Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

Bosh sahifa

Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

Kafedra tarixi
“Travmatologiya va ortopediya” kafedrasining tarixi oliy ta’lim muassasasining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq. Dastlab Tibbiyot markazida ijtimoiy-gumanitar hamda umumtibbiy fanlar kafedralari faoliyat yuritgan. 1994-yilda “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etildi.
1994–1996-yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor O.S. Siddiqov rahbarlik qilgan. Mazkur davrda kafedrada bir qator tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar faoliyat yuritgan. 1996-yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasi bilan birlashtirilib, “Klinik fanlar” kafedrasi tashkil etilgan.
1998-yildan boshlab “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi qayta tashkil etilib, unga yana professor O.S. Siddiqov rahbarlik qilgan. 2002–2016-yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori B.B. Mirzaev boshqargan.
2015-yilda “Umumiy jarrohlik va patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etilib, keyinchalik jarrohlik yo‘nalishidagi kafedralar birlashtirildi va qayta tashkil etildi. 2018-yildan boshlab jarrohlik kafedralari alohida yo‘nalishlar sifatida faoliyat yurita boshladi.
2020–2021-yillarda kafedra negizida “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi tashkil etildi. 2023-yil sentyabr oyidan esa ushbu kafedra asosida “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi faoliyat
Hozirgi kunda “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasiga tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xaydarov Azizjon Qosimovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada travmatologiya va ortopediya, bolalar travmatologiyasi hamda harbiy dala jarrohligi fanlari o‘qitilib, o‘quv jarayonlari viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali hamda zamonaviy jihozlangan klinik bazalarda olib borilmoqda.
Kafedra jamoasi yuqori malakali, raqobatbardosh va vatanparvar shifokorlarni tayyorlash, ularning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Yusupova Rano Turdiyevna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
1994–2019-yillarda kafedra dotsenti
Yusupova Rano Turdiyevna 1944-yilda Tojikiston Respublikasi, Kulob shahrida tug‘ilgan (2018-yilda vafot etgan).
Ta’limi:
1961-yilda Dushanbe tibbiyot institutiga o‘qishga kirib, davolash fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
Pedagogik faoliyatini 1971-yildan Tojikiston davlat tibbiyot institutining Akusherlik va ginekologiya kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan.
1983-yilda Moskva shahrida “Pomir tog‘li hududlari sharoitida homilador ayollar, tug‘ruq jarayonidagi va tug‘ruqdan keyingi ayollarda qon ivish va ivishga qarshi tizim holati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1994-yildan Farg‘ona davlat universiteti “Tibbiyot markazi” Jarrohlik kasalliklari kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.
2000–2004-yillarda Ichki kasalliklar va bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2004–2016-yillar davomida Jarrohlik kasalliklari kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
1996–2008-yillar mobaynida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ilmiy va tashkiliy faoliyati:
Sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni tarbiyalash hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, respublika va viloyat hokimliklarining bir qator Faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.
Xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.
O‘z sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda 80 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

To‘xtasinov Husan Tuxtasinovich
(1937–2021) Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
1994–2021-yillarda kafedra dotsenti
To‘xtasinov Husan Tuxtasinovich 1937-yilda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
Ta’limi:
Toshkent davlat tibbiyot institutining Davolash ishi fakultetiga o‘qishga kirib, 1961-yilda uni imtiyozli tamomlagan.
1964-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Travmatologiya kafedrasi aspiranturasiga qabul qilingan. Keyinchalik Moskva shahridagi N.I. Pirogov nomidagi II-tibbiyot institutida aspiranturani davom ettirib, 1966-yilda muvaffaqiyatli yakunlagan.
1966-yil noyabr oyida “Boldir suyagi to‘piqlarini operativ yo‘l bilan davolash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyati:
Pedagogik faoliyatini 1967-yildan Andijon davlat tibbiyot institutining Travmatologiya kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan.
1994-yilda Farg‘ona shahriga kelib:
  • 1994–1998-yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Tibbiyot markazi” Jarrohlik kafedrasida katta o‘qituvchi,
  • 1998–2005-yillarda Toshkent davlat II-tibbiyot instituti Farg‘ona filiali Jarrohlik kasalliklari kafedrasida dotsent,
  • 2005–2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Jarrohlik kasalliklari kafedrasida dotsent lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Ilmiy va pedagogik faoliyati:
Uzoq yillar davomida travmatologiya va jarrohlik yo‘nalishida talabalarga bilim berib, malakali shifokor kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan. O‘zining boy ilmiy-pedagogik tajribasi bilan kafedra faoliyatida faol ishtirok etgan.

Xaydarov Azizjon Qosimovich
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
FJSTI “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi mudiri
Xaydarov Azizjon Qosimovich 1981-yil 5-oktabrda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi:
2006-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
2009-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tugatgan.
Mehnat faoliyati:
2010–2014-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Travmatologiya va ortopediya kafedrasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.
2014–2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va harbiy dala jarrohligi kafedrasida katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimida ishlagan.
2017–2018-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Travmatologiya va ortopediya kafedrasida kichik ilmiy xodim bo‘lib faoliyat olib borgan.
2018–2019-yillarda kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2020–2021-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Davolash ishi” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
2021–2022-yillarda FJSTI “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2022–2023-yillarda “Tibbiy profilaktika ishi” fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2023–2024-yillarda “Pediatriya ishi” fakulteti dekani lavozimida ishlagan.
2025-yildan buyon FJSTI “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy daraja va malaka oshirish:
Xaydarov A.Q. 2018-yil 10-may kuni “Qo‘l kaft suyaklari sinishlarida apparat-jarrohlik davolash usulini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2019, 2022 va 2025-yillarda BIMM tarmoq markazida 288 soatlik malaka oshirish kurslarini tamomlagan.
2019-yilda Innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘lib, Belarus davlatida BelMAPO tibbiyot akademiyasida 144 soatlik (30 kun) ilmiy stajirovkada qatnashgan.
Ilmiy va tashkiliy faoliyati:
Xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.
O‘z sohasi bo‘yicha 40 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.
Kafedra mudiri sifatida travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlarni samarali tashkil etib kelmoqda.

Ibragimov Mirzaanvar Nuriddin o‘g‘li
Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi, pedagog
Ibragimov Mirzaanvar Nuriddin o‘g‘li 1991-yil 19-fevralda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi:
2014-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
2017-yilda “Umumiy jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Mehnat va pedagogik faoliyati:
Pedagogik faoliyatini 2017-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan.
2017–2020-yillarda kafedra assistenti sifatida faoliyat yuritgan.
2020-yildan o‘rindoshlik asosida “Davolash fakulteti” o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2020–2021-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2020–2021-yillarda “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.
2022-yildan Xalqaro fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Malaka oshirish va ilmiy stajirovka:
2019-yilda BIMM tarmoq markazida 288 soatlik malaka oshirish kursini tamomlagan.
2019-yilda Innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘lib, Belarus davlatida BelMAPO tibbiyot akademiyasida 144 soatlik (30 kunlik) ilmiy stajirovkada ishtirok etgan.
Ilmiy va jamoat faoliyati:
Xalqaro va respublika miqyosidagi qator ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.
O‘z sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.
2019-yilda Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqada “stol tennisi” sport turi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egallagan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida vazirliklar hamda viloyat hokimliklarining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Ilmiy izlanishlari:
Hozirgi kunda tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Karimov Hamid Yakubovich rahbarligida
“Patogenetik asosda reambrasolani eksperimental kuyish shokida qo‘llash” mavzusida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Mahmudov Boburbek Erkinovich
Kafedra assistenti
Mahmudov Boburbek Erkinovich 1990-yil 7-noyabrda Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug‘ilgan.
Ta’limi:
2018-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining “Pediatriya ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
2021-yilda “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Mehnat va pedagogik faoliyati:
2018-yilda Marg‘ilon shahar 7-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyat yuritgan.
2018–2021-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida magistr-resident sifatida tahsil olgan.
2021-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan.
2021-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasida assistent hamda kafedraning o‘quv ishlari bo‘yicha mas’uli (zavuch) lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyati:
Xalqaro va respublika miqyosidagi qator ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.
O‘z sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola va tezislar muallifi.
Talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib borish bilan bir qatorda, ilmiy maqola va tezislari respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan.


Kenjayev Sherzod Ravshan o‘g‘li
2024-yildan FJSTI “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi assistenti
Kenjayev Sherzod Ravshan o‘g‘li 1993-yil 14-may kuni Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug‘ilgan.
2020-yilda Qirg‘iz-Rossiya Slavyan universitetini “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2022-yilda Novosibirsk davlat tibbiyot universitetida klinik ordinatura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Mehnat faoliyati davomida 2022–2023-yillarda Sverdlovsk viloyati shahar shifoxonasining travmatologiya punktida travmatolog-ortoped shifokor lavozimida ishlagan. 2023–2024-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Travmatologiya va ortopediya kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
2024-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. Shu yildan boshlab institutning “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi assistenti sifatida faoliyat olib bormoqda.

Qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi. O‘z sohasi bo‘yicha 15 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola va tezislar muallifi. Talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib borish bilan birga, ilmiy maqola va tezislari nufuzli ilmiy jurnallarda e’lon qilingan.


Latibjonov Azizbek Erkinjon o‘g‘li
2023-yildan FJSTI “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi assistenti
Latibjonov Azizbek Erkinjon o‘g‘li 1992-yil 4-iyulda Andijon viloyati, Ulug‘nor tumanida tug‘ilgan.
2018-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini “Pediatriya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida tamomlagan. 2023-yilda “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Mehnat faoliyatini 2018–2019-yillarda Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tez tibbiy yordam shifokori sifatida boshlagan. 2019–2021-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinator lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yildan Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida qabul bo‘limida emergency navbatchi travmatolog sifatida ishlagan.
2023-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. Shu yildan boshlab institutning “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi. O‘z sohasi bo‘yicha 12 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqola hamda tezislar muallifi. Talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish bilan birga, ilmiy ishlari respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan.

Koraboyev Jasurbek Mavlonjonovich
2023-yildan FJSTI “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasi assistenti
Koraboyev Jasurbek Mavlonjonovich 1994-yil 30-aprelda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
2020-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini “Pediatriya ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2023-yilda “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
2023-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Travmatologiya va ortopediya” kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan va hozirgi kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.
Qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi. O‘z sohasi bo‘yicha 20 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola va tezislar muallifi.
Talabalarga amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni olib borish bilan birga, ilmiy maqola hamda tezislari respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Davolash fakultetining Travmatologiya va ortopediya kafedrasida 10 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra jamoasi kafedra va universitet miqyosidagi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ilmiy salohiyat va ilmiy darajalar
Hozirgi kunda kafedrada ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlar tarkibi quyidagicha:
  • 1 nafar DSc fan doktori mustaqil izlanuvchisi: Xaydarov A.Q.
    (ilmiy maslahatchi — Eshbayev E.A.)
  • 1 nafar PhD tayanch doktorant: G‘ulomov Q.Q.
  • 5 nafar mustaqil izlanuvchi:
    Qoraboyev J.M., Latibjonov A.E., Maxmudov B.E., Kenjayev Sh.R., Toshmatov F.R.
Kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari izchil olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida kelgusida kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish rejalashtirilgan.
Izlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi №470-son Farmoni asosida o‘zlarining PhD va DSc dissertatsiya mavzulari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
 

 So‘nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
  • 350 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan
  • 5 ta o‘quv qo‘llanma
  • 8 ta monografiya
  • 13 ta elektron dastur
  • 100 dan ortiq maqolalar yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda
  • 25 taga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar
Xodimlar nashr etgan adabiyotlar tibbiyot o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘shimcha material sifatida foydalanilmoqda.

Talabalar va ilmiy faoliyat:
Kafedrada nafaqat xodimlar, balki talabalarning ilmiy faoliyatiga ham katta e’tibor qaratiladi. Xodimlar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar yozib, nufuzli konferensiya va anjumanlarda ishtirok etmoqdalar. Iqtidorli talabalar O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida va xalqaro fan olimpiadalarida sharafli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedraning iqtidorli talabalari safiga kirganlar: Karimov Hamid Yakubovich, Saidov Komiljon Kamoliddin o‘g‘li, Maxmudov Suxrobbek, Mo‘minov Nursulton Murodali o‘g‘li, Amani, Murugan Kaivasuru, Baidya Rraka Prava.

KAFEDRA OCHIQ DARSLARI