Pediatriya fakulteti faoliyati
PEDIATRIYA FAKULTETINING KREDIT MODUL TIZIMI
Kredit-modul tizimi — bu ta’lim jarayonini baholash va tashkil etishning zamonaviy, xalqaro andozalarga mos tizimi bo‘lib, unda o‘quv jarayoni kreditlar va modullar asosida quriladi. Kredit-modul tizimi — talabaning o‘qish davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakasini kredit birliklari orqali baholaydigan, mustaqil ta’limga asoslangan o‘quv tizimidir.
Fakultetning Kredit modul tizimi nizomi (yuklab olish)
PEDIATRIYA FAKULTETINING KOMPETENSIYASI
Kompetensiya talablari — bu talabalarning o‘qish jarayonida egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlar majmuini ifodalaydi. Ya’ni, bitiruvchi o‘z mutaxassislik faoliyatini samarali bajarishi uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilaydi.
Fakultetning kompetensiya talablari (yuklab olish)
PEDIATRIYA FAKULTETINING STRATEGIK REJASI
Pediatriya fakultetining strategik rivojlanish rejasi fakultet faoliyatini uzoq muddatli istiqbolda takomillashtirish, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy samaradorlikni oshirish, shuningdek, milliy va xalqaro talablarga javob beradigan pediatr mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Fakultetning strategik rejasi (yuklab olish)
PEDIATRIYA FAKULTETINING MISSIYASI
Pediatriya fakultetining missiyasi — mahalliy va jahon fani hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni inobatga olgan holda talabalarga (kelajakdagi shifokorlarga) ta’lim berish, zamonaviy sharoitlarda sog‘liqni saqlashning dolzarb muammolarini hal qila oladigan, mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori talabga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishdan iborat.
Fakultet missiasi (yuklab olish)

Русский
English