Magistratura qabul hujjatlari to‘plami
Magistraturaga qabul 1-iyuldan e’tiboran onlayn tarzda boshlanadi
Magistraturaga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz:
Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;
Magistraturada abiturientlarga 5 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yo‘nalish tanlanadi;
Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo‘ladi. Boshqa fanlardan bo‘lmaydi;
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo`lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
-
magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
-
oliy ma’lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko`chirma — O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
-
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda)
-
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
-
086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.