Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi

Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi


Kafedra tarixi

1998 yil 15 iyundagi institutning 1-sonli buyrug‘iga asosan “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasi “Tibbiy biologiya va kimyo fanlari” kafedrasi tarkibiga kiritildi. Dastlab kafedrada 2 nafar fan nomzodi (dotsent) hamda 1 nafar assistent faoliyat yuritgan. 2004–2005 o‘quv yilidan boshlab “Anatomiya va gistologiya” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedralari birlashtirilib, “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi. Mazkur kafedraga 2012 yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A. Nishonov rahbarlik qilgan. 2012–2013 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi R.M. Shermatov, 2013–2015 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi Gʻ.N. Sultonov kafedra mudiri lavozimida ishlagan. O‘tgan yillar davomida kafedrada ko‘plab professor-o‘qituvchilar samarali faoliyat olib borgan. 2020 yilda farmakologiya fani “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasi tarkibiga umumkasbiy fan sifatida kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ–4911-son qaroriga muvofiq Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mustaqil oliygoh sifatida tashkil etildi va 2021–2022 o‘quv yilidan “Farmakologiya” mustaqil kafedra sifatida ish boshladi. Hozirda kafedra “Xalq tabobati va farmakologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritmoqda. 2025–2026 o‘quv yilida kafedrada 1 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent hamda 2 nafar stajyor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.


Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 
1.Farmakologiya
2.Farmakognoziya,
3.Farmasevtika ishini tashkil qilish,
4.Mutaxassislikga kirish,
5.Dori turlari texnologiyasi,
6.Ibn Sino tib qonunlari,
7.Manual terapiya,refleksoterapiya,fizioterapiya,
8.Davolovchi massaj va davolovchi jismoniy tarbiya,klinik farmakologiya,sharq tabobatida patologik sindromlar,tibbiyot kasbiga kirish fanlari o’qitiladi.
Kafedrada magistratura yo`nalishi bo`yicha talabalar taxsil oladi.