2-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori
G’ofurov Abduqayum Pattoevich
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba 08:30-17:00
Telefon:
+99891 664-01-47
Elektron pochta:
gofurovabduqayum18@mail.ru
2-Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
TARIXI
2-Marg'ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi dastlab 2006 yil 2-Marg'ilon tibbiyot kolleji sifatida tashkil topgan bo'lib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining 09.10.2020 yil №239 sonli buyrug'ining 41-ilovasiga muvofiq texnikumga aylantirildi. Texnikumda 42 ta o'kuv xonasi 2 ta laboratoriya xonasi, 1 ta kompyuter xona va 10 ta personal kompyuter mavjud, 26 ta 30 o'rinli o'quv xonasi, 8 ta 15 o'rinli amaliyotgacha bo'lgan o'quv xonasi mavjud. O'quv xonalarining sanitariya – gigiena xolati talab darajasida. 1-binoning 1-2 qavatida nazariy o'quv xonalari tashkil etilgan, ta'lim tarbiya jarayoni uchun to'liq talab darajasida.
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlariga javoban, 2-Marg’ilon tibbiyot texnikumi jamoasi bu sohadagi ishlarni tizimli tashkil etib kelmoqda, bu borada texnikumimizda yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan 2-Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada munosib ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tadbir tashkillandi.
SIMULYATSION MARKAZ
Texnikum talabalarining nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tashkil etilgan bu markazda talabalar bemorlarni parvarishlash uchun zarur bo’lgan kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga egadirlar.
KUTUBXONA TIZIMI
Texnikumning kutubxonasida Shtatlar birligi 3 kishidan iborat bo'lib, ma'lumotlari o'rta maxsus. Kutubxonaning umumiy fondi 12820 ta. Shundan o'quv adabiyotlari 8077 ta, badiy adabiyotlar 1027 ta, siyosiy adabiyotlar 239 ta. Ilmiy ommabop adabiyotlar 321 ta, o'quv uslubiy qo'llanmalar 2785 ta, elektron darsliklar 220 ta. O'quv zali 24 o'rinli. Koipyuterlar soni 5 ta, nusxa ko'chirish apparati 1 ta. 5 ta kompyuterlar Internet tarmog'iga o'langan.