Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Bosh sahifa

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

person

Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Normatov Bohodirjon To‘xtasinovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Сhorshanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+99897 417 -48-00

Elektron pochta:
 

farti@bkol.uz

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Tarixi

2008 yil 23.06 kungi № 254-sonli Farg’ona tumani xokimining qarori bilan Farg’ona tumani Chimyon qishlog’ida joylashgan “Mo’min ota Javlonbek” fermer hujaligi er maydonidan 795 o’rinli kasb-xunar kolleji va 100 o’rinli yotoqhona binosini qurush uchun tumani hokimining qarori chiqarilgan.Farg’ona tumani xokimining 2009 yil 11-iyundagi №262-sonli qarori bilan Chimyon qishlog’ida joylashgan Farg’ona tumani Tibbiyot kolleji nizomini Davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risida tumani hokimi qarori chiqgan.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-Sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlari” to’g’risidagi PF-58-12- sonli farmoning 3-ilovasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori bilan qayta tashkil topdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023yil 20 iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-197- sonli qarori ijrosini ta’minlash  yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2023-yil 24- iyuldagi №173-sonli buyrug’i bilan Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sifatida tashkil etildi.Texnikum manzili Farg’ona viloyati Farg’ona tumani Bahor mahalla fuqarolar yig’ini Bahor ko’chasi 149-uy.Loyiha bo’yicha quvvati 795 o’ringa muljallangan.Hozirgi kunda Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida  nafar o’quvchi tehsil olmoqda.Texnikumdagi: Hamshiralik ishi,Fel’dsherlik ishi,Fel’dsher-laborantlik ishi va Farmatsiya yo’nalishlar mavjud.

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 24 ta nazariy va amaliy  o’quv  honalari mavjud.Texnikumda yo’nalishlarda kelib chiqib 4 ta Innovatsiyo trening honalar,10 ta Klinikagacha bo’lgan o’quv amaliyot honalar hamda 12 ta o’quv nazariy honalari faoliyat olib bormoqda.Texnikum binosini 3-qavatini Klinikagacha bo’lgan amaliy mashg’ulotlar olib boorish uchun “Innovatsion amaliyot sentri” qilib zamonaviy tibbiyot asbob uskunalari,butun odam mulyajlari,amaliy mashg’ulot trinajorlari bilan jihozlangan.Har bir nazariy hamda amaliy o’quv honalarida monitor, nootbuk, prektor, interaktiv doskalar bilan jihozlangan. 


MA’NAVIY–MARIFIY ISHLAR

Mamlakatimizda  ma’naviy-marifiy ishlarni tizimli tashkil etish,bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, texnikum talabalarini intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan  barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy marifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.Texnikumdagi guruhlar o’rtasida fan tugaraklari, Zakovat tadbirlari, bayram kunlari belgilangan tadbirlari, besh tasabbus doirasidagi tadbirlari, Fan haftaligi tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Ta’lim muassasida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi Hayot uchun Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tadbir o’tkazildi. Tadbirda texnikum jamoasi va o’quvchilari ishtirok etdi. 


O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLAR

O’qitish har bir ko’rs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

-Kvalifikatsion xarakteristika

-Davlat ta’lim standarti

-Namunaviy o’quv dastur

-Ishchi o’quv dastur

-Tasdiqlangan tashxiz standartlari

-Zamonaviy ta’lim texnologiyalari(grafik organayzerlar,keys texnologiya va proekt usuli).

O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minot mavjud:

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida barcha honalardagi kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan, Wi-Fi zonalar mavjud. Mavzuga oid vidiofilmlar, prezintatsiyalar, multimediya dasturlari,  ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga mos barcha yo’nalishlar uchun O’qitish  materiallari to’plamlarii mavjud. Amaliy va nazariy fanlar texnikumning malakaliy pedagoglari tomonidan zamon talablari asosida olib boriladi.

Texnikum kutubxonasi:

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Axbarot kutubxonasida  jami   11713 ta kitob bo’lib ulardan: Maxsus adabiyotlar,umumta’lim adabiyotlar, badiiy adabiyotlar, siyosiy adabiyotlar hamda qo’llanmalar mavjud.

Kitob bo’limi

Soni

1

Umumta’lm adabiyotlar

3793

2

Maxsus adabiyotlar

6612

3

Badiiy  adabiyotlar

806

4

Siyosiy adabiyotlar

319

5

Qo’llanmalar

151

6

Plakatlar

12

7

Statistic to’plamlar

17

8

Qomusiy  lug’at 1-tom

2

9

O’zbekiston albomi

1

 

Jami :

11713