Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Bosh sahifa

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

person

Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i

Kimsanboeva Xurmatoy Ismailjanovna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:00

Telefon:
 

+99897 949-77-99

Elektron pochta:
 

interdepartment@fjsti.uz

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limi institutning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib, xorijiy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish maqsadida tashkil etilgan. Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy maqsadi Fargona jamoat salomatligi tibbiyot institutining xalqaro maydondagi imijini oshirish, salohiyatini namoyon etish, shu bilan birga xalqaro hamkorlikning yangi marralariga erishish asosiy maqsad qilib olingan.

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari:

  • • Xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim markazlari, Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limning rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • • Institutimiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining tajriba almashinuvi;
  • • Ilmiy konferensiyalar, seminarlar, onlayn rejimida videokonferensiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi, jumladan, xalqaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatish;
  • • Yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarda ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatish;
  • • Yetakchi xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamkorlik bo‘yicha memorandumlar, kelishuvlarni tayyorlash va imzolash, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish.


Xalqaro hamkorlik boʻlimining faoliyat yo‘nalishlari:

  • • Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
  • • Institut rahbariyati, xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining xorijiy safarlarini uyushtirish;
  • • Xalqaro konferensiya, seminar, vebinar kabi tadbirlarni tashkil etish;
  • • Xorijlik professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish;
  • • Xorijiy talabalar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar bilan ishlash;
  • • Xorijiy delegatsiyalarni kutib olish;
  • • Talabalarga xalqaro stipendiyalar, grantlar va boshqa o‘quv dasturlari to‘g‘risida muntazam ma’lumotlar berib borish;
  • • Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish va o‘z vaqtida ommaga e'lon qilish;
  • • Xorijiy talabalarni institutga jalb qilish;
  • • Xalqaro reyting agentliklari bilan yaqindan ishlash va institutni kelajakda kuchli 1000 talik ro‘yxatidan joy olishini ta‘minlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirish;
  • • Xalqaro tashkilotlar ekspertlari, xorijiy mamlakatlarning OTM professor-o‘qituvchilari va institutimiz ilmiy xodimlar bilan hamkorlikda grantlarda ishtirok etish;
  • • Dunyoning nufuzli professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va rahbar xodimlarning dars mashg‘ulotlari, mahorat darslari, hamkorlikda seminar-treninglar, yozgi maktablarni tashkil etish.