Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Hamshiralik ishi kafedrasi

Bosh sahifa

Hamshiralik ishi kafedrasi

Hamshiralik ishi kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining 2015 - yil 25 aprel kunidagi № 101-X 15 buyrug‘iga  asosan “Hamshiralik ishi nazariyasi va amaliyoti” kafedra   maqomi berildi. 2015 - yil 1 yanvar kunidan boshlab B.A.Haydarova  kafedra mudiri etib tayinlandi.Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona Filialining 2020 - yil 20 avgustdagi 201-k sonli buyrug‘iga asosan “Hamshiralik ishi” kafedrasi tashkil etildi. 2020 - yil 20 avgust kunidan boshlab B.A.Haydarova  kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra shu kundan boshlab Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasining asosiy binosiga joylashtirilib, faoliyat yuritib keladi

Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 
  1. Hamshiralik ishi
  2. Jamoada hamshiralik ishi
  3. Gerantologiyada hamshiralik ishi
  4. Tibbiy psixologiya.Psixiatriya va norkologiyada hamshiralik ishi
  5. Terapiyada hamshiralik ishi
  6. Favqulotda vaziyatlar va shoshilinch yordam
  7. Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi
  8. Xirurgiya va XDJligida hamshiralik ishi
  9. Hamshiralik ishida boshqaruv
  10. Asab kasalligida hamshiralik ishi
  11. Onkologiyada hamshiralik ishi
  12. Menejment
  13. Pediatriya va neonotologiyada hamshiralik ishi
  14. Endokrinologiyada hamshiralik ishi
  15. Sestrinskoe delo (pediatriya yo‘nalishi) yo‘nalishlaridan talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi
Kafedrada magistratura yo`nalishi bo`yicha talabalar taxsil oladi. 
Pediatriya (Xalqaro qo‘shma fakultet)
Xamshiralik jarayoni va terapevtik hamda xirurgik profildagi bemorlarga shoshilinch yordam fanidan Pediatriya yo‘nalishlari talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tiladi. Kafedra uchun  10,5 stavka shtat o‘rin ajratildi. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar katta o‘kituvchi, 8 nafar assistentlar  dars berib kelmoqda.  Kafedra professor -o‘qituvchilari “Axoli orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishda hamshiralarni o‘rni” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra assistentlari I.A.Nurmatova “COVID-19 bilan kasallanganlarda nevrologik o‘zgarishlar” mavzusida, Usmonova G.B. “Tabiiy va suniy oziqlanish bilan rivojlangan bolalarni antropometrik ko‘rsatkichlaridagi o‘ziga xosligi” mavzusida, Mamatalieva J.A.,“Kliniko-epidemiologicheskie osobennosti insulta Ferganskoy daline” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.Ushbu ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha 2024 yilda dissertatsiya ishini yoqlash rejalashtirilgan

 

 

 

 

Haydarova Buzulayho Ahmedovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Xamshiralik ishi” kafedrasi mudiri. 1973-yil 18-sentabrda Farg‘ona viloyati,  Rishton tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy xamshiralik ishi yo’nalishini tamomlagan.Toshkent tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini tamomlagan 2013-yil Xamshiralik ishini boshqarish va tashkillashtirish yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan.Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Xamshiralik ishini boshqarish va tashkillashtirish.  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2008-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchi rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Xamshiralik ishi” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. B.A. Haydarova, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 13 yil, shu bilan birga amaliy tibbiyotda 18 yillik tajribaga ega bo‘lgan hamshira. 2011-yilda “Морфофункциональные основы приспособительных перестроек слизистой оболочки желудка после  тотальной резекции толстой кишки” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 70 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.E-mail: buzulayho.haydarova.73@mail.ruTelefon raqami: +99891 157-03-57

 

 

 

 

Nurmatova Ikboloy Abdulaxatovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Xamshiralik ishi” kafedrasi assistenti vrach pediatr. 1984yil Farg‘ona viloyatida ishchi oilasida tug‘ilgan. 2009-yilda Аndijon Davlat tibbiyot institutini Pediatriya ishi yo‘nalishini tamomlagan. 2011-yil Аndijon Davlat tibbiyot institutini Norkologiya va psixiatriy kafedrasida magistraturani tugatgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-yildan boshlab faoliyat olib boradi, 1992-yilda “COVID-19 bilan kasallanganlarda nevrologik o‘zgarishlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini boshlagan. U o‘zining faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 50 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

 

Egamberdieva Gulnoraxon Nematovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Xamshiralik ishi” kafedrasi assistenti vrach pediatr. 1969-yil Andijon viloyatida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1993-yilda Аndijon Davlat tibbiyot institutini Pediatriya ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1994- yil Аndijon Davlat tibbiyot institutini iternaturani tugatgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020-yildan boshlab faoliyat olib boradi, 2020-yildan “Медико-социальные аспекты репродуктивных нарушений у детей в возрасте с 8-15 лет” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini boshlagan. U o‘zining faoliyati davomida  5 dan ortiq tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi

 

 

 

 

Begijonova Dilfuza Toxirovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Xamshiralik ishi” kafedrasi assistenti vrach pediatr. 1973yil Farg‘ona viloyatida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1998-yilda Аndijon Davlat tibbiyot institutini Pediatriya ishi yo‘nalishini tamomlagan. 1999- yil Аndijon Davlat tibbiyot institutini iternaturani tugatgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020 yildan boshlab faoliyat olib boradi, 2020-yildan “Медико-социальные аспекты летальности детей  с ОРИ в разрезе в городе Ферганы” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini boshlagan.U o‘zining faoliyati davomida 2 ta  maqolalar  va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

 

Mamatalieva Janona Alimjanovna - Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Xamshiralik ishi” kafedrasi assistenti vrach Nevrolog. 1991yil Farg‘ona shahrida Huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan. 2015-yilda Kemerovo Davlat Tibbiyot Akademiyasi Davolash  ishi yo‘nalishini tamomlagan. 2020- yil Аndijon Davlat tibbiyot institutini Nevrologiya   yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020 yil oktyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda, 2021-yil yanvar oyida “Клинико-эпидемиологические особенности инсулта в Ферганской долине” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini boshlagan. U o‘zining faoliyati davomida 3 ta maqola, 7 ta tezis va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.