Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori
O’ktamova Gulchexra Azimovna
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba 08:30-17:00
Telefon:
+99891 124-40-49
Elektron pochta:
quvamedical@mail.ru
Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
TARIXI
2009 yil Quva tumanida “Quva tibbiyot kolleji” nomi bilan tashkil etilgan bilim yurti davlatimizning tibbiyot sohasida rivojlanishi uchun hissa qo’sha oladigan ko’plab kadrlarni yetishtirib chiqardi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi”gi PQ-5812-sonli qarori ga asosan va Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Manzili: Farg’ona viloyat Quva tumani, A.Yassaviy ko’chasi 14-uy. Loyiha bo’yicha quvvati 795 o’ringa mo’ljallangan. Hozirgi kunda Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 540 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. 4 yo’nalish: Hamshiralik ishi, Feldsher-akusherlik ishi yo’nalishi, Feldsher laborantlik ishi, Tibbiy profilaktika ishi, yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda.
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlariga javoban, Quva tibbiyot texnikumi jamoasi bu sohadagi ishlarni tizimli tashkil etib kelmoqda, bu borada texnikumimizda yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada munosib ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tadbir tashkillandi.
O‘QUV VA O‘QUV-METODIK ISHLARI
TEXNIKUM KUTUBXONASI
Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 575 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari har bir modul bo’yicha texnikum o’qituvchilari tomonidan elektron darsliklar yaratilgan bo’lib, talabalar ushbu kutubxonada mavjud kompyuterlar orqali ushbu darsliklardan foydalanishlari va turli xildagi tibbiyiotga oid saytlarning rasmiy ma’lumotlari bilan tanishishlari mumkin.