Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Innovatsion g`oyalar

Bosh sahifa

Innovatsion g`oyalar

Innovatsion g`oyalar

Tibbiy interaktiv 3D darslik

Ilmiy rahbar: Qodirova Munira Rasulovna

Loyiha muallifi: Qaxorova Tursunoy

Tadqiqot shakli: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida davolash yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ixtisosligi doirasida interaktiv 3D o‘quv adabiyoti dasturi yaratilgan.

Tadqiqot natijalari:

1. “Tibbiyot 3D interaktiv darslik” tibbiyot talabalariga ingliz tilida tibbiy atamalarni oson yodlash va ingliz tilida ravon gapirish imkoniyatini beradi;

2. “Tibbiyot 3D interaktiv darslik” davolash ishlarini mutaxassislik fanlari (anatomiya, fiziologiya, normal va klinik anatomiya, farmatsevtika) bilan integratsiyalashgan;

3. Yaratilgan interaktiv 3D o‘quv adabiyotlari dasturi orqali ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

• Iste'molchi kim?- Tibbiyot yo'nalishida tahsil olayotgan barcha tibbiyot oliy o'quv yurtlarining talabalari va mustaqil o'quvchilari.

• . “Tibbiyot 3D interaktiv darsligi” turli funksiyalarni bajaradigan bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir dars uchun yaratilgan dialoglar darslarni yanada tushunarli qiladi. Ularning har biri fonetik, grammatik, leksik, morfologik jihatlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.