildan buyon) Fakultetda bugungi kunda “Davolash ishi” yunalishida 1324 nafar talabalar takxsil oladi. Bulardan: Fakultetda talabalar nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko’nikmalar o’zlashtirishadi. Nazariy bilimlarni asosan institut asosiy binosida, amaliy mashg’ulotlarni quyidagi klinik bazalarda:
  1. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg’ona filiali
  2. Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi
  3. Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi
  4. Viloyat stomatologiya shifoxonasi
  5. Viloyat perinatal markazi
  6. Viloyat ona va bola skrining markazi
  7. Farg’ona shahar tibbiyot birlashmasi
  8. Farg’ona viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri
  9. Farg’ona viloyat silga qarshi kurashish dispanseri
  10. Farg’ona viloyat qon quyish markazi
  11. Farg’ona viloyat “OITS” ga karshi kurash markazi
  12. Farg’ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi
  13. Viloyat urologiya markazi
  14. Viloyat endokrinologiya dispanseri
  15. Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat mintaqaviy filiali
  16. Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri
  17. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg’ona viloyati filiali
  18. Farg’ona Viloyat sud-tibbiyot ekspertiza byurosi
  19. Farg’ona Viloyat patalogonatomiya byurosi
  20. Farg’ona viloyat Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi
  21. Farg’ona Viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
  22. Respublika O’lat karantin va o’ta xavfli yuqumli kasalliklarni muxofaza qilish markazi Farg’ona viloyati
  23. Farg’ona shahar tibbiyot birlashmasi
  24. Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg’ona shaxar bo’limi
  25. Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Marg’ilon shaxar bo’limi
  26. Shahar 1-sonli shifoxonasi
  27. Shahar 2-sonli shifoxonasi
  28. Shahar birlashgan bolalar shifoxonasi
  29. Viloyat narkologiya dispanseri
  30. Viloyat ruhiy kasalliklar dispanseri
  31. Viloyat oftalmologiya  shifoxonasi
  32. Viloyat o’smirlar poliklinikasi
  33. Viloyat dezinfektsiya stantsiyasi
  34. Farg’ona shahar 1-oilaviy poliklinika
  35. Farg’ona shahar 2-oilaviy poliklinika
  36. Farg’ona shahar 3-oilaviy poliklinika
  37. Farg’ona shahar 4-oilaviy poliklinika larda taxsil olishadi.
person

Davolash ishi fakulteti

Rasulova Moxidil Tursunalievna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-15:00 -17:00, Chorshanba-15:00 -17:00

Telefon:
 

+998732455907

Elektron pochta:
 

moxidil.rasulova@mail.ru

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o’zlashtirish ko’rsatkichlarini,  intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya tayinlash xay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to’g’risida buyruq loyixasini tayyorlash;
  • Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish xamda talabalarni  davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
  •  Professor-o’qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida ingliz tilini o’rganishni tashkil etish, ingliz tilida so’zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy  mashg’ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida  o’tilishini nazorat qilish;
  • Fakultet miqiyosida xujjatlarni elektron almashinuvini, institut saytiga talabalar xaqidagi ma’lumotlarni to’liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish;  
  • Gurux murabbiylari bilan uzviy aloqa o’rnatish, faoliyatini nazorat qilish; 
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o’tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o’rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Uz vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bulgan farmoyish, yuriknoma yoki kursatmalar chikarish;
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
  • Fakultetda o’qitiladigan fanlarni mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish;
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o’qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o’quv qo’llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg’ulotlar tashkil etish;
  • Fakultet Ilmiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish;
  • Dekan muovinlarini tayinlash bo’yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar  berish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko’rsatmalariga asosan fakultet bo’yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

1985 yildan Fargʼona tumanida tug`ilgan. 2019 yili kafedra assistentligi lavozimida kafedrada oʼquv ishlar boʼyicha maʼsuli bo`lib ishlagan. 2019 yili Аxmad Yassaviy nomidagi Halqaro Qozoq-Turk universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferentsiyada oʼz dokladlari bilan ishtirok etib 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.  Rasulova Moxidil Tursunalievna oʼzining ilmiy faoliyati davomida 2018 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy faoliyatini boshlab 2020 yildan Biologiya fani boʼyicha falsafa doktori (PhD) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona fililaning 18.08.2020 yildagi № 282 –sonli “Kafedralarni qayta tashkil etish” toʼgʼrisidagi buyrugʼiga asosan Normal va patologik fiziologiya kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 2021 yil Davolash ishi fakulteti o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari, 2022 yildan Davolash fakulteti decani lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy ishlar yoʼnalishi boʼyicha hozirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti b.f.d. professori Yuldashev Nosir Muxamedjanovich hamda Kursk davlat tibbiyot universiteti b.f.d. professori Privalova Irina Leonidovnalarni ilmiy maslaxatchi bilan doktorlik dissirtatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Ximoyaga qadar 60 dan ortiq halqaro va mahalliy jurnallarda maqola va tezislar, 1 ta oʼquv-metodik qoʼllanmalari mavjud. Ximoyadan soʼng Scopus bazasida 3 ta maqola, 2 oʼquv qoʼllanma, 5 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 1 monografiya 30dan ortiq ilmiy maqola va tezislari mavjud. 

person

Davolash ishi fakulteti dekan o`rinbosari.

Xamrokulova Gulbaxor Abdullayevna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 09:00-12:00

Telefon:
 

+998913972988

Elektron pochta:
 

gulbahorhamraqulova5@gmail.com

1975 yil Farg`ona viloyati quva shaxrida tug`ilgan. 1997 yili Farg`ona Umid sug`urta jamiyatida inspektor lavozimida, 2001 yil Farg`ona shaxar 16-kasb-xunar maktabida psixolog lavozimida, 2003 yil Farg`ona Davlat universiteti psixologiya kafedrasi o`qituvchisi, 2014 yil Quvasoy iqtisodiyot, xizmat ko`rsatish va servis kasb-xunar kolleji psixologi lavozimida, 2019 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi bosh mutaxassisi, 2021yil Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi bosh mutaxassisi, 2021 yil Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash fakulteti o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Faoliyati davomida bir necha ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 20dan ortiq maqola va tezislar bilan ishtirok etgan.