Ko`p berilayotgan savollar
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda : Talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Qanday hollarda xorijdan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi?
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tganligimni qanday bilishim mumkin?
Belgilangan qabul kunlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tizimga kiritilganidan so‘ng talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi. Mazkur muddat davomida onlayn ariza topshirgan talabgorlarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilib, belgilangan talablarga mos kelganlari qabul qilinadi, mos kelmaganlari esa rad etiladi.
Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasini qanday bilishim mumkin?
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zining shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatga olish yakunlagandan so‘ng olishi mumkin.
Imtihon natijalarimni qanday bilaman?
Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
O‘tish balidan past ball to‘plaganlar o‘qishni ko‘chirishi mumkinmi?
O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Test sinovida har bir test topshirig‘i uchun necha ball beriladi?
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 20 ta savol.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
2-fan - 20 ta savol.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.
5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.