Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori
Tojieva O‘ktamxon Xurshidovna
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba 08:30-17:00
Telefon:
+99891 147-38-00
Elektron pochta:
kshb@inbox.ru
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
TARIXI
1925 yili Qo‘qon shaxar xalq komissarligining maorif bo‘limi tizimida «Tibbiy xamshiralar va doyalar» tayyorlov kursi sifatida tashkil etilgan. 1936-yili Respublika Sog‘liqni Saqlash xalq komissariyati ko‘rsatmasiga binoan «Feldsherlik-akusherlik maktabi» deb qayta nomlangan. O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1954-yil 29-apreldagi 194-sonli buyrug‘iga asosan «Qo‘qon tibbiyot bilim yurti» deb nomlangan. 1975-yili Qo‘qon tibbiyot bilim yurtiga «Tayanch bilim yurti» maqomi berilgan. Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 29-oktyabr 473-sonli qarori va Farg‘ona viloyat xokimligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining 2004-yil 6 fevral 21-sonli qarori bilan bilim yurtiga «Kollej» maqomi berilgan, 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812 son Farmoni bilan Qo‘qon tibbiyot kolleji tashkil etilgan.
2023 yilning 20 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida Davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-197 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6-sentabrdagi № 222-sonli buyrug‘i asosida Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan.
Manzili : Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Sarboz ko‘chasi 41 uy. Loyiha bo‘yicha quvvati 2680 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2 bosqichda 633 nafar, 1 bosqichda 360 nafar, jami 993 nafar o‘quvchilar taxsil olmoqda.
6 ta yo‘nalish :
“Hamshiralik ishi”
“Farmatsiya ishi”
“Feldsherlik ishi”
“Feldesher laborantlik ishi”
“Stomatologiya ishi”
“Tibbiy–ijtimoiy ish” yo‘nalishlari faoliyat yuritmoqda.
Texnikumda jami 88 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, ulardan 23 nafari umumta’lim, 65 nafari maxsus va kasbiy fan o‘qituvchilaridir.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu-tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mavkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muxabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni taryubiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida retual o‘tkazildi.
Retualda o‘quvchilarni texnikum rahbari O‘. Tojieva bayram bilan tabriklab, 32 yil davomida O‘zbekistonnning erishgan yutuqlari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida yangi O‘zbekistonni bunyod etish borasidagi islohatlar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi” berilganligiga 33 yil to‘lganligi munosabati bilan “O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘QUV VA O‘QUV-METODIK ISHLARI
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘qitish har bir bosqich va yo‘nalishlar uchun quyidagi taqdiqlangan hujjatlar bo‘yicha olib boriladi :
- “Xamshiralik ishi”
- “Feldsherlik ishi”
- “Feldsher-laborantlik ishi”
- “Farmatsiya ishi”
- “Stomatologiya ishi”
- “Tibbiy-ijtimoiy ishlar”
O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidagi Axborot kutubxonasi, barcha sinf xonalari, kompyuter sinflari va “Kelajak fan” xonalari WI-FI internet tarmog‘iga ulangan. Yo‘nalishlar kesimida mavzularga oid o‘quv qo‘llanmalar, multimedia dasturlari, prezitnatsiyalar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv dasturiga asosan o‘quv materiallari to‘plami mavjud.
Bundan tashqari o‘quv xonalari elektron doskalar, videoproektorlar, kompyuterlar to‘plami va smart televizorlar bilan to‘liq jihozlangan, o‘qituvchilar innovatsion texnologiyalarga asoslanib bilim bermoqdalar.
Texnikum kutubxonasi
Axborot kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20-iyundagi PQ 381-sonli qarori hamda Farg‘ona viloyati xokimligi o‘rta maxsus hududiy boshqarmasining 2006 yil 5 iyuldagi buyrug‘iga asosan Axborot resurs markazi tashkil etilgan va faoliyat yuritib kelmoqda.
Kutubxona fondidan maqsadli foydalanish uchun 40 o‘rinli o‘quv qiroatxonasi, kitoblarni saqlash va hizmat ko‘rsatish xonalari mavjud, o‘quvchilar dars tayyorlashlari uchun hamma sharoit yaratilgan.
Kutubxonada 1 ta printer, 1 ta skaner, 10 ta kompyuter mavjud bo‘lib, internet WI-FI ulangan.
Axborot kutubxona markazida Jami fond 23440 dona o‘quv darsliklari, qo‘llanmalar va adabiyotlarni tashkil etadi.
1. Umumta’lim fanlari 7885
2. Maxsus fanlar 10722
3. Badiiy adabiyotlar 2890
4. Siyosiy adabiyotlar 855
5. Elektron darsliklar 120
6. Ilmiy – ommabop adabiyotlar 968 tashkil etadi.
TALABALAR UCHUN SIMULYASION O‘QUV XONALARI TASHKIL QILINGAN
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash maqsadida 6 ta trening xonasi, simulyasiya markazi va 5 ta innovatsion fan xonalari tashkil qilingan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.