Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Bosh sahifa

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

person

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Xaydarov G’ulomnazr Ortiqovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+99890 585-77-50

Elektron pochta:
 

fargona2tibbiyot@gmail.com

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


TARIXI
2-Farg‘ona tibbiyot kolleji O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlas'h vazirligining 1982 yil 16 iyuldagi №874-sonli buyrug‘iga  asosan Marg‘ilon tibbiyot bilim yurti filiali sifatida ochilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1983 yil 9 sentyabrdagi 552-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1983 yil 29 maydagi 692-sonli buyrug‘iga asosan Mustaqil Farg‘ona shaxar tibbiyot bilim yurtiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 14 avgustdagi 338-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar tahlimi markazining  2002 yil 30 noyabrdagi 327-sonli buyrug‘iga asosan 2-Farg‘ona tibbiyot kolleji maqomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional tahlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PF-5812-son Farmoniga asosan o‘rta profesional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejga aylantirildi. Kollejning asosiy o‘quv binosi 3 qavatli kompleks binodan iborat bo‘lib, 2 qavatli yo‘ldosh bino bilan jipslashgan, loyihaviy quvvati 1200 o‘ringa mo‘jallangan, real o‘rinlar soni 1350 tashkil etadi. Bundan tashqari 2  qavatli ma’muriy bino va  100 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi,  60 o‘rinli oshxona,  200 o‘rinli majlislar zali va  162 m2  bo‘lgan sport zal , hamda ochiq sport inshotlari mavjud. Kollejda 42 ta nazariy,31 amaliy o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Farg‘ona shahri va viloyatda joylashgan 31 ta davolash profilaktika muassasalari bilan malakali kadrlar tayyorlash va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkillash yuzasidan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan hamda samarali ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Manzili: Farg’ona shaxar S.Temur ko’chasi 65-A uy. Loyiha bo’yicha quvvati 1200 o’ringa mo’ljallangan. Hozirgi kunda 2-son Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 676 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Texnikum 4 yo’nalish faoliyat yuritmoqda Hamshiralik ishi, Feldsher ishi yo’nalishi,  Stomatologiya, Tibbiy ijtimoiy ish yo’nalishlari mavjud.

O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI

O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat ta`lim standarti;
– Namunaviy o’quv dasturi;
– Ishchi o’quv dasturi;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, bir necha Wi-fi zoanalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud.
Texnikum kutubxonasi:
Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 39 mingdan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan 2-son Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida “O’zbek tiliga davlat tili maqomi” berilganligiga 33 yil to’lganligi munosabati bilan “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda texnikum ichki nazorat inspektori E.Mo’ydinov O’zbek tili tarixiga alohida to’xtatib: Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.​