Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Bosh sahifa

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

person

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Xusanboyev Abdumajid Abdugapirovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba - Shanba 8:30 dan 16:00 gacha

Telefon:
 

+998 91679- 61-10

Elektron pochta:
 

fmioz@mail.ru

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Institutga Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda organib chiqishni ta'minlash.
 

Vazifalari:

  • - Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining Hayat qarorlari, shuningdek, institut rektorining buyruqlari va universitet Kengashi qarorlarining oz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat etish;
  • - Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlik va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish choralarini ko‘rish, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga taqdim etish;
  • - Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida metodik yordam ko‘rsatish;
  • - Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi ahvolini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, kamchiliklar to‘g’risida universitet rektorini xabardor qilish;
  • - Bo‘lim ogohlantiruvchi nazoratni amalga oshiradi, ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini o‘tkazadi hamda universitet rektori huzuridagi yig‘ilishlarda axborot berib borish;
  • - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining faoliyati bo‘yicha universitet Ilmiy kengashi majlisida axborot berish;
  • - Institut tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini muntazam ravishda maqsadli o‘rganish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘satish.

 

Huquq va majburiyatlari:

  • - Institutda Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hayat qarorlari, buyruqlari, topshiriqlari shuningdek, institut rektorining buyruqlari va institut Kengashi qarorlarining oz vaqtida va sifatli bajarilishini fakultetlar, kafedralar va bolimlarda tahlil qilish, nazorat etish;
  • - Institut tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomi ahvolini o‘rganish natijalari to‘g’risida rektorga axborot berish va uning topshrig‘iga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan buyruqlarni ijrosini nazorat qilish;
  • - O‘rganish natijalari tahlili asosida taklif va xulosalar ishlab chiqish;
  • - Zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan institut rektoriga takliflar kiritish;
  • - Institutda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
  • - Institutda bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
  • - Institut faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga dahldor mutaxassislarni jalb qilish;
  • - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzish.