O`qishni ko`chirish qayta tiklash
Respublika OTMga o’qishni ko’chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi.
2024/2025 o’quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro’yxatdan o’tkaziladi:
➡️ respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➡️ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan – “transfer.dtm.uz”.
▶️ Ushbu elektron “transfer.edu.uz” tizimi orqali arizalarni qabul qilish boshlandi.
O’qishni ko’chirish, tiklash uchun arizalar elektron tarzda 2024 yilning 15 iyulidan 5 avguctgacha qabul qilinadi.
O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!
Jumladan;
1. Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;
2. Respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;
3. Birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
4. Oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;
5. To'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
6. Talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
7. Oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
8. Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;
9. Talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);