Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi
Kafedrada davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, xalq ta'bobati, qo‘shma dastur bo‘yicha davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, farmasiya fakultetlarida fanlar bo‘yicha darslar o‘qitiladi. Kafedra klinik bazasi RShTTYIM kasalxonasida joylashgan. Kafedrada 13 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib bormoqda, ulardan 2-ta dosent, 1-ta fan doktori, 10-ta assistent. Kafedrani tibbiyot fanlar nomzodi Kattaxanova Rabiya Yuldashevna boshqarib kelmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari turli ichki kasalliklar mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 3-ta assistent kandidatlik dissertasiyasini ximoya qilish uchun ilmiy ishlar olib bormoqda.
Kattaxanova Rabiya Yuldashevna – Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi mudiri. 1962-yil 24-aprelda Farg‘onada ishchilar oilasida tug‘ilgan. 1979-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1985-yili Andijon tibbiyot institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1985-1986 Farg‘ona shahridagi 3-shahar kasalxonasida anesteziologiya-reanimatsiya ixtisoslashgan stajirovkani yakunladi. 1986-1989-yillar Farg‘ona viloyat kasalxonasida anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlagan. 1989-yilda u Moskvadagi Butunittifoq ilmiy jarrohlik markazining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. 1992-yilda aspiranturani tugatib, "Koronar arteriya aylanib o‘tishdan keyingi bemorlarda prostatsiklin-tromboksan tizimining holati" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992-yilda u Andijon tibbiyot instituti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 1993-yildan 2000-yilgacha U Farg‘ona to‘qimachilik kombinati tibbiy bo‘limi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limiga mas'ul edi. 2000-yildan buyon u 2-Toshkent tibbiyot institutining Farg‘ona filialida, so‘ngra Toshkent tibbiyot akademiyasida katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent lavozimlarida ishlaydi. 2020- yildan hozirda “ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. R.Y. Kattaxanova 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 30 ta ilmiy va uslubiy qo‘llanma muallifi. Telefoni: +998912069530, E-mail:rkattakhanova@inbox.ru Ismoilovа Muаzzаmxon Isroilovnа - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi assistenti. Ismoilova Muazzamxon Isroilovna 1984-yil 10 sentyabrda yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. 2008-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqqiyatli tugatib, 2008-2011 yillar Oltiarik tumani Katput kishlok vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori (UАSh) lavozimida ishladi. 2015-yil Аndijon Davlat tibbiyot instituti «Terapiya» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlab, 2018-2019-yillar davomida Farg‘ona shaxar markaziy ko‘p tarmokli poliklinikada vrach-terapevt, vrach-gastroenterolog lavozimida ishladi. 2019-yildan Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot instituti «Ichki kasalliklar propedevtikasi» kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. M.S. Ismoilova 15 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlar ichaklarining funktsional xolati va mikroflorasini o‘rganish, hamda davolashni muvofiqlashtirish mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda. Telefoni: +998911171014, E-mail: i.muazzam@mail.ru

Русский
English