Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Bosh sahifa

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

person

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori

Akbarova Nigora Narimatovna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Сhorshanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 90 566-36-84

Elektron pochta:
 

info@fjsti.uz

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi


Tarixi

Beshariq  tibbiyot kolleji o‘rta-maxsus, kasb xunar ta’limi markazining 2007 yil № 174 sonli buyrug‘iga binoan tashkil etilgan. Talim muassasasi 640 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quvchilar o‘rni va 100 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxonadan tashkil topgan. Ta’lim muassasasida uchta kasblar bo‘yicha   Xamshiralik ishi, Davolash ishi, va Tibbiyot laboranti yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar tayyorlangan.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Beshariq  Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Texnikum Beshariq tumani Oltin Vodiy ko‘chasi 169 uyda joylashgan. Loyiha bo‘yicha quvvati 640 o‘ringa  mo‘ljallangan. Texnikumning ustavi ishlab chiqilib Beshariq tuman xokimi tomonidan tasdiqlanib ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Texnikumda 1 ta 3 qavatli, 1 ta 2 qavatli asosiy o‘quv binolari mavjud bo‘lib, zamonaviy jixozlangan Axborot kutubxona tashkil etilgan.  Texnikumda jami 40 ta o‘quv xonasi mavjud bo‘lib, shundan 30 ta nazariy, 10 ta amaliy  o‘quv xonalari mavjud. Texnikumda jami 8 ta trineng o‘quv xonasi bo‘lib, shundan Xamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta, Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta, Feldsher-akusherlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta, Feldsher-laboratlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta simulyatsion trening o‘quv xonalari tashkil etilgan.

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Kelajak avlodni tarbiyalashda tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta'lim muassasasida "O'quvchi yoshlarni tarbiyalash, ularga bilim berish va ularni kelajakda o’z o’rnini topishlarida yordamlashish "Til millat ko’zgusidir " mavzusida davra suhbatlari olib borildi. Davlat mukofoti bilan taqdirlangan iqtidorli yoshlar va o’quvchi yoshlar o’rtasida uchrashuvlar o’tkazildi.

O‘QUV VA METODIK ISHLARI

Texnikumda o‘qitish har bir kurs va yo‘nalishlar uchun o‘quvchilarga ta‘;im tarbiya berish quyidagi tasdiqlangan meyoriy hujjatlar bo‘yicha olib boriladi.

  • Namunaviy o’quv reja;
  • Ishchi  o’quv reja
  • Malaka talabi;
  • Namunaviy o'quv dasturi;
  • Ishchi o'quv dasturi;
  • Tarmoq talim standartlari;
  • zamonaviy ta'lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys stadiy texnologiyalari va davra usullari)

O'qitish jarayonida quyidagi texnik ta'minotlar mavjud:

Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, bir necha Wi-fi zoanalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar, O'quv dasturiga asosan barcha yo'nalishlar uchun O'quv materiallari to'plami mavjud.

Texnikum kutubxonasi:

Texnikum kutubxonasida ingliz, o'zbek va rus tillaridagi 900 dan ortiq o'quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o'quv qo'llanmalar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va boshqalarni o'z ichiga oladi.

TALABALAR UCHUN SEMULIYATSION O'QUV XONALARI TASHKIL QILINGAN