Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i
Muxammadsidiqov Muxammadbobur Rasuljon o'g'li
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:00.
Telefon:
+998916607791
Elektron pochta:
rttm@fjsti.uz
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi (bundan buyon matnda - Markaz) institutning tarkibiy bo'linmasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001-yildagi 230-sonli qarori, O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 25.0.2001-yildagi 23-son buyrug'i bilan tashkil etilgan. Markaz Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Markazning asosiy maqsadi – institutda raqamli ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun zamonaviy raqamli muhit yaratish hamda bu boradagi normativ hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
- Raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limi – axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi.
- Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi – institut axborot resurslari va tarmoqlarining xavfsizligini nazorat qiladi hamda axborotlarni muhofaza qilish choralarini ko‘radi.
- Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi – kompyuter va tashkiliy texnika vositalarining sozligini ta’minlaydi, nosozliklarni tezkor bartaraf etadi.
- Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi – institutning lokal va global tarmoqlari, serverlari faoliyatini boshqaradi.
- • Institutda axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida universitet rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
- • “HEMIS”- Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi va Moodle masofaviy o‘qitish tizimi boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
- • Institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
- • kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
- • kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
- • institut kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
- • institutda Internet tarmog‘i, elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
- • institutning nusxa oladigan serverlarini ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
- • institutning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
- • saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
- • axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
- • axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
- • dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;
- • operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni echish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
- • ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
- • himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash.
-
• Muxammadsidiqov Muxammadbobur - markaz boshlig'i.
-
• Аbdujabborov Iqboljon - AXT bo‘limi boshlig‘i.
-
• Ashuraliyev Xondamir - muhandis-dasturchi.
-
• Axmadjonov Qudratjon - tarmoq adminstratori.
-
• Ismoilov Sanjarbek - tizim adminstratori.
-
• Baxromov Abdujalil - muhandis-dasturchi.
-
• Valiyev Xoshimjon - muhandis-elektronchi.
-
• Sayburxonova Shaxnoza -kompyuter zal mudiri.

Русский
English