Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Fiziologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Fiziologiya kafedrasi

Fiziologiya kafedrasi


Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2020-yil 18-avgustdagi №282 sonli buyrugʼi bilan Davolash ishi, Pediatriya yoʼnalishlarida mutaxassislik va maxsus fanlarni oʼqitilishi boshlanishi munosabati bilan “Fiziologiya” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutining asosiy oʼquv binosida joylashgan. 

Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 
  1. Normal Fiziologiya
  2. YuJS fiziologiyasi
  3. Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan
  4. Fiziologiya 
Kafedrada magistratura yo`nalishi bo`yicha talabalar taxsil oladi. 
2021-2022 oʼquv yilida kafedrada jami: 4 nafar, shundan 1 nafar PhD oʼqituvchi, 3 nafari asosiy ish oʼrinlarida faoliyat yuritmoqdalar Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 33,3%. Tashqi va ichki oʼrindoshlar bilan 27% ni tashkil etadi. Kafedraga 2021-yildan Rasulova M.T rahbarlik qilib kelmoqda. 
Rasulova Moxidil Tursunaliyevna
Fiziologiya kafedrasi dotsenti, PhD 1985 yildan Fargʼona tumani Vodil shaharchasida tugʼilgan. 2006-2014 yillari Fargʼona shahar 9-umum taʼlim maktabida Kimyo-biologiya fani oʼqituvchisi. 2014 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona filiali Tibbiy fundamental fanlar kafedrasida katta laborant lavozimiga ishga qabul qilingan. Ish faoliyati davomida faqat laborantlik faoliyatidan tashqari assistentlik asosida talabalarga dars mashgʼulotini olib borgan. Shu bilan birga ilmiy izlanishlarini ham amalga oshirgan. 2019 yili kafedra assistentligi lavozimida kafedrada oʼquv ishlar boʼyicha maʼsuli boʼlib ishlagan. 2019 yili Аxmad Yassaviy nomidagi Halqaro Qozoq-Turk universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferentsiyada oʼz dokladlari bilan ishtirok etib 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. Rasulova Moxidil Tursunalievna oʼzining ilmiy faoliyati davomida 2018 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy faoliyatini boshlab 2020 yildan Biologiya fani boʼyicha falsafa doktori (PhD) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona fililaning 18.08 2020 yildagi № 282 –sonli “Kafedralarni qayta tashkil etish” toʼgʼrisidagi buyrugʼiga asosan Normal va patologik fiziologiya kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.. 2021 yil Davolash ishi fakulteti oʼquv ishlari boʼyicha dekan oʼrinbosari, 2022 yildan Davolash fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovich
1983-yil 23-sentyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. U 2008 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialini, 2010-yilda magistratura bosqichini tugatib, filialning “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasida assistent, 2016-2018-yillarda kafedra mudiri  lavozimida, 2019-2021-yillarda tayanch-doktorantura bosqichida, 2025-yildan O‘quv-uslubiy boshqarma o‘rinbosari, keyinchalik iyul oyidan institutning Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy yo‘nalishda Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovich «Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi nogironligi profilaktikasi. (Farg‘ona viloyati misolida)» mavzusi bo‘yicha izlanishlar olib borib, hozirda ushbu yo‘nalishni yanada kengaytirib, 14.00.43-Profilaktik tibbiyot ixtisosligidan tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli yakunlab, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.  Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovichning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar chop etilgan. Shundan 25 ta OAK ilmiy jurnallarida, 32 ta respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida, 3ta uslubiy qo‘llanma hamda 1 ta o‘quv qo‘llanma hamda 1 ta monografiya chop ettirgan.   

Xodjаmberdiev Аkrаm Ilxаmjаnovich 
2020-yil 2 sentyabrdan boshlab Toshkent Tibbiyot Аkademisi Fargona filialining «Normal va Patologik fiziologiya» kafedrasiga assistent lavozimiga ishga kabul kilindi. Ushbu oʼquv yilida Xodjamberdiev А.I. tomonidan xammualliflikda Аrxivarius nomli OАK eʼtirof etgan xalqaro jurnalda maqola chop ettirdi. Bundan tashqari institutimizda oʼtkazilgan xalqaro miqyosdagi ilmiy konferentsiyada hammualiflikda ikkita tezis chop ettirgan. Xodjamberdiev А.I. 2021 yildan Fiziologiya kafedrasi assistenti. Fiziologiya kaferdrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ganijonov Polvonjon Hasanjonovich  
Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Fiziologiya” kafedrasi assistenti. 1994-yil 30-iyunda Farg‘ona viloyati, Farg’ona shaharda tug‘ilgan. 2020 yil Tyumen Davlat universitetini  Fiziologiya institutini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: fiziolog. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2023 yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. P.H.Ganijonov, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 6 yil  tajribaga ega bo‘lgan. 2023-yildan beri “Влияние стресса на морфофункциональные паказатели ЖКТ у морских свинок (экспериментальное исследование)” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. U o‘zining faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar, 20 dan ortiq tezislar, 2 ta darslik hamda 3 ta o‘quv qo‘llanma,  1  ta monografiyalar chop ettirgan.

Homidchonova Shahzoda Hasanzoda
Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Fiziologiya” kafedrasi kata o‘qituvchisi. 1992-yil 26-mayda Farg‘ona viloyati, Farg’ona shaharda tug‘ilgan. 2021 yil Mirzo Ulug’bek Nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini Biologiya fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: fiziolog. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2021 yildan boshlab faoliyat olib boradi. Sh.H.Xasanzoda, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 10 yil  tajribaga ega bo‘lgan. 2021-yildan beri “Влияние стресса на морфофункциональные изменения прямой кишки (экспериментальное исследование)” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. U o‘zining faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar, 1 ta o‘quv qo‘llanma,  3  ta monografiyalar chop ettirgan.  

Ikramova Nodira Maxmudovna 
2024 yildan Fiziologiya kafedrasi satjor- o’qituvchi. 2025 -yildan Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fiziologiya kafedrasi assistenti. Oʼz vazifasiga masʼuliyatli va mehnatsevar.  Faoliyati davomida bir qator OAK ro’yxatidagi ilmiy jurnallarida va Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirgan. Doimiy ravishda xalqaro va Respublika ilmiy konferensiyalarda o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. “Bolalarda nutqiy disfunktsiyalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari hamda uni korrektsiyalashning ayrim aspektlari” mavzusida ilmiy ish ,ustida ilmiy izlanishlar oliob bormoqda. Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida iqtidorli talabalari bilan faol ishtirok etgan va faxrli o’rinlar bilan taqdirlangan.

Mirzаjonovа Sаboxon Аbjаlilovnа
 2021 yildan Fiziologiya kafedrasi assistenti. 2020-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona filiali "Normal va Patologik fiziologiya" kafedrasi stajyor oʼqituvchi lavozimida ishlagan. 2021-yildan Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fiziologiya kafedrasi assistenti. Oʼz vazifasiga masʼuliyatli va mehnatsevar. Faoliyati davomida bir nechta maqolalar va tezislarni chop ettirgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Xalqaro fakultetining  Fiziologiya kafedrasida 9 nafar xodim faoliyat ko’rsatadi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar DSc fan doktori izlanuvchisi (Rasulova M.T), 5 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Ganijonov P.H., Mirzajonova S.A., Homidchonova Sh.H., Ikromova N.M., Hodjamberdiev A.I ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.


Fiziologiya kafedrasida ham kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy ishlarni olib borib o’z bilim va salohiyatlarini oshiradilar. So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 3 ta o'quv qo'llanma, 2 darslik, 5 ta monografiya, 13 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar. Bundan tashqari 20 taga yaqin o’quv-uslubiy qo’llanma va uslubiy tavsiyanomalar nashr etilgan. Xodimlar tomondan nashr etilgan o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar, tibbiyot o’quv yurtlari talabalari uchun qo’shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelmoqda. Kafedra xodimlari ko’plab respublika va xorijiy anjumanlarda, konferensiyalarda doklad va tezislari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.


Xalqaro hamkorlik
Fiziologiya kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Fargʻona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti delegatsiyasi Gulf tibbiyot universitetida 3–10 dekabr kunlari Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti delegatsiyasi Gulf Medical University (Ajman, BAA)da xizmat safarida bo‘lib, ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bir qator uchrashuv va seminar-treninglarda ishtirok etadi.Xizmat safari davomida delegatsiya Team-Based Learning, Work-Based Learning va Problem-Based Learning metodologiyalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi. Shuningdek, Graduate Medical Entry (GME) yo‘nalishlari uchun o‘quv reja va fan dasturlarini taqqoslash hamda moslashtirish, GMUning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlikda yangi dasturiy modullarni ishlab chiqish, institut pedagoglari uchun xalqaro standartlar asosida pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan amaliy jarayonlarni o‘rganish rejalashtirilgan.Safar doirasida GMU administratsiyasi bilan hamkorlik memorandumi loyihasi bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilib, GMU klinik bazalaridagi ilg‘or tajribalar bilan tanishiladi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bir qator professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daegu Haany Universityda bo‘lib, u yerda “Koreya an’anaviy tibbiyoti” yo‘nalishida 2 haftalik malaka oshirish kursida ishtirok etdi. Mazkur akademik almashinuv dasturi institut o‘qituvchilari uchun akupunktura usuli bilan davolash, shuningdek, Koreya tibbiyotining zamonaviy va an’anaviy yondashuvlar asosida uyg‘unlashgan tajribasini o‘rganish uchun katta imkoniyat yaratmoqda.Kurs doirasida tinglovchilar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy seminar va klinik kuzatuvlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, ular Koreyaning sog‘liqni saqlash tizimi, an’anaviy davolash metodlari va xalq tabobati bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.Ushbu tashrif institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida III Xalqaro talabalar ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.“XXI asr inson salomatligi: dolzarb savollar, muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi III Xalqaro talabalar ilmiy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.Anjumanda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, zamonaviy tibbiyot va jamoat salomatligi yo‘nalishidagi dolzarb masalalar, innovatsion yondashuvlar va ilmiy izlanishlar natijalari muhokama qilindi.Tadbir talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasida yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.


Kafedra ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash — o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim jihatlaridan biridir. Shu boisdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot Instituti “Fiziologiya” kafedrasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi. 
Asosiy ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga odob-axloq qoidalari, jamiyatda kiyinish madaniyati, zararli odatlar — chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida muntazam ma’rifiy suhbatlar olib boriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarini o‘rganish; yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalash; talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish; siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish; mamlakatda va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy hamda madaniy voqealar haqida talabalarni o‘z vaqtida xabardor qilish; kafedra yo‘nalishiga mos to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Kafedra professor-o’qituvchilarning fanlardan qoniqarli o’zlashtira olmagan qoloq talabalar bilan muntazam ravishda shug’ullanib kelishadi.