Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ichki tartib qoidalar

Bosh sahifa

Ichki tartib qoidalar

Ichki tartib qoidalar

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ichki tartib qoidalari

Mazkur Ichki mehnat tartibi Namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, oliy ta’limga oid boshqa qonun va qonunosti hujjatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda institutdagi mehnat, o‘quv, ilmiy faoliyat va ta’lim-tarbiya jarayoniga oid bo‘lgan munosabatlami tartibga soluvchi lokal normativ hujjat hisoblanadi.

1-BOB UMUMIY QOIDALAR

1.Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xodim - belgilangan yoshga yetgan hamda institut bilan mehnat shartnomasini tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;mehnat shartnomasi - xodim bilan institut o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga buysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv;
professor-o‘qituvchilar - kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan xodimlar;
 
doktorant - institutga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
 
mustaqil izlanuvchi - institutga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
 
talaba - tegishli mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish uchun institutga belgilangan tartibda qabul qilingan hamda ta’lim va tarbiyani qabul qiluvchi shaxs.

2. Ushbu Qoidalar institutning ichki mehnat tartibi, institut, rahbariyat, xodim, talaba, doktorant, mustaqil izlanuvchilaming burchlari, shuningdek, ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini o‘zgartirish va mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi, mehnat va o‘quv intizomi, ish vaqti, dam olish vaqti va undan foydalanish, shu bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv intizomini buzganlik uchun javobgarlik, instituthududi va binolar ichidagi tartib hamda ish beruvchi bilan xodim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarga oid masalalami tartibga soladigan asosiy ichki normativ hujjat.

FARG`ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTINING ODOB-AXLOQ KODEKSI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar

  Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, institut pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi o'rinlarda - xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta'lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.

  2-modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari

  Odob-axloq kodeksining maqsadlari: xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivoj lantirish; institut xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlami institut va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash; ta'lim muassasasi odob-axloqi tushunchasini takomillashtirish va oliy ta'lim muassasasida tashqi ko'rinish va xulq-atvorga bo'lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.

  Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog'liq bo'lgan nomaqbul hatti-harakat, jumladan, zo'ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ'ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo'lgan g'oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va "ommaviy madaniyat"ning ta'sir hamda xurujlaridan ximoya qilish.

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti axloq - odob kodeksi...uzb