Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Bosh sahifa

Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

   
Kafedra:
  • bo‘lg‘usi vrachni,
  • aholi salomatligini muhofaza qiluvchi mutaxassisni,
  • sog‘liqni saqlash tashkilotchisi va menejerini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Kafedraning ahamiyati
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash bo‘yicha qabul qilingan qonun va davlat dasturlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish hamda:
  • umumiy amaliyot vrachlarini,
  • sog‘liqni saqlash menejerlari va tashkilotchilarini,
  • boshqaruvchilarni,
  • ordinator va magistrlarni
tayyorlashda mazkur kafedra juda muhim o‘rin tutadi.

Kafedraning maqsadi
Kafedra aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, insonning o‘rtacha umrini uzaytirish hamda uning mehnat faoliyatini uzoqroq saqlab qolish maqsadida:
  • tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqadi,
  • ularni amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi.

Kafedraning asosiy vazifalari
  1. Jamoat salomatligini o‘rganish usullarini ishlab chiqish, aholi salomatligi va unga ta’sir etuvchi ijtimoiy sharoitlarni tahlil qilish.
  2. Davlat sog‘liqni saqlash siyosatini ilmiy asoslash, yangi tibbiy xizmat shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.
  3. Sog‘liqni saqlash boshqaruv tizimini yaratish va takomillashtirish.
  4. Tibbiyot xodimlarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash jarayonini yaxshilash.

Jamoat salomatligi nimani o‘rganadi?
Klinik fanlardan farqli ravishda, jamoat salomatligi:
  • alohida bir bemorni emas,
  • balki butun aholi va jamiyat salomatligini
o‘rganadi.
Bu quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tahlil qilinadi:
  • demografik jarayonlar,
  • kasallanish,
  • nogironlik,
  • jismoniy rivojlanish,
hamda bular turmush tarzi va sharoitlari bilan bog‘lab o‘rganiladi.

Sog‘liqni saqlashni boshqarish (menejment)
Sog‘liqni saqlashni boshqarish jamoat salomatligining ajralmas qismi bo‘lib, u amaliyotdagi ko‘rinishidir. Shu sababli ularni bir-biridan alohida holda tahlil qilish to‘g‘ri emas.

Sog‘liqni saqlash tushunchasi
Sog‘liqni saqlash — aholi salomatligini saqlash va yaxshilashga qaratilgan:
  • tibbiy,
  • ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlar majmuasidir.

Kafedra o‘rgatadigan asosiy yo‘nalishlar
Kafedra talabalar, ordinatorlar va magistrlarga quyidagi bilimlarni beradi:
  1. Sog‘liqni saqlash sohasining tarixi
  2. Tibbiy-salomatlik jarayonining nazariy asoslari, muammolari va konsepsiyalari
  3. Aholi salomatligi, turmush sharoiti va turmush tarzi, ta’sir etuvchi omillar
  4. Aholi salomatligini o‘rganish usullari, tibbiyot statistikasi (biostatistika) asoslari
  5. Tibbiy-ijtimoiy muhofaza: ijtimoiy ta’minot va salomatlik sug‘urtasi
  6. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
  7. Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti: rejalashtirish va moliyalashtirish
  8. Sog‘liqni saqlashda rahbarlik va boshqaruv (menejment)
  9. Xorijiy davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimi va uni baholash (ijobiy/salbiy tomonlar)
 

Kafedrada Bakalavriat, ordinatura, Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi:
1. Jamoat salomatligi
2. Bioetika
3. Dalillarga asoslangan tibbiyot
4. Dalillarga asoslangan xalq tabobati usullari
5. Marketing menejmenti
6. Sog‘lom turmush tarzi
7. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish: Tibbiyot tarixi
8. Jismoniy tarbiya va sport
9. Fakultativ kurs. Jismoniy tarbiya va sport (Xorijiy)
10.Jamoat salomatligi (Xorijiy)
11.Здорове и здоровый образ жизни в профилактической работе врача (Qo‘shma)
12.Основы научной работы   в медицине (Qo‘shma)
13.Физическая култура спорт (Qo‘shma)
14.История медицины (Qo‘shma)
15.Инклюзивный подход в сотциалной и профессионалной сферах (Qo‘shma)
16.Елективные диссиплины по физической културе и спорту (Qo‘shma)
17. Менежмент в здравоохранении (Qo‘shma)
18. Биоэтика (Qo‘shma)
19.Jamoa salomatligini o‘rganish va baholash (Magistratura)
20.Sog‘liqni saqlash menejmenti  (Magistratura)
21.Tibbiyot statistikasi (Magistratura)

Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi va jismoniy tarbiya va sport  kafedrasi tarixi
 
Axmadaliyev Rustam Umaraliyevich 
PhD, kafedra mudiri 1975 yil Fargona viloyati, Marg‘ilon shahrida tu‘g‘ilgan. 1998 yil 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialini Tibbiy proflaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. Diplom bo‘yicha ixtisosligi – Umumiy amaliyot shifokori (№ 192058, 30 iyul 1998 yil). 2018 yildan buyon tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Nomzodlik dissertatsiyasini 2018 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc. 27.06.2017. Tib. 30.03 Ixtisoslashgan Kengashda «Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish» mavzusida 14.00.07 – Gigiena (Diplom 01 № 001100, 29 dekabr 2018 yil) ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Sh.S.Baxritdinov. Umumiy ish staji 24 yil, ilmiy va pedagogik ish staji 23 yil, shu jumladan, pedagogik ish staji 23 yil ishlab kelmoqda. Axmadaliev Rustamjon Umaralievich 2015 yil 20 iyundagi 98 - sonli buyruqqa asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali o‘quv uslubiy bo‘limi boshlig‘i  2016-2018 yy. va 2021 yil 4 yanvardagi 2-k sonli buyruq bilan 2018-2019 yy. - Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi  boshlig‘i lavoziimlarida ishlagan. Jami 170 ta ilmiy ishlari bor, jumladan: 1 ta monografiya “Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish” (2022 yil, Farg‘ona), 3 ta patent (2020 yil, №DGU 07925; 2020 yil, №DGU 07924, 2022 y DGU 2022 2580), 2 ta metodik tavsiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan maqolalar va tezislar.

 
 
 
Mamatxanova Gulnora Maxmudovna
Katta o‘qituvchi
1976-yil 3-noyabrda Namangan viloyati, Pop tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan. 2005–2007 yillarda Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasida statistik vrach, 2007–2009 yillarda Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida, 2009–2019 yillarda esa Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining tashkiliy-uslubiy bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan buyon tibbiy OTMlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ilmiy izlanish mavzusi: “Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg‘ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)”. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Ismailov Saidmurad Ibragimov. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 4 ta maqola OAK nashrlarida, 6 ta respublika jurnallari, 1 ta xorijiy jurnal, 5 ta respublika va xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi, 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 5 ta elektron dastur muallifi.
 

 
 
 
 
 
Maxmudova Xurmatoy Toshtemirovna
Assistent
1974-yil 4-oktyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Farg‘ona Davlat Universitetiga o‘qishga kirgan, 1998-yilda 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutida “Tibbiy profilaktika ishi” mutaxassisligini tamomlagan. 2000–2007 yillarda Farg‘ona viloyat DSENMda vrach-laborant lavozimida ishlagan. 2007–2017 yillarda 2-Farg‘ona tibbiyot kollejida o‘qituvchi. 2018-yildan hozirgi kungacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 17 yillik pedagogik faoliyati davomida: 15 dan ortiq ilmiy maqola, 60 dan ortiq ilmiy tezislar muallifi. Ilmiy ishlari sog‘liqni saqlash, jamoat salomatligi va tibbiy profilaktika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. 

 
 
 
Astanaqulov Dilmurod Yo‘ldoshovich
Assistent
1975-yil 26-yanvarda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda 2-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan. 1998–2001 yillarda Farg‘ona viloyat DSENM’da vrach-epidemiolog. 2001–2014 yillarda Farg‘ona shahar DSENM’da sanitariya vrachi. 2014–2019 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg‘ona filialida assistent. 2019–2021 yillarda tayanch-doktorant. 2022–2023 yillarda Endokrinologiya ilmiy markazi Farg‘ona filiali vrach-metodisti. 2022-yil Marg‘ilon jamoat salomatligi texnikumida o‘qituvchi. 2023-yildan hozirgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida assistent lavozimida ishlamoqda. Dissertatsiya mavzusi: “Quvasoy sement ishlab chiqarish korxonasining aholi salomatligiga ta’sirini o‘rganish va uni yaxshilash bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish”. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Abduraximov Zoxid Abduvasikovich. 5 dan ortiq ilmiy ish dissertatsiya doirasida, 20 dan ortiq maqola va 31 ta tezislar chop ettirgan. Ulardan 3 ta OAK ro‘yxatidagi nashrlarda, 1 tasi xorijiy jurnal va 2 tasi respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan. 2 ta xalqaro konferensiyada taqdimot bilan qatnashgan.

 
 
 
Ergasheva Nodiraxon Atxamjon qizi.
stajyor o‘qituvchisi

1995-yil 1-iyunda Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan. 2022-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan. 2022–2025-yillarda Farg‘ona viloyati SEO va JS boshqarmasida mexnat gigiyenasi bo‘limi sanitar vrachi. 2025-yildan hozirgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida stajyor o‘qituvchisi lavozimida ishlamoqda.