Yoshlar ittifoqi yetakchisi
Sobitjonov Umid Haydarali o‘g‘li
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:30
Telefon:
+99891 130-00-97
Elektron pochta:
yoshlarittifoqi@fjsti.uz
Yoshlar ittifoqi BT
Yoshlar ittifoqining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shu maqsadda Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llash, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda yoshlar bilan ishlashni takomillashtirishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bugungi kunda ta’lim, fan, madaniyat, sport va tadbirkorlik yo‘nalishlarida faol ishtirok etayotgan talabalar soni ortib bormoqda. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalar tashabbuslari asosida turli klub va jamoalar tashkil etilib, ularning rivojlanishida Yoshlar ittifoqining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, talabalar safida yetakchilar, volontyorlar va ijtimoiy loyihalar mualliflarining ko‘payib borayotgani Yoshlar ittifoqi faoliyati samaradorligidan dalolat beradi.
Yoshlar ittifoqi kengashining asosiy maqsadlari
- • talaba-yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkil etish;
- • yoshlarning davlat va jamoat boshqaruvi organlaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, yetakchilik salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- • talaba-yoshlar duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan yoshlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar shakllantirish va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish;
- • yoshlar orasida oilaviy, o‘zaro munosabat va ijtimoiy nizolarni konstruktiv hal etish bo‘yicha huquqiy va psixologik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish; oilani mustahkamlash, erta nikohlarning oldini olish va ajrimlar sonini kamaytirishga qaratilgan targ‘ibot va o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
- • yoshlar uchun teng huquq va teng imkoniyatlarni ta'minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini monitoring qilish, ularning oliy ta’lim muassasasidagi bo‘linmalarda ijrosini ijtimoiy nazorat qilish;
- • talaba-yoshlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonunchilik ijrosini nazorat qilish, jabrlanganlarni aniqlash, ularga tegishli organlar bilan hamkorlikda yordam va psixologik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish;
- • yoshlar o‘rtasida har qanday bosim, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan hududiy va universitet miqyosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, talabalarning xavfsiz muhitda ta’lim olishini ta’minlash;
- • talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar, yosh oilalarni jamoatchilik faoliyatiga jalb etish, jamiyatda faoliyat yuritayotgan ilg‘or yoshlarni targ‘ib qilish va ularni boshqalarga namuna sifatida ko‘rsatish;
- • institutning rivojiga hissa qo‘shgan, ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etgan, yuqori natijalarga erishgan yoshlarni davlat va idoraviy mukofotlarga tavsiya qilish.
Kengashning asosiy vazifalari
- • Yoshlar Ittifoqi kengashining asosiy vazifalari – talaba-yoshlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga yo‘naltirish, tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Shuningdek, talabalarda milliy qadriyatlar, ma’naviyat, vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kengashning muhim yo‘nalishlarini tashkil etadi. Ushbu faoliyatning bosh maqsadi – axloqan yetuk, mustahkam dunyoqarashli, yoshlik davridan to‘g‘ri hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash va ular orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.
- • Yoshlar Ittifoqi kengashi Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol ishtirok etadi. Rahbariyat ko‘magida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida manaviy-ma’rifiy tadbirlarni uzluksiz amalga oshiradi. Talabalar, ayniqsa yoshlar, orasida sog‘lom fikr, mas’uliyat, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida keng qamrovli loyihalar olib boriladi.
- • Talabalarning ruhiy-psixologik holatini o‘rganish, ularning ehtiyojlari va muammolarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etiladi. Yoshlar Ittifoqi faoliyati talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish, sport bilan shug‘ullanish, axloq-odob qoidalariga amal qilish, muloqot va kiyinish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Русский
English