Akusherlik va ginekologiya kafedrasi

“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tarixi
“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi 2022 yil 5 sentyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti qarori asosida tashkil etilgan. Kafedrada jami 14 nafar xodim faoliyat yuritadi: 5 nafar assistent asosiy ish joyida, 9 nafar xodim esa Viloyat Perinatal markazining oliy toifali shifokorlari bo‘lib, tashqi o‘rindoshlik asosida dars jarayonlariga jalb etilgan.
Kafedra faxriylari

SIDDIQOV Obidjon Siddiqovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
1994–199 yillarda Klinik (Jarrohlik) fanlar kafedrasi mudiri
Mazkur kafedra tashkil etilishidan avval “Akusherlik va ginekologiya” bo‘limi “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Ushbu yo‘nalishdagi kafedralar tarixi oliygohning shakllanish va rivojlanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq: 1994 yilda “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilib, 1994–1996 yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor O.S. Siddiqov rahbarlik qilgan. 1996 yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasi bilan birlashtirilib “Klinik fanlar” kafedrasi tashkil etilgan (1996–1998 yillarda U.T. Sodiqov mudir). 1998 yildan “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi qayta tashkil etilib, 1998–2002 yillarda yana professor O.S.Siddiqov rahbarlik qilgan.

2002–2015 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori B.B. Mirzaev mudirlik qilgan.

2016 yilda “Umumiy jarrohlik va patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etilib, O.M. Umarov mudir etib tayinlangan.

tibbiyot fanlari nomzodi R.M. Shermatov
2016 yil 2 sentyabrdan jarrohlik yo‘nalishidagi kafedralar birlashtirilib, “Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasi shakllantirilgan hamda tibbiyot fanlari nomzodi R.M. Shermatov rahbar etib tayinlangan. Kafedra klinik bazasi sifatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘limlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Yusupova Rano Turdiyevna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
1994–2019-yillarda kafedra dotsenti

Suyarkulova Madxiya Erkinovna
Tibbiyot fanlari nomzodi. 2022 yildan buyon kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1965 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda Andijon davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” yo‘nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyat tug‘ruq uyida shifokor sifatida boshlagan (1988–1989), 1998–2012 yillarda ushbu muassasada turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan hozirgacha Farg‘ona viloyat perinatal markazi bosh shifokori. 2010 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida pedagogik faoliyat olib borib, “Jarrohlik” kafedrasida assistent, 2017 yildan “Hamshiralik ishi nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida assistent, 2021 yildan “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2021 yilda “Muddatidan oldingi tug‘ruqlar profilaktikasida perinatal yordamni takomillashtirish, uning reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirishdagi samaradorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Русский
English