Hujjat turlari
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga 2024-2025 O`quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish uchun
HUJJATLAR RO`YXATI
HUJJAT TURI |
IZOH |
1. Rektor nomiga (namuna bo`yicha); |
Arizani namuna bo`yicha to`ldiring, imzolang va ikki tomonini skaner qilib PDF shaklga yuboring. |
2. Oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjat va ilova (davlat grantida taxsil olganlar uchun diplomdan ko`chirma); |
Diplomni va ilovaning barcha betlarini rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
3. Pasport (fotosuratli va ro`yxatdan o`tgan betlar); |
Kerakli betlarni rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
4. 086 – U shakldagi tibbiy ma`lumotnoma; |
Ma`lumotnomani ikki tomonini rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
5. Fotosurat 1 dona, 3,5 х 4,5 sm. |
«Hujjatlar uchun» ko`rinishdagi rangli fotosurat, JPG formatda, sifati 300 DPI. |
6. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat. |
Hujjat rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
Fayllar nomlarini o`z ism va familiyangiz + hujjat turidan foydalangan holda nomlang.
Masalan: Olimov_Olim_ariza.pdf; Olimov_Olim_diplom.pdf.
Fotosurat uchun: Olimov_Olim_foto.jpg
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2024/2025- o`quv yili uchun Ordinatura (Rezidentura)ga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish institutning rasmiy veb sayt sahifalarida quyidagi manzil platformasi orqali qabul qilinadi
Qabul kommissiyasi telefon raqamlari
+99895 202-23-45
+99895 302-23-45
+99895 402-23-45
+99895 404-23-45
Hujjatlarni to`g`ri topshirilgan taqdirda Sizning elektron pochtangizga “Tasdiqlash xati” yuboriladi.
“Tasdiqlash xati”da Sizga shaxsiy raqam (ID) yuboriladi. Hamda, kirish imtixonlari sanasi, vaqti va o`tkazilish joyi ko`rsatiladi.
Qo`shimcha ma`lumot uchun institut rasmiy web saytiga www.fjsti.uz yoki qabul komissiya CALL – markaziga murojaat qilishingiz mumkin.