Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasi

Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan. Kafedraning o‘quv-klinik bazasi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali dispanser bo‘limida joylashgan.
2025–2026 o‘quv yilida kafedrada jami 15 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 3 nafari professor-o‘qituvchi, 1 nafari dotsent, 1 nafari katta o‘qituvchi. Xodimlarning 7 nafari asosiy ish o‘rnida, 8 nafari esa tashqi o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. Kafedraning asosiy stavkalar hisobidan ilmiy salohiyati 57 foizni tashkil etadi. Ichki va tashqi o‘rindoshlarni ham inobatga olganda, bu ko‘rsatkich 27 foizni tashkil etadi. 2025–2026 o‘quv yilida kafedraning 2 nafar xodimi (Yoqubov F.F. va Abduvaliyev B.Sh.) PhD (falsafa doktori) ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish uchun hujjat topshirishga erishildi. Kafedraga 2024-yildan buyon t.f.n., professor Siddikov A.A. rahbarlik qilib kelmoqda.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori. Akmal Siddikov 1987-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — pediatr. Tibbiyot fanlari doktori (DSc). 2013-yilda Edinburg universiteti klinikasida dermatologiya va dermatoonkologiya yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda klinik amaliyot bo‘yicha tajribasini oshirgan. 2014-yilda Bonn universiteti klinikasida dermatologiya va dermatopatologiya bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribasini kengaytirgan. 2015-yilda Chexiya Respublikasining Plezen shahridagi universitet klinikasida dermatopatologiya va dermatoonkologiya yo‘nalishlarida ilmiy va klinik tajribaga ega bo‘lgan. 2012-yildan buyon Yevropa Dermatologiya va venerologiya akademiyasining to‘liq a’zosi, 2013-yildan buyon esa Yevropa dermatologik tadqiqot guruhi (EDRG)ning to‘liq a’zosi. Rossiya va Yevropaning nufuzli ilmiy jurnallarida 80 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi va hammuallifi. Shuningdek, dermatologiya, dermatopatologiya va dermatoonkologiya sohalarida 6 ta ixtiro, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta federal klinik tavsiyanoma, 5 ta monografiya hamda 2 ta uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan. 2014-yilda Sankt-Peterburg viloyatida joylashgan universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh olimlari hamda fan nomzodlari uchun mukofot sovrindori bo‘lgan. 2018-yilda fan va innovatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha Prezident mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. 2019-yilda Maykl Xornshteyn nomidagi Yevropa Dermatologiya va venerologiya akademiyasi mukofoti sovrindori.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar DSc fan doktori (Siddikov A.A), 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent va 2 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Yoqubov F.F Abduvaliyev B.SH) ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb falsafiy masalalarini o‘rganish, shuningdek O‘zbekiston davlatchiligi tarixi va uning turli jihatlarini ilmiy tahlil qilish yo‘nalishlarida olib borilmoqda.

Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasida ham kafedra mudiri rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Kafedra xodimlari muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib borib, kasbiy bilim va ilmiy salohiyatini oshirishga intiladilar. Ilmiy faoliyat natijalari ilmiy maqolalar, tezislar, uslubiy tavsiyalar va amaliyotga tatbiq etiladigan takliflar ko‘rinishida rasmiylashtirilib, ta’lim jarayoniga hamda klinik amaliyotga joriy etib boriladi.

Kafedraning o‘quv va o‘quv-metodik ishlari
Kafedrada 3–4-bosqich davolash fakulteti, 3-bosqich stomatologiya fakulteti, 4-bosqich tibbiy profilaktika fakulteti hamda 4-bosqich xalqaro (international) guruh talabalari “Dermatovenerologiya va allergologiya” moduli dasturi asosida tahsil oladilar. Shuningdek, kafedrada 24 ta klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha rezidentlar (klinika ordinatorlari) o‘qitiladi.

-
kvalifikatsion xarakteristika;
-
davlat ta’lim standarti;
-
o‘quv dasturi;
-
o‘quv ishchi dasturi;
-
O‘zbekiston Respublikasi SSVning №80-son buyrug‘i asosida kiritilgan o‘zgartirishlar;
-
tasdiqlangan tashxis standartlari;
-
xalqaro tavsiyalar.


-
Prezident Sh.M. Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarini o‘rganish;
-
yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalash;
-
talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
-
siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
-
mamlakatda va dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy hamda madaniy voqealar haqida talabalarni o‘z vaqtida xabardor qilib borish;
-
kafedra yo‘nalishiga mos to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
-
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi”;
-
“Yomon odatlarga qarshi kurashish”;
-
“COVID-19 va profilaktika choralari”.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati “Dermatoskopiya” va “Yosh trixolog” nomli talabalar ilmiy to‘garaklari orqali yo‘lga qo‘yilgan. To‘garak a’zolari Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan xalqaro va respublika miqyosidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Mazkur to‘garaklarda talabalar dermatovenerologiya va allergologiya sohasidagi dolzarb muammolar hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlab, respublika tanlovlarida muntazam qatnashib kelmoqdalar. To‘garaklar faoliyati ushbu yo‘nalishlarga qiziquvchi barcha talabalarni qamrab oladi. A’zolar erishgan yutuqlari uchun rag‘batlantirilib, kafedra bilan hamkorlikda samarali ilmiy muhitda izlanish olib bormoqdalar.
Ilmiy to‘garak: “Dermatoskopiya”, “Yosh trixolog.”“Dermatoskopiya” va “Yosh trixolog” ilmiy to‘garaklarida 30 nafardan ortiq talaba faol ishtirok etmoqda. Har bir talaba kafedra assistentlariga biriktirilgan bo‘lib, ular o‘rtasida “ustoz–shogird” an’analari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra yig‘ilishlarida talabalar ilmiy ish mavzularini tanlash, tadqiqot metodikasini o‘rganish, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ilmiy hisobot yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallab bormoqdalar. Shuningdek, talabalarning notiqlik (oratorlik) mahoratini rivojlantirish maqsadida ularning ilmiy ishlari bo‘yicha taqdimotlar tashkil etilib, muhokama va tahlillar o‘tkazilmoqda. Kafedra mudiri hamda mas’ul o‘qituvchilar tomonidan iqtidorli talabalar uchun ilmiy mavzular shakllantirilgan bo‘lib, talabalar tezislar, maqolalar va ilmiy hisobotlarni muntazam tayyorlab borishmoqda. To‘garak a’zolari hozirgacha o‘tkazilgan xalqaro va respublika olimpiadalari hamda konferensiyalarda faol qatnashib, ijobiy natijalarga erishib kelishmoqda.Bundan tashqari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasi to‘garak a’zolari xalqaro hamda respublika OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy rahbarlari bilan hammualliflikda maqolalar chop etib kelmoqdalar.

Kafedraning xalqaro hamkorlik faoliyati
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dermatologiya yo‘nalishida xalqaro ilmiy aloqalar, avvalo, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar orqali yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2022-yilda Farg‘onada “Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiyada diagnostika va davolashda yangi texnologiyalarning rivojlanishi” mavzusida II-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilib, unda mahalliy va xorijiy mutaxassislarning tajribasi hamda ilmiy natijalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan. 2024-yilda esa mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik kengaytirilib, Farg‘onada IV-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilgan va anjuman materiallari ilmiy ishlar to‘plami ko‘rinishida nashr qilingan. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi SSV, FJSTI, Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda O‘zbekiston dermatoonkopatologlari, dermatoskopistlar va kosmetologlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgani qayd etilgan.

Konferensiya materiallarida xorijiy ilmiy maktablar vakillarining ishtiroki ham aks etgan: masalan, Qozog‘iston (Astana tibbiyot universiteti) hamda Rossiya (Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti – Moskva) bilan ilmiy hamkorlik doirasida taqdim etilgan tezis va ma’ruzalar mavjud.


Русский
English