Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Prorektorlar

Bosh sahifa

Prorektorlar

person

O`quv ishlar bo`yicha prorektor v.b.

Boltaboyev Ulug`bek Abdusalimovich

Qabul vaqti:
 
Dushanba-Chorshanba 09:00 dan 12:00 gacha

Telefon:
 
+99891659-23-60

Elektron pochta:
 
info@fjsti.uz

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog’liqni saqlash xamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklarining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
  • Institut tuzilmasi bo’yicha o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysinuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv-uslubiy, ilmiy  va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;
  • Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining sog’liqni saqlash  va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, fakulьtet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O’qitishning zamonaviy texnik vositalar asosida xamda chet tillarida o’tilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Axborot resurs markazini zamonaviy o’quv adabiyotlari, majmualari, darsliklari xamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;
  • O’quv va ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil etish, institut uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Talabalarning ishlab-chiqarish amaliyoti o’tishini ta’minlash va uni nazorat qilish;
  • O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini institut pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Institut fakulьtet, kafedra va bo’limlarining o’quv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida xisobot berish;
  • Bakalavriyat talabalarning Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o’tkazilishini nazorat qilish;
  • Institutni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo’naltirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazilishini nazorat qilish;
  • Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha “Ishchi o’quv reja”, “Ishchi o’quv dastur”, “O’quv jadval” va “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
  • Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish;
  • Institut professor-o’qituvchi va hodimlarining malakalarini oshirishlari bo’yicha malaka oshirish institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish;
  • Talabalarga stipendiyalar tayinlanlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligini va xolisonaligini ta’minlash;
  • Talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;
  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar  orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipndiyasi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo’sh lavozimlarga pedagolarni tanlov asosida ishga qabul qilish  va magistr darajasiga ega bo’lgan shaxslarni institutda ishlash uchun olib qolish bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan to’ldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar  ishlab chiqish;
  • Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo’llash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo’yicha rektorga takliflar kiritish;
  • Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • Fakulьtet va kafedralar va bo’limlarning yillik faoliyati bo’yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferentsiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash;
  • O’rnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Institutni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish, Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi tomonidan institut faoliyatini attestatsiyadan o’tkazishga tayyorlash va unda faol ishtirok etish;
  • Institut rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Institut Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

   Boltaboyev Ulug’bek Abdusalimovich – tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda. 1975-yil 15-dekabrda Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Vodil shaharchasida tug’ilgan. 1998-yil 2-Toshkent davlat tibbiyot institutining Farg’ona filialini “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Umumiy amaliyot shifokori Hozirda O’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U.A. Boltaboyev ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyb 23 yil davomida ishlab kelmoqda. 2019-yilda “Poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini optimallashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha Falsafa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 25  dan ortiq maqolalar, 2 ta scopus, 40 dan ortiq tezislar, 1 ta monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanma chop etgan.

person

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor v.b.

Kadirova Munira Rasulovna

Qabul vaqti:
 
Payshanba 9:00 dan 12:00 gacha

Telefon:
 
+99890631-62-58

Elektron pochta:
 
munirakadirova84@gmail.com

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
  • Institut tuzilmasi bo’yicha ilmiy ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysinuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Institutda ilmiy izlanish ishlarni tashkil etish va yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Institutda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Institutda ilmiy izlanishning zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ilmiy izlanish ishlari bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Fakulьtetlar, kafedralar va bo’limlarning ilmiy yo’nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Institut fakulьtet, kafedra va bo’limlarining ilmiy yo’nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida xisobot berish;
  • Institutning ilmiy muammolar xay’atlari va ilmiy innavatsion guruxlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • Institut bo’yicha katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlarini shakllantirish va nazorat qilish xamda ularning faoliyatlari yuzasidan muntazam ravishda institut rektoriga va kengash yig’ilishlarida xisobot berib borish;
  • Yuqori ilmiy saloxiyatga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning Ilmiy maktablarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish;
  • Institutda fan olimpiadalarini, jamiyat va tibbiyotning ustivor muammolariga bag’ishlangan ilmiy – tematik seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil qilish va o’tkazish, Respublika va Xorijiy mamalakatlarda o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda institut vakillarining ishtirokini ta’minlash;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi, Instellektual mulk agentligi va Davlat patent idoralari bilan muntazam ravishda xamkorlik aloqalarini o’rnatish, institut ilmiy xodimlarining grantlar va xo’jalik shartnomalari bilan ishlashiga uslubiy-amaliy yordam ko’rsatish;
  • Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining ilmiy yo’nalishi bo’yicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib borish ishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar  orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipndiyasi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayoninida ishtirok etish;
  • Kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Tayanch oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institut va markazlari bilan ilmiy-amaliy yo’nalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;
  • Mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko’rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo’yicha rektorga takliflar kiritish;
  • Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
  • Institut rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Institut Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

  Kadirova Munira Rasulovna- pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori. Farg’ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti „Pedagogika va jismoniy madaniyat“ kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan. 1984-yil 23-noyabrda Farg’ona viloyati, Quvasoy shahar, Do’slik shaharchachasida tug’ilgan. 2006 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika fakultetini (bakalaviriat) tamomlagan. 2009 yil Farg’ona davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: PedagogikaFarg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2009-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra o’qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.M.R.Kadirova, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 15 yil davomida ishlab kelmoqda. 2018-yilda “Модернизация развития творческой активности студентов при изучение иностранного языка в неязыковом вузе” mavzusida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.U o‘zining faoliyati davomida 50  dan ortiq maqolalar, 2ta scopus, 70 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanma, darsliklar chop ettirgan.

person

Davolash ishlari bo`yicha prorektor

Yuldashov Fayzulla Yuldashevich

Qabul vaqti:
 
Dushanba-Shanba 08:30-16:30

Telefon:
 
+99890277-00-87

Elektron pochta:
 
info@fjsti.uz

    Yuldashov Fayzulla Yuldashevich  1956 yilda tug‘ilgan, millati tojik. 1978 yil Qirg‘iziston Davlat tibbiyot institutini Davolash ishi yо‘nalishini tamomlagan. Diplom bо‘yicha ixtisosligi – Davolash ishi shifokori (G-I № 297337, 20 iyun 1978 yil). 1992 yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1998 yildan buyon tibbiyot fanlari doktori. Doktorlik dissertatsiyasini 1998 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti huzuridagi №D.087.09.01 Ixtisoslashgan Kengashda «Zabolevayemost mochekamennoy boleznyu v Uzbekistane i puti yeyo snijeniya» mavzusida 14.00.40 – Urologiya (Diplom 04 № 000887, 15 aprel 1999 yil) ixtisosligi bо‘yicha himoya qilgan. Umumiy ish staji 44 yil, ilmiy va pedagogik ish staji 30 yil, shu jumladan, pedagogik ish staji 20 yil, kafedra professori lavozimida 8 yildan buyon ishlab kelmoqda.

1976-1978 yy. - Qirg‘iziston SSR Respublika klinik shifoxonasi shifokori 1978-1979 yy. - Qirg‘iziston SSR Frunze shahar shifoxonasi vrach interna, 1979-1981 yy. - Qirg‘iziston SSR Frunze shahar shifoxonasi xirurg urologi 1981-1981 yy. - Farg‘ona tо‘qimachilar korxonasi shifoxonasi poliklinikasi urologi 1981-1998 yy. - Farg‘ona viloyat shifoxonasi urolog vrachi, 1998 – 1999 yy. - Farg‘ona viloyat urologiya markazi direktori, 1999 y – 2003 yy.- Farg‘ona viloyat shoshilinch tibbiy yordam  markazi direktori 2003 y – 2005 yy.- Farg‘ona viloyat hokimligining sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, 2005 y – 2008 yy. - OOO “MDS Yuldashev” klinikasi urolog vrachi 2008 y – 2009 yy. OOO “MDS Yuldashev” klinikasi bosh vrachi, 2009 y – 2018 yy. OOO “MDS Yuldashev” klinikasi direktori, 2018 y – x.v. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Travmatologiya, akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, 2022 y – 2023 yy. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Urologiya va onkologiya kafedrasi mudiri, 2023 y – x.v. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishlari bо‘yicha prorektor. FJSTI kо‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori.  Zamonaviy о‘qitish usullaridan, yangi pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Yuldashov Fayzulla «Urologiya», «Jarroxlik kasalliklari», “Nefrologiya” fanlari Namunaviy dasturi asosida Ishchi dasturlar, о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar, ma’ruza matnlari va о‘quv uslubiy majmualar ularning multimediya shakllarini tayyorladi. F.Yuldashov Davolash ishi yо‘nalishining 4 kurs talabalariga “Siydik yо‘li kasalliklari, muammolar va yechimlar”, “Siydik yо‘llari infeksiyalari” mavzusida о‘tkazilgan ochiq seminar mashg‘uloti (kafedra  15.12.2022 yil 5-sonli bayonnomasi), "Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi" mavzusida ochiq dars (kafedra 09.02.2024 yil 8-sonli bayonnomasi) mavzularida ochiq darslar tashkil etgan. Ma’ruzalarining prezentatsiyalari kafedra о‘quv-uslubiy majmuasiga kiritilgan va barcha talabalar foydalanmoqda. 2024-2025, о‘quv yilida Davolash ishi yо‘nalishining 4 bosqich talabalariga “Urologiya” fanidan 126 soat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni, Urologiya mutaxassisligi klinik ordinatura 1,2 bosqich ordinatorlariga “Nefrologiya”, “Urologiya”, “Andrologiya” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib bormoqda. 2022 yildatibbiyot oliygoxlarining talabalari, klinik ordinatorlar va UASH shifokorlari uchun “Urologiya” nomli о‘quv qо‘llanmasini chop etdi. 2024 yilda tibbiyot oliygoxlarining talabalari, klinik ordinatorlar va UASH shifokorlari uchun“Urololiya” nomli darsligini chop yettirdi. 2024 yilda “Media о‘qitish usullaridan foydalangan holda xirurgik fanlarni о‘qitish” nomli xamda “Tuxumdon saratonini assitik variantini davolashda gipertermik introperitoneal ximioterapiyaning axamiyati” mavzularida monografiyalar chop etdi. F. Yuldashov tomonidan “Urologiya” fanidan о‘quv-uslubiy majmuasi tibbiyot oliy о‘quv yurtlari uchun joriy etilgan qо‘llanmalari chop etildi. F.Yuldashov mashg‘ulotlarda «Assesment», «Retro, Now, Future», «SWOT», «Tushunarli tahlil», «Nima uchun?» kabi interfaol usullarni keng qо‘llaydi. Har yili о‘quv yuklamasini tо‘liq bajaradi.

     F.Yuldashov Urologiya fanidan ishchi о‘quv dasturlarni, о‘quv – uslubiy majmualarni tuzib keladi. Institut kengashlarida faol ishtirok etib kelmoqda Kafedra professori sifatida ta’lim samaradorligini oshirish bо‘yicha qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda, jumladan Rossiyaning Pavlov nomidagi Sankt Peterburg davlat 1-tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasining yetakchi olimlari bilan hamkorlikda master – klasslar, ma’ruzalar olib borishmoqda. 2021 yil 2 martdan 30 martgacha Andijon davlat tibbiyot institutida 144 soatli malaka oshirishgan (Sertifikat MO № VMOQTF 000897, reg.№000897). 2023 yil oktabr oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi xuzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida  288 soatga mо‘ljallangan malaka oshirish kursini “Davolash ishi (Xirurgiya) yо‘nalishida muvaffaqqiyatli bitirdi. (Sertifikat MA № 054727, reg.№9017). Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Yuldashov Fayzulla Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kengashi 2022 yil 30 noyabrdagi 327/1 sonli bayonnomasiga asosan Dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlangan. Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Yuldashov Fayzulla Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  Ilmiy Kenashi Qaroriga kо‘ra (2022 yil 20 oktabr №3 sonli bayonnomasi) FJSTI Faxriy professori diplomi bilan taqdirlangan.

        Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda F. Yuldashov tomonidan 2020 – 2021 о‘quv yilida tashkillashtirilgan tadbirlarda  yangi qabul qilingan guruhlarida Mustaqillik shukronasi mavzusida ma’ruza mashg‘ulotini olib boradi. 4.10.2020 yilda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan ana’naga aylanib borayotgan 1 – bosqichga qabul qilingan talabalar uchun о‘tkazilgan “Talabalika bag‘ishlov” qasamyodi tadbirining qatnashchisi. Tashrif buyurgan mehmonlar uchun filial о‘quv jarayonidan lavhalar, dorivor о‘simliklar hamda milliy yarmarka tashkil qilishni tashkillagan. 10.01.2021 yilda “Millatlar totuvligi va bag‘ri kenglik fuqorolar hamjihatligining asosi” mavzusida davra suhbati tashkilladi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida filial talabalari va viloyatdagi maktab va kollejlarda tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan va tashkillagan. 2021 yil 24 oktabr kuni bо‘lib о‘tgan Prezidenlik saylovida Toshloq tumaniga mas’ul etib tayinlangan.

      F. Yuldashov Urologiya fanidan kafedra xodimlari, Davolash ishining 4 kurs talabalariga “Siydik yо‘li kasalliklari, muammolar va yechimlar”, “Siydik yо‘llari infeksiyalari” mavzusida о‘tkazilgan ochiq seminar mashg‘uloti (kafedra  15.12.2022 yil 5-sonli bayonnomasi), "Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi" mavzusida ochiq dars (kafedra 09.02.2024 yil 8-sonli bayonnomasi) mavzularida ochiq darslar tashkil etgan.  F.Yuldashov institutning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirishda va bajarishda faol qatnashadi. 2021-2022 yillar uchun mо‘ljallangan “CoCr asosli tibbiy materiallarni termik va elektrokimyoviy ishlov berilgandan sо‘ng mexanik xususiyatlari va biologik moslashuvchanligini о‘rganish” nomli amaliy loyihasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. F. Yuldashov Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Urologiya yо‘nalishi klinik ordinatorlari va magistrlari Ergashev Dilshod, Sharifova Elzara, Ahmedov Qodirxon, Yuldashev Rustam, Egamberdiyeva Gulchehralarga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan. Yuldashev Fayzulla Yuldashevich FJTIda oliy ta’limdan keyingi ta’limga talabgorlarni saralab olish,ularni monitoringdan о‘tkazish kabi faoliyatlarda xam muxim rol о‘ynaydi.

      2024 yildan FJSTI ta’sissligidagi “Klinik va profilaktik tibbiyot” ilmiy jurnalining taxrir kengashi a’zosi xisoblanadi. Fayzulla Yuldashov 2010 yildan FJSTI Kengash a’zosi. 2007 yildan 2012 yilgacha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash a’zosi.Yuldashev Fayzulla Yuldashevich Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xuzuridagi PhD.04/02.07.2024.Tib. 122.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning (14.00.07 - «Gigiyena»; 14.00.43 - «Profilaktik tibbiyot»)  raisi xisoblanadi. Yuldashev Fayzulla Yuldashevichning bevosita ilmiy raxbarligida 2004 yilda talabgor Saydaliyev Sultongozi Sotvoldiyevich “Organizatsiya i optimizatsiya ekstrennoy xirurgicheskoy pomoshi, effektivnost novix texnologiy pri lechenii xirurgicheskix bolnix” mavzusida 14.00.27-Xirurgiyab 14.00.33 – ijtmoiy gigiyena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ixtisosliklari bо‘yicha xamda Shadmanov Mirzamaxmud Alisherovich 2018 yilda “OIV-Assotsirlangan siydik yо‘llari infeksiyasi (tarqalishi, klinik kechishi, farmakoepidemiologiyasi va davolashning optimal yо‘llari)” mavzusida 14.00.31 –Urologiya bо‘yicha tibbiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalarini ximoya qildilar.

      Bundan tashqari t.f.d. Yuldashov F. Oliy ta’limdan keyingi bosqichda, xususan ilmiy darajalar ximoya jarayonlarida xam faol ishtirok etadi. “14.00.31-Urologiya” ixtisosligi bо‘yicha “Uretraning bulbar-membranoz qismi obliteratsiyasini endoskopik davolash” mavzusidagi tibbiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga davogar M.M. Baxadirxanovning, “Chreskojnaya punksionnaya nefrostomiya pri oslojnenix formax supravezikalnoy obstruksii u detey” mavzusidagi 14.00.35-“Bolalar xirurgiyasi” ixtissosligi bо‘yicha tibbiyot fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun Sattorov Xurshid Amanovichning va “Tibbiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani tashkil etish metodikasini takomillashtirish (urologiya fani misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot fanlari) pedagogika fanlari bо‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  Shodmonov Mirzamaxmud Alisherovich tomonidan yozilgan dissertatsiya ishiga rasmiy opponent bо‘lgan.

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali  dotsenti F.X.Rasulov va katta о‘qituvchisi S.Yulchiyevalar tomonidan tayyorlangan “Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: stafilokokklar, streptokokklar, kо‘k yiring tayoqchasi keltirib chiqaruvchi yiringli kasalliklarning laboratoriya tashxisi”, “Jarohat infeksiyalari: qoqshol va gazli gangrena qо‘zg‘atuvchilari xarakteristikasi va laboratoriya tashxisi”, “Havo-tomchi infeksiyalari: pnevmokokk, meningokokk, klebsiyella, bо‘g‘ma, kо‘kyо‘tal va legionellalarga xarakteristika, ular keltirib chikargan kasalliklarni tashxisi”, “Havo-tomchi infeksiyalari: tuberkulyoz, moxov, aktinomikoz qо‘zg‘atuvchilariga xarakteristika. Ular qо‘zg‘atgan kasalliklarni laboratoriya tashxisi”, “Ichak infeksiyalari: ichak tayoqchasi va iyersiniyalar keltirib chiqargan kasalliklar xarakteristikasi va laboratoriya tashxisi” mavzusidagi о‘quv – uslubiy qо‘llanmalarga taqrizlar bergan.

        О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda har yili о‘tkazilib kelinayotgan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi qо‘shma ilmiy amaliy anjumanning Tibbiy biologik fanlar shо‘basida iqtidorli talabalari bilan birgalikda tezislari bilan qatnashib kelgan.

      2023 yil 3-4 oktabr kunlari Farg‘ona shaxrida tashkil etilgan О‘zbekiston urologlar jamiyatining 3 simpoziumini tashkil etish muxim rol о‘ynadi. Fayzulla Yuldashov rahbar olim va pedagog sifatida о‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan, u о‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar va boshqa xodimlar hurmatiga sazovor xodimdir. Shuningdek, kо‘p yillik samarali va halol mehnati hamda о‘z xizmat vazifasiga bо‘lgan sadoqati uchun 2021 yilda “О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

     Jami bо‘lib 90 ta ilmiy ishlari bor, jumladan: 2 ta ratsionizatorlik taklifi, 2 ta monografiya, 1 ta darslik,  7 ta uslubiy qо‘llanma, 3 ta uslubiy tavsiyanoma, 8 ta о‘kuv uslubiy qо‘llanma, 1 ta ilmiy ommabop kitob hamda xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan maqolalar va tezislar muallifi.

person

Ishlar boshqarmasi boshlig`i

Iriskulov Ulugbek Xosiyatkulovich

Qabul vaqti:
 
Dushanba-Shanba 09:00-12:00

Telefon:
 
+99898128-72-67

Elektron pochta:
 
fmioz@mail.ru

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ishlar boshqarmasi to’g’risida Nizom, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Ma’muriy-xo’jalik boshqarmasi to’g’risida Nizomlarga asosan faoliyatini tashkil etish;

Institut tuzilmasi bo’yicha ishlar boshqarmasi boshlig’iga  bo’ysinuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

Institutda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida o’qitishning zamonaviy texnik vositalari yordamida o’tilishini tashkil etish xamda bino-inshootlar, o’quv xonalari, auditoriyalar, o’quv laboratoriyalar va ma’ruza zallarini joriy va kapital ta’mirlash masalalari bo’yicha rektorga takliflar kiritish va ishlarni tashkil qilish;

Institutning moddiy qimmatliklar va texnik vositalarga, yoqilg’i-moylash materiallariga bo’lgan extiyojlarini aniqlash, taxlil qilish xamda xarid qilish yuzasidan rektorga takliflar kiritish;

Institutda mexnatni muxofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika va yong’in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

Ishlar boshqaruvchisiga tasarrufidagi bo’limlar bo’yicha mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko’rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo’yicha rektorga takliflar kiritish;

Institut moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, institut xududi, bino-inshootlarida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;

Institut xududi, bino-inshootlari va talabalar turar joylarida kommunal xizmat turlarining barqaror ishlashini ta’minlanish;

Institutning yordamchi xo’jaliklari va madaniy dam olish maskanlari faoliyatini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish;

Institut xo’jalik faoliyatini barqaror ishlashini ta’minlash, qora, rangli metal, makulatura rejasini bajarilishini ta’minlash;

Institut bino-inshootlari, talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;

Institutning barcha binolari va talabalar turar joylarida texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi xodimlarining navbatchilik jadvallarini tuzilishini tashkil qilish va nazoratni amalga oshirish;

Institutning xo’jalik-boshqaruv ishlari bo’yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;

Institut rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko’rib chiqish;

1972-yilda Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 2014-2017 yillarda O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va suv xo‘jaligi vazirligi  «O‘zsuvenergo»   Birlashmasi   18-son  Qurilish   korxonalari birlashgan  direksiyasi  Davlat unitar korxonasi,  Qurilish  jarayoni texnik nazorati va ishlarni qabul qilish bo‘limi bosh mutahassisi, 2017-2022 yilga qadar “O‘zbekgidroenergo”AJ  tizimidagi “1-son Qurilish direksiya” Unitar korxonasi TNvaIQQB bosh mutahassisi, 2022-yildan  xozirga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.

person

Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor

VAKANT

Qabul vaqti:
 
Dushanba- Shanba 09:00 dan 12:00 gacha

Telefon:
 
+998911234567