Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Axborot resurs markazi

Bosh sahifa

Axborot resurs markazi

person

Axborot resurs markazi boshlig'i

Karimova Xilola Nosirovna

Qabul vaqti:
 

Dushanba - Shanba kunlari soat 8:30 dan 16:00 gacha

Telefon:
 

+99890 584-55-00

Elektron pochta:
 

arm@fjsti.uz

Axborot resurs markazi

Markaz haqida:

Axborot-resurs markazi — Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim sohasida yuksak maqsadlarga erishishda institutning sherigi hisoblanadi. Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi institut talabalari,  pedagog-xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.

 

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • - foydalanuvchilarni axborot olishga, o‘quv, maxsus va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash maqsadida ularning kitobxonlik qiziqishlarini o‘rganish va turli tashuvchilardagi axborot-kutubxona resurslarini takdim etish;
  • - o‘quv xonasida yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
  • - o‘quv va badiiy adabiyotlar seksiyalari faoliyatini elektron katalog “ARMAT” (Axborot-resurs markazining avtomatlashtirilgan tizimi) dasturidan foydalangan holda yuritishni tashkillashtirish;
  • - elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirish;
  • - ARM fondini yangi nashrlar bilan to‘ldirish, ARM fondini yangi nashr etilgan ixtisoslikka, qonunchilikka oid va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirib borilishini amalga oshirish;
  • - Markazning ARMni “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga bog‘lanishini ta’minlash;
  • - Markazning ARM elektron katalogini yaratish.
  • - foydalanuvchilarning sohasiga va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish;
  • - ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish;
  • - foydalanuvchilarning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlarini tuzish; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar berish; bibliografik sharhlar o‘tkazish;
  • - kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish, kerakli adabiyotlarni (maqolalarni, turli axborot jamlamalarini, elektron kataloglarni) elektron pochta orqali foydalanuvchilarga yetkazib berish;
  • - foydalanuvchilar, rahbariyat, tarkibiy bo‘linmalar, ilmiy xodimlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, o‘rganish va muntazam ravishda aniqlashtirib borish;
  • - kitobxonlarga elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish;
  • - o‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarga, gazeta va jurnallarni sotib olish, obuna bo‘lishni tashkil etish; fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanganligini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni ularni elektron formatga ko‘chirishni ta’minlash;
  • - boshqa tashkilot ARMlari, Respublika axborot resurs markazlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantirish;
  • - yangi adabiyotlarning ARM fondiga kirim qilinishini tashkil qilish, ro‘yxatga olish, taqsimlash va saqlashni ta’minlash;
  • - lozim bo‘lganda adabiyotlarni muqovalash va ta’mirlash choralarini ko‘rish;