Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ilmiy faoliyat bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar

Bosh sahifa

Ilmiy faoliyat bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar

Ilmiy faoliyat bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”

       Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”gi Qonun ilmiy ijod va axborot erkinligini taʼminlashga qaratilgan. Qonunda ilmiy ijod va axborot erkinligi, samaradorlik va ijodiy raqobat, manfaatdorlik va ragʼbatlantirish, ilmiy ekspertizaning xolisligi, inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikdan iborat ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy printsiplari belgilanmoqda.
Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy tushunchalari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, oliy taʼlim tizimi, shuningdek boʼysunuvida ilmiy tashkilotlar boʼlgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari mustahkamlab qoʼyilmoqda.  

      Bundan tashqari, Qonunda ilmiy faoliyat subʼektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartibi ochib berilgan. Jumladan, belgilab qoʼyilishicha, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi va ushbu muassasalarning pedagog kadrlari tegishli yoʼnalishlarda ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishlari shart.
Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, davlat ilmiy dasturlari, ilm-fan va taʼlimning hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bogʼliqligi, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga doir normalar mustahkamlanmoqda. Qonun qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligini taʼminlashga, ilmiy faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni toʼliq tartibga solishga, tegishli masalalarni tartibga solishga, shuningdek ilm-fan sohasidagi tushunchalar uygʼunlashtirilishi va bir xilda talqin etilishini taʼminlashga koʼmaklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida”


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni
  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida». Unga koʼra, 2030 yilga qadar vazifalar belgilab olingan. Jumladan, umumiy oʼrta taʼlim bitiruvchilarining oliy taʼlimga qamrab olinishi 50 foizdan oshishi lozim. Buning uchun oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshib, sohada sogʼlom raqobat muhitini yaratiladi. Shuningdek respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxati koʼzda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq;

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning — falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat namunalari 3 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini berishni ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

Oldingi tahrirga qarang.

4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi SP, 2012-yil, 12-son, 90-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-may,
304-son