Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

Bosh sahifa

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy maqsadi — jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u ilmiy salohiyatni mustahkamlash, innovatsion rivojlanishga xizmat qiluvchi kadrlar zaxirasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Ilmiy darajaga ega kadrlar quyidagi shakllar orqali tayyorlanadi:

Tayanch doktorantura (PhD darajasi uchun),

Doktorantura (DSc darajasi uchun),

Mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc darajasiga da’vogarlar uchun).


Huquqiy asoslar

Doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ–4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-maydagi 304-sonli Qarori asosida tashkil etiladi.


Tayanch doktorantura (PhD)

Tayanch doktorantura — O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari asosida moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajratilgan holda olib boriladigan ta’lim shaklidir. U falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi nomzodlar uchun tashkil etilib, mutaxassislik bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib borish, doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishni nazarda tutadi.


Doktorantura (DSc)

Doktorantura — fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga da’vogarlar uchun tashkil etilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shaklidir. Mazkur shakl mutaxassislikni chuqur o‘zlashtirish, ilg‘or ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutadi. Ushbu shakl ham davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.


Mustaqil izlanuvchilik

Mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib boriladigan, PhD yoki DSc ilmiy darajalarini olish istagidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan ta’lim shaklidir. Nomzodlar o‘z ish faoliyatini davom ettirgan holda mustaqil tarzda ilmiy izlanish olib boradilar va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qiladilar.


Amaldagi salohiyat

Hozirgi kunda institutda 10 dan ortiq ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (DSc) ni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjud. Bu esa institutning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shuvchi kadrlarni yetishtirishga xizmat qilmoqda.


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari


Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi Nizom 


Ilmiy daraja berich tartibi to‘g‘risidagi Nizom


Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom


Malakaviy imtohonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom


Ekspert kengashi to‘g‘risidagi Nizom


Dissertatsiya va Dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari


Dissertatsiyalar ilmiy natijalarininga amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar