Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Rektor

Bosh sahifa

Rektor

person

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori

Sidikov Akmal Abdikaxarovich

Qabul vaqti:
 

Seshanba:09:00 dan 12:00 gacha

Telefon:
 

+99895302-23-45

Elektron pochta:
 

info@fjsti.uz

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog’liqni saqlash xamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklarining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan, yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Institut tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, institutning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish va ishga qabul qilish; 
  • Xodimlar va talabalarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muxofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
  • Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish kontsetsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalar ongida milliy g’oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura, klinik ordinatura, malaka oshirish va qayta tayyorlash kursantligiga hamda katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarni institutga qabul qilish, intizomiy jazo choralari qo’llash, o’qishdan chetlatish va qayta tiklashni amalga oshirish;
  • Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Fakulьtetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Institutda mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasasi Kengashi, vasiylik hamda ixtisoslashgan kengashlarga rahbarlik qilish;
  • Oliy ta’lim muassasasining Ustavini tasdiqlash hamda institut tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish, o’zgartirish va tugatish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
  • Institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar hamda topshiriqlar chiqarish;
  • Prorektorlarning aniq majburiyatlari va masu’lligini  belgilash;
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda professor-o’qituvchilar, xodimlar va ilmiy pedogog xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat ta’tillari berish, xizmat safarlariga yuborish xamda ishdan bo’shatishni amalga oshirish;
  • Institutning Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari, “Kiyinish madaniyati to’g’risida”gi Nizom, “Talabalar turar joyi” Nizomi va boshqa ichki me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash;
  • Xodimlarning mexnatini, ta’lim oluvchilarning o’qishini tashkil etish, o’qish sifatini oshirish xamda mexnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun xujjatlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarda, mexnat shartnomasida, to’lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo’yicha kontraktda ko’zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat Kodeksiga muvofiq kasaba uyushma qo’mitalari bilan jamoa shartnomalarini tuzish;
  • Xodimga u bajargan ishi uchun belgilangan mexnatga xaq to’lash shartlariga muvofiq o’z vaqtida va to’liq xajmda xaq to’lash xamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
  • Mexnat, ijro va o’quv intizomini,mexnatni muxofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
  • Qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibga muvofiq xo’jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatini boshqarish, ta’lim muassasasining barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish xamda  moliya-xo’jalik faoliyati natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar bo’yicha to’liq javob berish;
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
  • Institut Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

       Sidikov Akmal Abdikaxarovich 2009 yili Sankt – Peterburg pediatriya tibbiyot universitetini ( hozirgi  – Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti)  tamomlagan. 2009 yilning oxirida Germaniyaning Berlin shahridagi Vivantes klinikasida 3 oylik klinik amaliyotni o’tagan.  2010 – 2011 yillari dermatovenerologiya kafedrasida dermatovenerologiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturada taxsil olgan. 2011 - 2012 yillari patologik anatomiya va sud tibbiyoti kursi kafedrasida patologik anatomiya mutaxassisligi bo’yicha klinik internaturani o’tagan. 2012 yilning oktyabr oyidan 2013 yil dekabr oyigacha Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetining dermatovenerologiya kafedrasida aspirant bo’lib ish yuritgan. Dissertatsiya mavzusi: “Kliniko-morfologicheskaya xarakteristika krupno-i melkoblyashechnogo parapsoriaza”.  26.12.2013 yili Oliy ta’lim Federal Davlat byudjetidagi  ta’lim muassasasi  bazasidagi Mechnikov nomidagi Shimoliy- g’arbiy tibbiyot universitetida  14.01.10 – teri va tanosil kasalliklari, 14.03.02 – patologik anatomiya mutaxassisliklari bo’yicha kandidatli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2013 yilda Edinburg universitet klinikasida dermatologiya va dermatoonkologiya mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 2014 yilda Bonn universiteti klinikasida dermatologiya va dermatopatologiya mutaxassiligi bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 2014 yilning yanvar oyidan 2015 yilning yanvar oyigacha Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetining onkologiya va radiologiya kursi kafedrasida internaturani tamomlagan. 2015 yilda Chexiya Respublikasi, Plzen shahri Sharite universiteti klinikasida dermatopatologiya va dermatoonkologiya mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 3.06.2019 yili Oliy ta’lim Federal Davlat byudjetidagi  ta’lim muassasasi  bazasidagi S.M.Kirov nomidagi Harbiy – tibbiyot akademiyasida 14.03.02 – patologik anatomiya va 14.01.10 – teri va tanosil kasalliklari mutaxassisliklari bo’yicha: “Eritrodermiya. Kliniko-morfologicheskie, molekulyarno-geneticheskie i differentsialьno diagnosticheskie osobennosti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020 yilning 17 martidan 2020 yil 27 noyabrigacha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim bosh boshqarmasining  Fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlagan. 2020 yilning 28 noyabridan 2021 yil 27 apreligacha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi Davlat tibbiyot tashkilotlarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish boshqarmasi boshlig’i vazifasida faoliyat yuritgan. 2020 yili A.A.Sidikovning tashabbusi bilan dunyoda birinchi marta Toshkent Davlat stomatologiya instituti  qoshida Dermatoonkopatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori etib tayinglanguniga qadar, u shu kafedrani boshqargan. 33 yoshida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi (FJSTI). 34 yoshida YUNESKO tarkibidagi Fundamental ta’lim Xalqaro akademiyasining Patologik anatomiya va  Dermatovenerologiya ilmiy yo’nalishlari bo’yicha “Professor” ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi. A.A.Sidiqov rahbarligida 2ta kandidatlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Rektor tashabbusi bilan MDH davlatlaridagi tibbiyot oliygohlari ichida birinchi marta AQSH o’qitish modeli, ya’ni USMLE (United States Medical License Examination) dasturi tadbiq etildi. 2012 yildan buyon u (EADV) Dermatolog  va venerologlar Yevropa akademiyasi va (ESDR) Dermatologik tadqiqotlar Yevropa jamiyati  a’zosi hisoblanadi. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shuningdek dermatologiya sohasidagi 7 ixtiro, 5 ta o’quv- uslubiy qo’llanmalar, federal klinik tavsiyalar va innovatsion elektron darslik, 3 ta monografiya,  Rossiya va Yevropaning nufuzli  jurnallarida chop  etilgan  4 ta ilmiy ishning muallifi va hammuallifi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Fan va innovatsiyalar sohasidagi  2018 yil yosh olimlari mukofoti nominanti. Sankt – Peterburg hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va akademik institutlari  yosh olimlari, yosh fan nomzodlari mukofoti laureati. Dermatologiya i venerologiya Michael Hornstein Yevropa  akademiyasi mukofoti laureati. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Mehr -saxovat»,  “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 – yilligi “ko’krak nishonlari  bilan mukofotlangan.